tg-me.com/DrAlgorithm/858
Last Update:
Ot masalasi - (javob)
đ https://telegra.ph/Ot-masalasi---javobi-05-06
Masala: Shaxmat taxtasida ot va piyoda bor. Ot eng kam yurish bilan piyodani urishi kerak.
Ot eng kam necha qadamda piyodani uradi?
~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~ ~
Masalani koâpchilik rekursiya yordamida yechib koârsatishdi. Men esa 9 sinf bolasi qanday yechganini yozib bermoqchiman.
Massiv (array) yasab olamiz. taxta[8][8]
Ot turgan joyni 0 deb belgilaymiz. Endi massivning har bir katagidan yurib chiqamiz. Agar biror son koârsak, shu sondan borish mumkin boâlgan joylarni +1 qilib belgilab chiqamiz.
Demak, agar ot 0-raqamda turgan boâlsa, undan borish mumkin boâlgan joylar 1 ga aylanadi.
Bitta oâtishda butun taxtani toâldirib boâlmaydi. Shu sababli bajargan ishimizni bir necha marta takrorlaymiz. Necha marta takrorlash kerak? Aniq bilmaganim uchun oâsha payt 10 marta takrorlaganman. keyinchalik esa maksimum qadamlar sonini aniqlab, 8 martaga tushirganman.
2-oâtishda taxtamizda (massivda) 0, 1, va 2 sonlari paydo boâladi. Shu zaylda davom etamiz va 3 lar va 4 lar hosil boâlishini kuzatamiz.
Endi, Ot turgan joydan boshlab, keyingi raqamga qarab yurishni boshlasak har doim ham manzilga yeta olmaymiz. Chunki 0->1->2 dan keyin 3 ga oâta olmasligimiz mumkin.
Mana shu yerda men oârgangan bitta zoâr falsafa bor:
- Natija olish uchun har doim ham boshlangâich nuqtadan tugash nuqtasiga harakat qilinmaydi. Baâzida shunday holatlar boâladi, tugash nuqtasidan boshlanish nuqtasiga borish kerak.
Man hayron qolganman (shok boâlganman). Rostdan ham shunday ekan.
Agar ot turgan joydan biror keyingi songa oâtsam va yana ixtiyoriy keyingi onga oâtsam, men tugash nuqtasiga bora olmas ekanman.
Lekin, agar tugash nuqtasidan orqaga qaytishni boshlasam, ixtiyoriy kichik sonni tanlasam ham doim boshlangâich nuqtaga yetib kelar ekanman.
Shunday qilib, piyoda turgan joy 3 ga teng. U yerdan ixtiyoriy 2 ga oâtaman, keyin yana ixtiyoriy 1 ga va 0. Bu eng qisqa yoâl boâladi. Ishonmasangiz tekshirib koâring. Va agar yoâllar koâp boâlsa, shu usulda barchasini koârib chiqa olasiz.
Ana shunaqa gaplar.
đ Endi esa, uyga vazifa.
1. Ot turgan katak (manzil) va piyoda turgan katak (manzili) beriladi. Siz borish mumkin boâlgan barcha eng qisqa yoâllarni yozib bering.
2. Ot va piyodani shunday joylashtiring-ki. Ular orasidagi yoâl eng uzun boâlsin. Eng uzun masofa necha qadamli?
07.05.2025 London
@DrAlgorithm
BY Dr. Algorithm

Share with your friend now:
tg-me.com/DrAlgorithm/858