Telegram Group Search
#HouseOfDragon #AjdarXonadoni

⚡️“Ajdar Xonadoni” serialining 2-mavsumidan yangi kadrlar.

Voqealar rivoji nihoyat avj pallasiga chiqmoqda. Siz kim tomondasiz?

🔥 - Qoralar (Reynira Targariyen)
❤️ - Yashillar (Alisent Haytauer)

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#premyera #animation #Arkeyn #Arcane

Netflix shu yil oxirigacha efirga chiqaradigan multfilmlari prevyusini e'lon qildi. Video oxirida esa biz orziqib kutayotgan "Arcane" 2-mavsumi uchun ishlangan ushbu qisqa tizer ham namoyish qilindi.

Premyera noyabr oyida Netflixda.
Forwarded from Janob Satirik (Abbos Serobov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"o'zbek kliplaridagi eng krinj dialog va xatti-harakatlardan iborat klip boshlanmasi"
Bored Panda
"o'zbek kliplaridagi eng krinj dialog va xatti-harakatlardan iborat klip boshlanmasi"
- Ona, ona qashqa tug'di!
- Bolam, bizning klipda nima deyishimizning mutlaqo farqi yo'q. Prosmotr bo'lsa bo'ldi. Qanchalik krinj, stereotip bo'lsa, shuncha yaxshi..

@boredpandablog
⚡️BREAKING: Gendalf yangi “Uzuklar hukmdori: Gollumga ovi” filmida qahramon o‘laroq bo‘ladi. Gendalfni ijro etgan otaxon aktyor ser Iyen MakKellen bu masalada shunday fikr bildirdi:

“Ssenariy qo‘limga kelganda, bu mening kinodagi so‘nggi ishim bo‘lishi mumkin deb o‘ylayman. Ammo hozircha ssenariy ham, taklif ham, reja ham yo‘q. Agar o‘sha kungacha men hayot bo‘lsam, filmida suratga tushsam kerak”.

#UzuklarHukmdori #GollumgaOv

@insusambil
#haqida

Iyun

Yozishga mavzu yo'q.

@boredpandablog
Zebunniso begim portreti ekan. Hozirda Nyu Yorkdagi Metropoliten-muzeyda saqlanarkan.

Shoira, maʼrifatparvar. Boburiylar sulolasidan Avrangzebning qizi. Onasi Dilrasbonuning shajarasi Safaviylarga va Boburning qizi — Gulbadan begimga borib taqaladi. „Maxfiy“ taxallusi bilan ijod qilgani taxmin qilinadi. (Rasm va ma'lumotlar WikiUzdan olindi)

@boredpandablog
#haqida

Sevgi shartnomasi

Ko'pchilik bilsa kerak, odatda ikki yosh turmush qurishidan oldin ular o'rtasida nikoh shartnomasi imzolanadi. Bu odatda mol-mulk yoki moddiy mablag'lar taqsimoti bilan bog'liq bo'ladi.

Yaqinda yana bir zamonaviy tendensiya haqida o'qib qoldim. Bizga endi kirib kelayotgan Marry Me'lar G'arbda trenddan qolib, endi "Love Contract" degan qoida urfga kirayapti.

Odatdagidek, buni mashhurlar boshlab berishdi. Yaqinda bir mashhur futbolchi supermodel bilan turmush qurdi. Ular o'rtasida "Love contract" tuzilgan va unga ko'ra, supermodel eri bilan har kuni jinsiy aloqa qilishi shart. Hatto bir kun bo'lmasa ham, yuridik hujjat tufayli jarimaga tortiladi. Xullas, nimaligini tushindingiz.

Yaqinda yana bir yosh sportchi ham 17 yoshida uylandi. U ham modelga. Aytishlaricha, model xotin "shartnomada" erining boshqa qizlarning rasmlariga layk bosishni taqiqlagan. Shuningdek, xotiniga har kuni "Seni sevaman, jonginam" deb aytishi shart ekan. Har kuni! Qanday sharoitda bo'lishidan qat'i nazar. Hammasi notariusdan tasdiqlangan, imzo chekilgan.

Erta uylanish - doimo ham yutuq degani emas. Ba'zi yigitlar tezroq oila masalasini bir yoqli qilib, ko'proq karyera qilish va ishga e'tibor qaratish uchun erta turmush quradi. Afsuski, hamishayam bu muvaffaqiyatli bo'lib chiqavermaydi.

Qizlarni ham tushunish mumkin, hamma o'ziga vafoli yor istashi tabiiy. Lekin oldinlari bularning hammasi "Yigit so'zi" orqali bitar edi. Yigitlarda or, qizlarda vafo..

To'g'ri, ko'rinishidan beozor va prikolno narsalar, lekin bunday tendensiyalar bizga juda tez va ashaddiy shakllarda kirib kelishini inobatga olsak, yaqin vaqtlarda instagramda shunaqa voqealarni uchratsak ajablanmayman.

Har holda, jamiyatdayam allaqachon "To'ydan keyin choyxonani unutasiz, do'stlariz bilan Cs"go bormaysiz" kabi talablar yangilik bo'lmay qolgan.

Xullas, bo'ydoq yigitlar birlashingiz! Haq-huquqlaringiz uchun kurashishlaringga to'g'ri kelishi mumkin:)

@boredpandablog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu serial haqida bilmaydigan butun boshli avlod ulg'aydi😢

@boredpandablog
#news

O'zbekiston “Universal Pictures”, “Paramount Pictures”, “Netflix” bilan hamkorlik qiladi

Strategik islohotlar agentligi “rebate” tizimiga doir xalqaro tajribani o’rganib, tizimni takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorladi.

“Rebate” tizimi – bu xorijiy kinokompaniyalar tomonidan mamlakatda filmlarni (ularning epizodlarini) suratga olish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qaytarish va boshqa imtiyozlar berish tizimidir.


O‘zbekistonda “rebate” tizimi 2021-yilda joriy etilgan. Bugungu kunda yurtimizda suratga olingan film uchun xarajatlarning 25 %gacha, biroq 3 mlrd so‘mdan (241 ming dollar) ko‘p bo‘lmagan qismi qoplanadi. 2022-2023 yillarda ushbu maqsadlar uchun 5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. O'shandan beri bizda Hindiston, Turkiya, Polsha, Rossiya va Qozog‘iston kinokompaniyalari tomonidan 9 ta film suratga olindi. Biroq, xarajatlarni qoplash mexanizmida mavjud bo‘lgan quyidagi kamchiliklar tufayli “rebate” tizimi qo’llanilmagan.

Mazkur yo‘nalishda ilg‘or xorijiy tajriba va O‘zbekistonda mavjud muammolarni inobatga olgan holda, Strategik islohotlar agentligi tomonidan “rebate” tizimining yangi tartibini joriy etishga, bunda kompensatsiya summalari va byudjet mablag‘lari bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash va tizimni mamlakat hududlaridan birida sinovdan o‘tkazishga doir taklif ishlab chiqildi.

Shuningdek, “Universal Pictures”, “Paramount Pictures”, “Netflix” va boshqa mediaxoldinglar bilan Oʻzbekistonda filmlar yoki ularning alohida epizodlarini suratga olish boʻyicha hamkorlik qilishga doir taklif ilgari surilmoqda.

@boredpandablog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Arkeyn #Arcane #premyera

⚡️"Arkeyn" multseriali 2-mavsumi yangi tizeri!

Premyera bu yil noyabr oyida.

@boredpandablog
⚡️New Line “Uzuklar hukmdori: Rohirim” anime-filmining ilk kadrlarini e’lon qildi.

Eslatib oʻtaman, loyiha voqealari markazida Oʻrtadunyoning mashhur inshootlaridan biri – Helm Jarligi qalʼasi. Biz bu qalʼa va undagi qonli jang jang sahnasiga Piter Jeksonning “Ikki minora” filmida guvoh boʻlganmiz. Endi esa mazkur qalʼaning ikki asr oldingi tarixiga va hayotini janglarga bagʻishlagan Rohan qiroli Xelm Toʻqmoqqoʻlga nazar tashlaymiz.

Kendzi Kamiyama rejissori boʻlgan loyiha, “Uzuklar hukmdori” olami boʻyicha suratga olinmoqda. Prodyuserlar safida Piter Jekson va “Hobbit” va “Uzuklar hukmdori” filmlari ssenariy muallifi Filippa Boyensni ham koʻrish mumkin.

#UzuklarHukmdori #fentezi

@insusambil
#kinonews

"The Boys" 5-mavsum bilan yakunlanadi demoqda shouranner Erik Kripke.

Endi tugavosin, keyin ko'rishni boshlarman.

@boredpandablog
2024/06/11 19:19:27
Back to Top
HTML Embed Code: