tg-me.com/DrAlgorithm/859
Last Update:
Micro SaaS (Software as a Service)
Juda ajoyib g‘oya o‘ylashibdi. Ko‘p dasturchilarimiz kichik loyihalar qilishadi. Bu kichik loyiha o‘zlarining ishlarini osonlashtirish uchun xizmat qiladi.
Masalan,
- Har 45 daqiqada, 15 daqiqa dam olish kerak ekanini eslatish;
- Qisqa tugma orqali kerakli IDE yoki boshqa dasturchi ochish;
- Berilgan 100 ta rasm fayllarini bitta PDF ga o‘tkazish;
- emaillaringizning qaysi biri kerakli, qaysini esa reklama ekanini ajratish kabi.
Bu hozir esimga kelganlari.
Tasavvur qiling O‘zbekistonda IT sohasida ishlab yurganlar qancha. Agar ularga o‘z g‘oyalarini ommaga chiqarishga yo‘l berilsa, nima bo‘ladi?
Ko‘pchilik uchun foydali yangi xizmatlar (SaaS) dunyo ko‘radi.
Shundan muhitlardan biri, Startup Garage tomonidan ishlab chiqilgan SG Micro SaaS Studio loyihasi.
Loyihasi asoschisi Muhammad Xalilni yaxshi taniyman. Tavsiya qilaman bu loyihada ishtirok etib, o‘zingizni sinab ko‘rishingizni.
Ba’zida bizga berilgan imkoniyat oyog‘imiz ostida bo‘ladi.
09.05.2025 London
@DrAlgorithm