Telegram Group Search
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Agrobiznesda innovatsion faoliyat" nomli kitob chop etilmoqda.

🧩Darslikda agrobiznesda innovatsion faoliyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari, o‘rganish usullari, agrar sektorda innovatsion faoliyatning nazariy va amaliy jihatlari hamda uni tashkil qilishning xususiyatlari yoritilgan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️«Barsetshir solnomalari»

🔺Ingliz yozuvchisi Entoni Trollop (1915-1882)ning olti romandan iborat ushbu to‘plami viktorian davri hajviy adabiyotining yuksak namunasi hisoblanadi. Muallif asarda o‘z davrining siyosiy, ijtimoiy masalalarini hajv yo‘li bilan ochib tashlaydi.

🔻Ushbu asar asosida 1982-yili film ishlangan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
Forwarded from "Innovator" jurnali
👉Bugun 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

1949-yilda Parijda ayollar demokratik federatsiyasining qaroriga ko‘ra, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni, deb tan olingan. Ushbu bayram ilk marta 1950-yilda nishonlangan.

Bolalarni himoya qilish kuni kattalarni bolalarning fikr erkinligi, ta’lim olish, zo‘ravonlikdan himoya qilish va yashash huquqlarini hurmat qilishga jalb etish maqsadida o‘tkaziladi. Ota-onalar, davlat singari bolalarning huquqlari va erkinliklarini tan olishlari hamda hurmat qilishlari kerak. Bu 1959-yilda BMT tomonidan qabul qilingan “Bola huquqlari deklaratsiyasi”da aytilgan.

Fursatdan foydalanib, barcha bolajonlarni "Innovator" jurnali jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz! Yuzlaridan beg‘ubor tabassum va qalblarida o‘ziga bo‘lgan ishonch sira tark etmasin! Orzulari osmon bolalarning barcha umidlari, albatta, ro‘yobga chiqsin!

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Zamonaviy xavfsizlik bo'yicha tadqiqotlar" nomli kitob nashrdan chiqarildi.

♦️O‘quv qo‘llanmada zamonaviy xavflar va ularni bartaraf etishning nazariy asoslari va ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan mavzular yoritilgan.

♦️O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 5А232401 – “Iqtisodiy xavfsizlik” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan, shuningdek, zamonaviy xavfsizlik bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar, izlanuvchilar va shu sohaga qiziquvchi ko‘p sonli kitobxonlarga mo‘ljallangan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️Buyuk Britaniyaning “Daily Telegraph” gazetasi tomonidan dunyoni o'rgartirgan deb e'lon qilingan 10 ta mumtoz asarlardan 1-o'rinda turadigani — «Iliada» va «Odisseya»

🔸Qadimgi yunon mutafakkiri Homer (m.a. 8-asr)ning «Iliada» va «Odisseya» asarlari qahramonlik eposi bo‘lib, yunon mifologiyasi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, ularda faqat she’rlar, afsonalar va rivoyatlargina emas, real tarixiy voqealar ham aks etgan. Ushbu asarlar jahon adabiyotiga katta ta’sir o‘tkazgan.

🔸Homerning «Iliada» va «Odisseya» eposlarini o‘zbek tiliga Qodir Mirmuhamedov o‘girgan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Xalqaro ishlash andozasi" nomli o'quv qo'llanma chop etidi.

🔰Ushbu o‘quv qo‘llanma Xalqaro mehnat standartlaridan samarali va oqilona foydalanishga oid nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni jamlanganligi bilan ahamiyatlidir.

🔰O‘quv qo‘llanma 5231700Kadrlar menejmenti ta’lim yo‘nalishi talaba­lariga, shuningdek, xalqaro ishlash andozasi yo‘nalishi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda ushbu sohaga qiziquvchilarga mo‘ljallangan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Aholi o'zgarishini tushunish" nomli o'quv qo'llanma nashr etildi.

🧩Ushbu o‘quv qo‘llanmada aholi o‘zgarishlari bilan bog‘liq jarayonlar, ularni o‘rganish manbalari, tug‘ilish va o‘limning demografik mohiyati, aholining son va sifat xususiyatlari, aholining takror barpo bo‘lish qonuniyatlari, aholining jins, yosh, nikoh va oilaviy tarkibi, oilaning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati, aholi migratsiyasi, demografik prognozlashtirish va demografik siyosat masalalari yoritilgan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "История литературоведческих учений (Adabiy ta'limot tarixi)" nomli o'quv qo'llanma chop etildi.

🔰Ushbu darslik 5A120101 – «Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti)» mutaxassisligi bo‘yicha magistrantlarni kasbiy tayyorlashda «Adabiy taʼlimot tarixi» fundamental faniga muvofiq tuzilgan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
📖МУТОЛААНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ 10 УСУЛИ

🗣XXI асрни ахборот асри деб атаса ҳам бўлади. Сабаби биз қабул қилишимиз даркор бўлган маълумотлар шу қадар кўпки, баъзида уларни саралаш биз учун қийин масалалардан бўлиб қолади. Балки шунинг учунми кўп ҳолларда мутолаа учун сарфлашимиз лозим бўлган дақиқаларимизни бошқа ишларга ёки бўлмаса бекорчилик йўлида ишлатиб юборамиз. Буни қарангки, мутолаани ривожлантиришнинг ҳам йўли бор экан.

🔟Қуйидаги 10 маслаҳат айнан шу хусусида!

Батафсил маълумот

Facebook I Telegram I Web I Instagram
⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Sanoat statistikasi" nomli o'quv qo'llanma nashr etildi.

🔻O‘quv qo‘llanmada sanoat tarmog‘ida mahsulot (xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish, mehnat bozori va ish vaqtidan foydalanish, asosiy fondlar, energetik va ishlab chiqaruvchi mashina va uskunalar, ishlab chiqarish xarajatlari va korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar (foyda, rentabellik darajasi) statistikasiga doir uslubiy ko‘rsat­malar va amaliy mashg‘ulotlar uchun materiallar bayon etilgan.

🔻O‘quv qo‘llanma “Iqtisodiyot”, shu jumladan “Statistika” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan oliy o‘quv yurti talabalari hamda magistrlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilarga mo‘l­jallangan.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
Forwarded from "Innovator" jurnali
🏆Yozuvchilar ham Xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlanishi mumkinligidan xabardormisiz?🧐
Ma'lum bo'lishicha, 1901-yildan buyon ushbu yo'nalish bo'yicha har yili adabiy asar mualliflari ham taqdirlanib kelinar ekanlar.

📖Vicente Aleixandre (26.04.1898 - 14.12.1984) — Sevilyalik mashhur ispan shoiri. Ijodkor "insonning kosmosdagi hamda hozirgi jamiyatdagi holatini yorituvchi ijodiy she'riy yozuvi uchun" 1977 yilda adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

🖋"Jannat koʻlankasi" (1944), "Soʻnggi tugʻilish" (1953), "Qalb tarixi" (1954), "Botiniy dialog" (1974) kabi insonparvarlikni targ'ib qiluvchi lirik to'plamlari mashhurdir.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
#Nobel_laureti

🏆Abdurazzoq Gurna

✔️2021 yil
adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti "madaniyatlar va qit'alar orasidagi jarlikda mustamlakachilik oqibatlari va qochqinlar taqdirini murosasiz va rahmdillik bilan aks ettirgani uchun" tanzaniyalik yozuvchi Abdurazzoq Gurnaga berildi. 73 yoshli yozuvchi mukofot tariqasida 10 million shved kroni (taxminan 1 million 140 ming AQSh dollari)ni qo‘lga kiritdi.

✔️"Uning romanlarni stereotipik ta'riflardan xoli va ular bizga dunyoning boshqa joylaridagi ko‘plab insonlarga tanish bo‘lmagan Sharqiy Afrikani ochib beradi", deyiladi qo‘mita bayonotida.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
1800 yilda tashkil etilgan Amerika Kongress kutubxonasiga tashrif buyurish haqiqiy kitobsevarlarning orzusidir.

164 milliondan
ortiq kitoblar hamda qo'lyozmalarni o'z ichiga jamlagan holda, u dunyodagi eng katta kutubxona hisoblanadi. 1350 kilometr uzunlikdagi kitob javoni esa hammaning ham aqlini shoshiradi!😉

Facebook I Telegram I Web I Instagram
📚 Poytaxtimizning to‘rt hududida “Kitob uychalari” o‘rnatildi.

▶️Batafsil

Facebook I Telegram I Web I Instagram
Forwarded from "Innovator" jurnali
😍"Mehribon Kutubxona"😍

⚡️Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi ko'p qavatli uylarning birida kitob targ'iboti📚 innovatsion usulda yo'lga qo'yilganligi haqida bizga xabar jo'natishdi😍 Ishonamizki, bunday ajoyib yondashuv yurtdoshlarimizni yanada ko'proq mutolaa bilan shug'ullanishlariga sabab bo'ladi😊

📌Agar sizda ham bu turdagi kreativ g'oyalar mavjud boʻlsa, bizga yoʻllang!

🚀Birgalikda innovatorlarni kashf etamiz!

Facebook I Telegram I Web I Instagram
QAYSI MILLAT VAKILLARI KO'P KITOB O'QISHADI?🧐

Yahudiy yoki yapon xalqi deyishga shoshilmang!

📚Islandiyada dunyodagi eng kitobsevar xalq yashaydi. Oddiy baliqchisi ham ovidan so'ng o'tirib, mutolaa qilmasa, ko'ngli joyiga tushmaydi.

📉Aholisi bir hovuch — 368 590 kishi. Kuniga 8-9 soatni o'qib-o'rganishga sarflamasa, hisobmas.

🖌Bir island noshirining hisob-kitobicha, har olti kishidan bittasi o'z romanini yozishga tayyor turar ekan. Hatto, buni isbot qiluvchi maqollari ham bor ekan: "Dentro de cada uno vive un libro (Har bir inson qalbida kitob yashirin)".

Facebook I Telegram I Web I Instagram
"Bibliosmiya" — kitob hididan zavqlanadiganlarga aloqador atama.

📚Ayrimlar eski bitiklardagi allaqanday zax, nam isni tuyishni, ba'zilar yangi chop etilgan asarlarning yelimi, qog'ozi hidini his etishni yoqtiradi.

🗞Hatto, aksar kitobxon tanloviga hid sezilarli darajada ta'sir qiladi.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
📝Bugun 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni! Fursatdan foydalanib, jonkuyar soha egalarini chin dildan tabriklaymiz.

Qalamingiz o'tkir, so'zingiz ravon va ijodingiz doimo gullashini tilab qolamiz! Oilangizga tinchlik-hotirjamlik, dasturxoningizdan fayz-baraka arimasin!

Xurmat bilan, "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" jurnali jamoasi

Facebook I Telegram I Web I Instagram
​​📚Hozirgi zamonning shoshqaloq odamini qadimgi ajdodlaridan ko'ra tezroq o'qiydi, deb hisoblashadi. Xo'sh, siz bir daqiqada nechta jumla o'qiy olasiz?

Tarixni titkilasak, quyidagi ma'lumotlarga ega bo'lamiz:

— Mashhur fransuz imperator va polkovniklari uchun daqiqasiga 2000 ta so'z o'qiy olmaslik sharmandali holat hisoblangan;

— Maksim Gorkiy esa bir daqiqada naq 4000 ta so'z o'qishga erishgan;

— Onore de Balzak 30 daqiqada o'rtacha hajmdagi (taxminan 180-200 betlik) bus-butun romanni mutolaa qilib qo'ya qolgan;

—Bibliograf Nikolay Rubakin umri davomida 250 ming kitobni o'qib tugatgan;

— Mashhur ixtirochi Tomas Edison bo'lsa juda antiqa usulda kitob mutolaa qilgan: bir varaqning 2-3 satrini o'qib, butun boshli gap mazmunini tushungan-qo'ygan;

— Ota-boblarimiz ham muqaddas kitoblar, diniy, dunyoviy ilmlarni egallashda faqat mutolaadan quvvatlanishgan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
​​⚡️"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Agrobiznesda innovatsion faoliyat" nomli o'quv qo'llanma nashr etildi.

🔻Darslikda agrobiznesda innovatsion faoliyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari, o‘rganish usullari, agrar sektorda innovatsion faoliyatning nazariy va amaliy jihatlari hamda uni tashkil qilishning xususiyatlari yoritilgan.

🔻Mazkur darslik agrobiznesda innovatsion faoliyatni tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari, usullari hamda innovatsion siyosat va innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyat tashkil etishda xorij tajribalari, agrobiznesda innovatsion faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda, qayta ishlash va realizatsiya qilishda innovatsion faoliyat, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi agrobiznesni tashkil etish, innovatsion faoliyat, innovatsion loyihalar, ularni samaradorligini baholash usullari, agrobiznesda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish yo‘llari va tavakkalchiligini boshqarish, agrobiznesda innovatsion faoliyat samaradorligini baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
2022/07/01 04:55:40
Back to Top
HTML Embed Code: