Telegram Group & Telegram Channel
31-modda. Nodavlat ta’lim tashkilotlari

Oldingi tahrirga qarang.

Nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi, bundan maktabdan tashqari ta’limni, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari mustasno.

(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)

Nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya talablariga va shartlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatadi.

Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.

Oldingi tahrirga qarang.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim tashkilotlari tomonidan bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilishi mumkin. Bunda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim tashkilotlari belgilangan tartibda attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tishi kerak.

(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)

Mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.

Nodavlat ta’lim tashkilotlari normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lgan pedagog kadrlar va boshqa kadrlarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi.

Nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘qitish ta’lim oluvchi yoxud uning ota-onaci yoki boshqa qonuniy vakillari va nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan, o‘qitish muddatlari, shartlari va to‘lovlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilanadigan shartnoma asosida amalga oshiriladi

tg-me.com/algoritm_consulting/751
Create:
Last Update:

BY ALGORITM CONSULTING

Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283

Share with your friend now:
tg-me.com/algoritm_consulting/751

View MORE
Open in Telegram

ALGORITM CONSULTING Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

At a time when the Indian stock market is peaking and has rallied immensely compared to global markets, there are companies that have not performed in the last 10 years. These are definitely a minor portion of the market considering there are hundreds of stocks that have turned multibagger since 2020. What went wrong with these stocks? Reasons vary from corporate governance, sectoral weakness, company specific and so on. But the more important question is, are these stocks worth buying?

Telegram hopes to raise $1bn with a convertible bond private placement

The super secure UAE-based Telegram messenger service, developed by Russian-born software icon Pavel Durov, is looking to raise $1bn through a bond placement to a limited number of investors from Russia, Europe, Asia and the Middle East, the Kommersant daily reported citing unnamed sources on February 18, 2021.The issue reportedly comprises exchange bonds that could be converted into equity in the messaging service that is currently 100% owned by Durov and his brother Nikolai.Kommersant reports that the price of the conversion would be at a 10% discount to a potential IPO should it happen within five years.The minimum bond placement is said to be set at $50mn, but could be lowered to $10mn. Five-year bonds could carry an annual coupon of 7-8%.

ALGORITM CONSULTING from us

Telegram ALGORITM CONSULTING
FROM USA