Telegram Group Search
Умр — қумсоат ҳам
яримлаб қолди,
кўнглим тўлгани йўқ билганларимдан.
Ёдимни оғритар кечирганларим,
кўпдир қилмаганим қилганларимдан.

Кечалар тобора ойдинлашади.
кўзингда қуёшнинг чечаги сўлмас,
яшагинг келади,
фақат умрни
қумсоат сингари тўнкариб бўлмас.

Гўзаллар ёдимдан ўчдилар бир-бир,
дўстларим бағримдан кўчдилар бир-бир,
йилларим узилиб тушдилар бир-бир,
фақат бу кўнгилни тўлдириб бўлмас.

Кун келди,
оҳларинг учадиган кун,
юрагинг оламга сиғмайдиган кун,
юзингни босганча ернинг юзига
силкиниб-силкиниб йиғлайдиган кун.

Кимни бахтли қилдим,
кимни умидвор,
кимларга кўнглимни ёриб сўйладим.
Қўлимни бердимми мозий қаъридан
чўзилган саноқсиз ожиз қўлларга?!

Қуёш даласида эгилганларнинг
енгилроқ қилдимми оғирлигини?
Айтдимми кимларнинг асл дўстлигин,
кимларнинг ҳақиқий ёғийлигини?!

Кун келди —
бошингни эгадиган кун,
ҳаттоки ўзгалар гуноҳи учун
юзингни босганча ернинг юзига,
силкиниб-силкиниб йиғлайдиган кун.

Менда нима қолур,
абадий нурлар
барқ уриб яшнаган дунё томонда?
Уриниб — суриниб, сира тўлмаган
бир Кўнгил қолади
қолса ҳам мендан…

Шавкат РАҲМОН

@wwwesdalikuz
Минг бор ўлдик, минг бор тирилдик,
Раҳм этмади вақт оҳимизга.
Такрор – такрор кўмилавердик,
Ўзимизнинг тупроғимизга.

Ватан сақлар жимлигимиздир,
Ватан айтадиган сўзимиз.
Бахт – ватандир, кулфат – ватандир,
Демак, Ватан – бизнинг ўзимиз.

Ҳайқирганим қўшиқ – ватаним,
Дилга армон куйим ватандир.
Очқаб келсам, қазноқдаги нон,
Ўлан тўшак уйим ватандир.

Кўзларингнинг қораси – ватан,
Қошларингнинг ораси – ватан.
Мушкулларим бўлмай қолса ҳал,
Чорасизлик чораси ватан.

Кўзларимга қалққан қатра ёш,
Тортаётган нолам ватаним.
Ёт элларда қолганим болам,
Ўн саккиз минг олам ватаним.

Ватанимсан, севгилим, жоним,
Юрагимдир юрагинг – тошинг.
Ҳаётинг ҳар куни ватаним,
Ва айниқса, ўн саккиз ёшинг.

Жўн бир ғубор, оддий тупроғим,
Ҳар зарра, ҳар маъданим ватан.
Керак эмас ўзга ватанлар,
Чунки менинг ватаним ватан.

Лабимдаги кулгу шундандир,
Шундан кўзларимга ёш қалққан.
Лаҳза тинмас, уравергай чарх
Бу муборак илоҳий халқа.

Матназар АБДУЛХАКИМ

@wwwesdalikuz
Baribir

Men samodan topgan so‘zni
siz tuproqqa ko‘mgaysiz.
Balki, menga ayon sirlar
sizga biroz o‘ng‘aysiz.
Menga Xudo bergan ishqqa
shunga ko‘zni yumgaysiz.
Men dunyoni sharh etsam ham
baribir tushunmaysiz.

Ko‘ngildan arz etsam, sizlar
qaydan so‘rayapsizlar?
Nafas bo‘lib kirgan qolib,
loydan so‘rayapsizlar.
Gul shirasi bol bo‘lguncha
ming to‘lg‘ongan arining
qismatini boldan emas,
maydan so‘rayapsizlar.
Qay es bilan ishq sharhini
Qaysdan so‘rayapsizlar?
O'z-o'zidan adashganga
Najot bo'ladi qay iz?
Men dunyoni sharh etsam ham
Baribir tushunmaysiz.

Qarang, ikki qanot bilan
bir o‘ram g‘o‘sht uchyapti,
Bu qushlari yolg‘on, tandan
ruh degan qush uchyapti.
Dunyosining sumbatiga
bino qo‘yib yurganlar
bu dunyodan xas ololmay
qo‘li bo‘m-bo‘sh uchyapti.
Ey, kuyini yo'qotganlar,
navo bo'lmaydi naysiz.
Men dunyoni sharh etsam ham
baribir tushunmaysiz.

Milliard zarra birlashgay-u
Bir vujudga jam bo'lgay,
Kimda nedir ortiq bo'lgay,
Kimda nedir kam bo'lgay,
Yo qumursqa, yo burgut, yo
hazrati Odam bo'lgay.
Ne bo'lsa ham bir hikmat bor,
hukmi muhtasham bo'lgay,
Va barchasi avval-oxir
yo'q bo'lgay, adam bo'lgay,
Qo‘yib bersa bu olamga
ustun bo‘lmoqqa shaysiz.
Men dunyoni sharh etsam ham
baribir tushunmaysiz.

Suhrob Ziyo

@wwwesdalikuz
Boraman.
Bizni adashtirgan yillar oralab
Jingalak sochimga taqasan yalpiz.
So‘ng ortga qaytaman...
Kimni qoralab
Yolg‘iz.

Men takror boraman
Bu ne jasorat...
O‘tmishga sudrayman vaqt millarini.
O‘g‘irlab qaytaman...
Derazangdagi
Baxt gullarini.

O yana boraman
Bu qanday tahqir...
Ko‘zimdagi bari tomchilar ozod.
Nogoh qo‘llarimdan tutadi taqdir
Kishanband etadi jismimni hayot.

Baribir boraman
Hech bo‘lmaganda
Ruhimni don kabi yutganda bir qush.
Sen titroq kaftingda ushoq tutasan
So‘ng uchib ketaman
Qaygadir sarhush.

©Madina Norchayeva

@wwwesdalikuz
Boʻlganim shu...

Meni yaxshi koʻrganlar koʻp, toʻgʻri, biroq,
Jini suymay yurganlar ham undan koʻproq.

Demak, yomon odamman deb kuyunmay ham,
Juda yaxshi odamman deb suyunmay ham.

Taroziga qoʻyilganda faqat amal,
Yaxshiligim ogʻir kelsa boʻldi sal-pal...

Agar erta tushmaganda boshga kallik,
Daʼvo qilsam boʻlar edi mukammallik...

Hay, mayli-da, yaxshimanmi yo yomonman,
Men ham sizdek Haq yaratgan bir insonman.

Abadiylik tilamayman bu fanodan,
Xafamasman hakim Luqmon yo Sinodan.

Tushgach umr kitobimga soʻnggi nuqta,
Hammangizni tark etaman xuddi yoʻqday...

Ha, shunaqa,
Mendan sira hadik olmang...
Gap – shu.
Boring,
Endi siz ham,
Yoʻldan qolmang!

© Bahodir Iso

@wwwesdalikuz
Dard meni o'zgartib tashladi butkul,
Boshlab bo'larmikan barin boshidan?
Haqoratdan tilim charchamas nuqul,
Og’rimas yuragim ko'zlar yoshidan.

Nogoh eshitilib qolsa biror sas,
Lahzada buzilib ketar asabim.
Qiynalib yetganda o'pkamga nafas,
Sog'lom odamlarga kelar hasadim.

Sevgilim bor edi boshqalar kabi,
Yashadi yonimda qo'limdan tutib.
Dilozorlik meni toliqtirmadi,
Charchadi u barin ichiga yutib.

Na unga beroldim bironta orzu,
Na undan bema'ni orzum yashirdim.
U meni kaftidan tushirmadi-yu,
Men uning yuziga kaftim tushirdim.

Bir o'y kemiradi dilni erta-kech:
Nahotki topilmas dardimga davo?!
Xudodan mol-dunyo tilamadim hech,
So'raganim faqat bir hovuch havo.

Hali ham yetsa gar yuragim dodi,
Nimaga hayotdan mahrum etyapsan?
Erkam, nafasingda havo bor edi,
Sen uni kimlarga olib ketyapsan?..

Jo‘rabek Ramazon

@wwwesdalikuz
***
На ҳашам-у, на зар қидирдим,
Мен бир тоза назар қидирдим.

Бу қандайин марди йўқ майдон,
Нафс пойида Ҳақиқат қурбон.

Сўзи бошқа, иши бошқадир,
Ҳамтовоқ, лек оши бошқадир.

Ўзимга ҳам ёқмас шу қўшиқ,
Оҳанглари ғамга қоришиқ.

Ўксиб-ўксиб тинглаётирман,
Кулиб-кулиб инграётирман.

2010 йил

© Беҳзод Фазлиддин

@wwwesdalikuz
Boraman.
Bizni adashtirgan yillar oralab
Jingalak sochimga taqasan yalpiz.
So‘ng ortga qaytaman...
Kimni qoralab
Yolg‘iz.

Men takror boraman
Bu ne jasorat...
O‘tmishga sudrayman vaqt millarini.
O‘g‘irlab qaytaman...
Derazangdagi
Baxt gullarini.

O yana boraman
Bu qanday tahqir...
Ko‘zimdagi bari tomchilar ozod.
Nogoh qo‘llarimdan tutadi taqdir
Kishanband etadi jismimni hayot.

Baribir boraman
Hech bo‘lmaganda
Ruhimni don kabi yutganda bir qush.
Sen titroq kaftingda ushoq tutasan
So‘ng uchib ketaman
Qaygadir sarhush.

Madina Norchayeva
@wwwesdalikuz
Яна сизга келди ҳавасим,
Яна соғинч қилди тантана.
Мен турибман (рўё эмасми?!)
Эшигингиз олдида, мана.

Очсангизчи?!
(Уйда ҳеч ким йўқ!)
Хиралашар кўнглим ранглари.
Эшитяпман қулоқ тутиб жим,
Сукунатнинг жарангларини.

Ичкарида...
(Гумон тошлари
Юрагимдан отилди бир-бир...)
Юзларимга ёға бошлади,
Манзилини унутган ёмғир.

Кетсаммикан... (Бу йўллар узун)
Эзилади бешинчи қават.
Тўрт томонда кезинар маҳзун,
Севги...
Севги...
Севги...
Ва Ҳасрат.

Бирдан эшик очилди! (Тангрим
Бунчалар ҳам караминг кенгдир!!!)
Сиз қаршимда турибсиз кулиб,
(Бу қувончлар фақат меники!)

... Сизга яна келди ҳавасим,
Яна соғинч қилди тантана.
Мен турибман (бу аслида туш)
Эшигингиз олдида, мана...

© Башорат Отажонова
@wwwesdalikuz
Қарамайсан. Мен ҳам лоқайддек
Гўё нигоҳ заҳмат, ишқ зарар.
Лекин... мана, титрар қўлларим,
Лекин, ана юзинг қизарар.

Чиндан бир-бировни билмасак,
Тинчгина кун кўрсак қанийди.
... Типирчилаб шўрлик юраклар
Бир-бирини дарров танийди.

Mатназар  Абдулҳаким

@wwwesdalikuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
МАСЛАҲАТИМ

Худойимга солиб кетавер,
Манзилингга тезроқ етасан.
Кўрмаганга олиб кетавер,
Кўрмагандай бўлиб кетасан.

✍️ Иқбол МИРЗО
@wwwesdalikuz
Bir kuni soatni aldayman,
Botgancha ufqning qoniga,
Ketaman qaydadir yoʻqolgan
Majnuna kunlarim yoniga.

Shamollar ismimni bilmaydi,
Boqmayman bahoru kuziga.
Nilufar ekaman tonggacha
Osmonning ishq toʻla koʻziga.

Bir kuni soatni aldayman,
Mehrobga tekkizib qoshimni.
Oʻtmishdan qaytarib olaman
Chiroyli oʻn sakkiz yoshimni.

Charchadim qarigan dunyodan,
Koʻnglimni maysaga sotaman.
Olmaday gʻarq pishgan ishqimni
Koʻksimda ovutib yotaman.

Bir kuni soatni aldayman,
Qadamlar ovozin quvaman.
Kengliklarga yoyib umrimni,
Semurgʻning sutida yuvaman.

Bilaman, u kunlar yashildir,
Titraydi yillarning shoxida.
Masehning ohi-la sevgini
Tiriltirgum yoshlik bogʻida...

Makkor soat aldanmaydi, yoʻq,
Ufqqa singiydi izlarim.
Nechun xira tortar bari-barisi
Ayting, qachon oʻldi koʻzlarim?!

Halima Ahmedova
@wwwesdalikuz
Uchrashuv

Seni uchratsam,
Kulib yuboraman deb o'ylagandim,
Nega kulish esimga tushmayapti?

Seni uchratsam,
Yig'lasam kerak deb o'ylagandim.
Nega endi turibman?
Nega yuragim muzlagan?

Seni uchratsam,
Yer tortish kuchini yo'qotadi, deb o'ylagandim.
Nega yer qa'riga
tortmoqda
meni?

Seni uchratsam,
Uchib ketaman deb o'ylagandim.
Qayga uchay? Osmon negadir
oyog'imning ostida
chil - parchin.

Seni uchratsam,
Aqldan ozaman deb o'ylagandim -
nega aqlim bunchalar joyida?
Beharakat -
qilt etmaydi...

Menga nima bo'lgan?..
Men kimman?
Yo sen boshqamisan?
Yo odamni tashlab ketsa,
ro'y beradimi
shunday hol?

Usmon Azim

@wwwesdalikuz
Barchaning joniga tegar darajada shafqatsiz va uchragan kimsa seni turtib ketar darajada yuvosh bo‘lma.

© Sa’diy Sheroziy

@wwwesdalikuz
****

Автобуслар ҳали қатнайди...
Метролар ҳам тўхтамас бир зум.
Сен чиқасан - хаёлларинг ҳур,
Сен тушасан - кўзларинг маъсум.

Кутиб олар сени эшиклар,
Деразалар ичиккан жуда.
Сен келасан - олам ёришар,
Сен кетасан - дунё осуда.

Қадамингни пойлайди такси,
Манзилингга элтмоқ истайдир.
Сен юрасан - изингда илинж,
Сен кутасан - қатновлар дайдир.

Олам бир-у сен бирсан, ажаб,
Келар ўша оламдан кечгим.
Сен севмайсан - ҳаммага аён,
Сен севасан - билмайди ҳеч ким...

Хуршид Абдурашид
@wwwesdalikuz
Mashhur olim Charlz Darvin o‘zining nikoh to‘yidan oldin uylanishning «yaxshi» va «yomon» taraflarining ro‘yxatini tuzib chiqqan. Ro‘yxatning «yaxshi tomonlari» ustuniga «doimiy hamroh» va «itdan yaxshiroq» degan jihatlarni kiritgan. «Yomon tomonlari» ustuniga esa «Qarindoshlarni yo‘qlab turishga to‘g‘ri keladi» va «Kitob sotib olish uchun kam pul qoladi» degan jumlalarni kiritgan.

@wwwesdalikuz
Koʻp kezma daraxtzor bogʻlar ichinda,
Daraxtlar dil doʻsting boʻlolmas sening,
Chorlasang kelolmas, yonib qucholmas,
Sen faqat mening boʻl,
meniki,
mening.

Koʻp qolma jarang suv buloq boʻyinda,
Buloq ham dil doʻsting boʻlolmas sening,
Qaynashim chashmadan teran joydandir,
Sen faqat mening boʻl,
meniki,
mening.

Koʻp titma muhabbat kitoblarini,
Kitoblar dil doʻsting boʻlolmas sening,
Bu ishqning tarixi mening qalbimda,
Sen faqat mening boʻl,
meniki,
mening.

Omon Matjon
@wwwesdalikuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iltijo

Senga bag‘ishlayman kechalarimni,
kunlarimni senga beraman...
Huzuringda bo‘lmoqlik uchun
Osmonlardan yurib kelaman.

Ishq yog‘dudir yurakka oqqan
Qaydan bilsin zulmat sochganlar
Bizni anglar, bizni ko‘rarlar
Ko‘zni yumib, dilni ochganlar!

Ovozingni eshitib turay...
Tuproqlarga berma jismingni
Bu dunyoda borligingni ayt,
Ismingni ayt menga...Ismingni!

Zebo Mirzo

@wwwesdalikuz
ҚАЧОНДИР

Қачондир довдираб турган қулунлар,
Қуёшни илк бора кўрган қулунлар,
Туёғи чалмашиб турган қулунлар
Учқур саман бўпти аллақачонлар.

Қачондир ургандим унга бошларим,
Пойдевор бўлибди чўтир тошларим.
Кулайми-йиғлайми, азиз даштларим
Боғу чаман бўпти аллақачонлар.

Қачондир осмонни ағдарарди ҳам,
Димоғим ачишди, кўзга келди нам:
Мени елкасида кўтарган акам –
Қадди камон бўпти аллақачонлар.

Қачондир кўзида кўргандим юлдуз,
Юзи олма каби таранг ва қирмиз.
Менга рўмолчасин берган ўша қиз –
Ранги сомон бўпти аллақачонлар.

Қачондир бу ердан юзим буриб мен
Юрибман, юрибман, тинмай юрибман,
Олисда ҳолимни билмай юрибман –
Менга ёмон бўпти аллақачонлар!

Иқбол Мирзо
@wwwesdalikuz
2024/07/23 20:53:04
Back to Top
HTML Embed Code: