Telegram Group Search
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarini bilamizmi?

• Har ishni boshlasangiz «Bismillah» deng.
• Niyat qilsangiz «Inshaalloh» deng.
• Hayratlansangiz «Subhanalloh» deng.
• Maqtasangiz «Mashaalloh» deng.
• Rahmat aytsangiz «Jazakalloh» deng.
• Afsuslansangiz «Astag‘firulloh» deng.
• Kuzatsangiz «Fiy amaanillah» deng.
• Bersangiz «Fiy sabiylillah» deng.
• O‘limni eshitsangiz «Innaa lillah» deng.
• Aksa ursangiz «Alhamdulillah» deng.
• Qiyinchilik yetsa «Yo Alloh» deng!

Abdulvohid Ibrohim

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qalbni gunohdan qanday poklanishi haqida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining aytgan gaplari.

Subhanalloh,
Alhamdulillah,
La ilaha ilallah,
Allohu akbar.


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Xafa bo‘lmang! Oyog‘ingizga botayotgan tikonlar siz qidirib borayotgan gulning xabarchisidir...

©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
IBRAT

Yemakxonada o‘tirgandik. Bir odam telefonda gaplashib bo‘lib, quvonchdan qiyqirib sakradi va ofisiantni chaqirib:
— Hammaga mening nomimdan ko‘fta kabob tarqating! O‘n sakkiz yillik intiqlikdan keyin bugun men ota bo‘ldim!- dedi.
Uch-to‘rt kundan keyin erkakni 5-6 yoshli bolachaning qo‘lidan tutib bolalar xiyobonida sayr qilib yurganini ko‘rdim. Uni tanigan zahoti yoniga borib, o‘sha kungi ishini eslatdim va yonidagi bolachaga ishora qildim. Erkak tortinib, xijolat chekib shunday dedi:
— O‘sha kuni yemakxonada mening oldimdagi stolga kelib o‘tirgan keksa er-xotin o‘zaro suhbati qulog‘imga chalindi. Onaxon choliga “Ko‘fta kabob yeylik, anchadan beri yegim kelib yurgandi”, dedi. Otaxon esa ayolidan ko‘zlarini olib qochib “Hozir ko‘fta kabob ololmaymiz, pulimiz faqat sho‘rvaga yetadi, xolos” deya siniqqina javob qildi. Shu orada men telefonda gaplashganday bo‘lib, hammaga ko‘fta kabob buyurtma qildim.
— Faqat o‘sha keksa juftlikka olib bersangiz bo‘lardi, hamma xo‘randalarga buyurtma qilishning nima keragi bor edi?- deya so‘radim undan. Erkakning javobidan ko‘zlarim yoshlandi:
— Faqat ularga olib berganimda otaxon ayolining oldida xijolat bo‘lardi. Shuning uchun hammani birday mehmon qildim. Mening pulim ketsa ketsin, bir erkakning izzat-nafsi sinmasin!..


©qayerdandir

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Taqdirimni men tanlamadim. Robbimning o‘zi ikrom etdi, Alhamdulillah! Yaxshiman, desam yolg‘on bo‘ladi. Yomonman, desam e’tiqodimga ziyon yetadi. Eng yaxshisi, tilim Uning shukrida bardavom bo‘lsin. Balki ana o‘shanda qalbim qutulib qolar!
Duoyim aniq, eshitadigan (Zot) aniq, qolgani taqdiri ilohiy...


©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oyatal kursiy haqida...

🍃 Oyatal kursiy bir joyda oʻqilsa, shayton u yerda tura olmaydi, albatta, qochadi...

🍃 Oyatal kursiy Qurʼoni karimning toʻrtdan biri.

🍃 Fotiha bilan Oyatal kursiyni oʻqigan odamga shu kuni jin va shayton zarar yetkaza olmaydi, koʻz tegmaydi.

🍃 Yotar mahali Oyatal kursiyni oʻqigan kishiga shayton yaqin kelolmaydi.

🍃 Har bir farz namozidan keyin Oyatal kursiyni oʻqigan odam uchun Jannatga kirishiga hech qanday toʻsiq yoʻq.

🍃 Uyidan chiqayotganida Oyatal kursiy oʻqigan kimsaga uyiga qaytgunicha yetmish farishta istigʻfor va duo etadi...

🍃 Ulovga minganida ham Oyatal kursiy oʻqish ofat va balo-qazolardan saqlaydi...

🍃 Hazrati Ali “Qabr azobidan qutilish uchun Oyatal kursiyni koʻp oʻqish kerak” deb aytganlar...

🍃 Namozdan keyin Oyatal kursiyni oʻqigan kimsaga har bir harfi uchun qirq savob yoziladi...

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Bir kunda mingta hasanotga erisha olasizlarmi?» deb so‘radilar. O‘tirganlardan biri: «Mingta hasanotni qanday qilib olish mumkin?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim yuzta tasbeh aytsa, unga mingta hasanot yozilib, mingta xatosi o‘chiriladi», dedilar».

Imom Muslim rivoyati

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hazillari

Bir kuni Rasululloh s.a.v ning oldilariga bir kampir keldi va dedi:
— Yo Rasululloh s.a.v, duo qiling men ham Jannatga kiray.
— Kampirlar Jannatga kirmaydi, — dedilar U zot kampirga qarab.
Bu gapni eshitgan kampir juda hafa bo'lib, yig'lashga tushdi. Shunda Rasululloh s.a.v uni yupatib:
— Siz yig'lamang, men kampirlar kirmaydi deyapman. Ya'ni siz kampir holatingizda emas, yosh bo'lib kirasiz, — dedilar-da, jilmayib kuldilar...


Hatto, hazillaringizda ham yolg'on yo'q edi yo Rasululloh s.a.v... 😢

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
Alloh borligini unga ishonmaydiganlarga isbotlab bergan olim hikoyasi

Bir shaharda Allohga ishonmaydigan dahriylardan biri o‘sha yurtning musulmon ulamolari bilan tortishmoqchi bo‘ldi. Ulamolar oralaridagi eng kuchli olimni u bilan tortishish uchun tanladilar. Tortishuv kuni ham belgilandi. Belgilangan kun yetib kelgach, hamma ulamolar haligi olimning kelishini kuta boshlashdi. Lekin u aytilgan vaqtdan kech qoldi. Shunda haligi mulhid (Xudoga ishonmaydigan) hozir bo‘lganlarga qarata: “Olimlaringiz qo‘rqib, qochib ketdi. Chunki, men g‘olib chiqishimni va bu koinotning ilohi yo‘qligi isbot qilishimni bildi” deb kerildi. U shunday deb gapirib turgan paytda boyagi olim kishi kirib keldi. Kech qolgani uchun barchadan uzr so‘radi va kech qolishining sababini quyidagicha izohladi: “Men bu yerga kelayotganimida yo‘lda daryo bor ekan. Undan suzib o‘tgani qayiq topolmadim. Qirg‘oqda biroz kutib turdim. Shunda to‘satdan daryoda bir nechta taxtalar paydo bo‘ldi. Qarab tursam, haligi taxtalar bir-biri bilan tartibli tarzda birikib, qayiq holiga keldi. Keyin o‘sha qayiq men tomonga suzib keldi. Men unga mindim va daryodan o‘tib, sizlarning oldingizga keldim. Shuning uchun biroz kech qoldim”. Bu gaplarni eshitgan mulhid: “Bu odam jinni ekan. Qanday qilib hech bir duradgor ustasiz oddiy, jonsiz taxta birlashib, qayiqqa aylanadi?! Oddiy taxta hech kimsasiz bir o‘zi qanday qilib harakatlanadi?!” deb masxara qildi. Shunda olim kishi tabassum qilib: “Axir o‘zing “Bu ulkan koinot hech bir yaratuvchisiz o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan” demaganmiding?! Bitta qayiqning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lganiga ishonmayapsan-ku!” degan ekan...

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
Qiyin bir davrga kirganingda va har narsa senga qarshidek ko‘ringanida, bir daqiqa ham bardosh berolmaydigan holga tushganingda, aslo taslim bo‘lma.

Chunki ana o‘sha nuqta, yo‘nalishning o‘zgaradigan o‘rni va zamonidir...


©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«J»ilmayib tong otdi, o‘zgacha bu kun,
«U»mid qil Rahmondan degandek bugun.
«M»ing kundan afzaldir, ming kundan uzun,
«A»lloh muborak qilgan JUMA dir bugun!!!

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad 📿

Juma muborak dindoshlarim!
Salavot aytishni unutmang.
🌱
Alloh umringizni ziyoda qilsin... 🙂

🎵 Sami Yusuf “Asma Allah”

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
Ayolga zulm qilishdan ehtiyot bo‘ling!
Chunki u zaifadir. Uning bunday ta’riflanishi boshqalarga ogohlantirish va tahdiddir. Inson qanchalik zaif bo‘lsa, Allohning unga inoyati shunchalik tom bo‘ladi. Uning zolimiga nisbatan intiqomi qattiq va qahrli bo‘ladi.


©Ayman Yog‘iy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
Hamma narsani o'rganganing qadar bilarsan. Shuni ham bilki, sevganing qadar sevilarsan.

©Mavlono Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
🌿 Boshiga musibat tushib,og‘ir kunlarni kechirayotgan insonga hadeb nasihat qilavermang.
Koyiyvermang,sabrsizlikda ayblamang...

🌿 Undan bir og‘iz “Qalbing nimani his qildi”, “Qalbingni holi qanday”,
deb so‘rang...

🌿 “Og‘irligini bilaman,
lekin mana ko‘rasan bu kunlar ham avvalgilaridek o‘tib ketadi.
Seni kelajakda eng oliy baxtlar qarshilaydi”,deya tasalli bering...

🌿 Chunki uni qalbidagi zambil yukni bo‘shatishi uchun yaqin do‘stga ehtiyoji bor.
Nasihatgo‘y aqlliga emas.
Nasihat va o‘gitni hamma ham beraveradi ammo muhabbatni faqat hoslargina his qildiradi...

Qalbingizni holi qanday?..

@Rumiy_Jaloliddinsevimli maskan!..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizda ham boʻlganmi? Xayol buzilib, goho oʻzingiz istamagan tarzda Allohga shirk keltiradigan gaplar keladi bexosadan miyaga... 😣

Qoʻrqib ketasan kishi bu shaytonning hiylasidan...

Bunday hol uchun Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari juda yaxshi gaplarni aytgandilar.

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Ey bir yerga qattiq bogʻlangan, maqsading oʻsha yerda amalga oshishini umid qilgan oʻsha qutlugʻ ogʻochdan meva teray degan! Maqsading u yerda emas, Alloh tayin etgan boshqa joyda amalga oshadi. U narsani sen kutgan joydan bermasdi-yu u taʼmani nega senga berdi?

©Jaloliddin Rumiy "Qalb koʻzingni och"

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Yig‘lagan anglaydimi yoki anglagan yig‘laydimi?

Ey qalbim!
So‘zla, ushbu badan boqiymi?
Sevgi kim uchun, ko‘z yosh kim uchun? Ayriliq bu dunyoda juda qiyin, oxiratda esachi?
Ichimga, yon demoqdaman. Faqatgina sen yon... Va ko‘nglimga, bardoshli bo‘l demoqdaman.
Mayli barcha baxtli bo‘lsin, sen esa sabr qil...

©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
2024/06/12 14:37:07
Back to Top
HTML Embed Code: