Telegram Group Search
Korrupsiyaga qarshi kurashda BMT GJB bilan hamkorlik yangi yo‘nalishlarda faol davom ettiriladi

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining (BMT GJB) Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida amalga oshiriladigan Chora-tadbirlar rejasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Agentlik direktori Akmal Burxanov, BMT GJB Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi vakili Ashita Mittal va har ikki tashkilot masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Chora-tadbirlar rejasi quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

sohaga oid strategik hujjatlar ishlab chiqish va ularni samarali amalga oshirish mexanizmlarini joriy etishda hamkorlik;

BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy platformasi doirasida faoliyatni jadallashtirish;

Korrupsiyaga qarshi qurashish bo'yicha xalqaro standartlarni milliy amaliyotga joriy etish;

xususiy sektorda korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari va choralarini kuchaytirish;

BMTning Korrupsiyaga qarshi qurashishda yoshlarni faol jalb etishga qaratilgan GRACE loyihasi tashabbuslarini O'zbekistonda amalga oshirish.

Tomonlar ushbu vazifalarni amalga oshirish O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini xalqaro standartlar va xorijiy ilg‘or amaliyot doirasida kuchaytirishga hamda xorijiy davlatlarning aksilkorrupsiya idoralari bilan professional aloqalar rivojiga hissa qo‘shishini alohida eʼtirof etishdi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan sohalarda “Korrupsiyasiz soha ofisi” loyihalari amalga oshirilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan sohalarda muayyan muddatga mo‘ljallangan “Korrupsiyasiz soha ofisi” loyihalarini amalga oshirish ishlari boshlandi.

Loyiha doirasida xalqaro tashkilotlar vakillari, soha ekspertlari va mutaxassislarini jalb etgan holda korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalarni o‘rganish, korrupsiyaga imkon berayotgan holatlarni o‘rganish va xavflarni minimallashtirish choralarini ko‘rish nazarda tutilgan.

2024-yilda Agentlik tomonidan “Yuksalish” harakati, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda “Korrupsiyasiz soha ofisi” loyihalari doirasida quyidagi mavzularda tadqiqotlar o’tkaziladi:

“Ipoteka krediti bo‘yicha davlat subsidiyalarini berishdagi nohalollik xavflarini baholash”

“Maktabga qabul qilishda korrupsiya xavfi va nohalollik omillari mavzusida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni monitoring qilish”


Ushbu tadqiqotlarni o‘tkazish va amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida milliy va xalqaro ekspertlardan iborat Ishchi guruhlar tarkibi shakllantirildi.

Ishchi guruhlari tegishli ravishda Maktab va maktabgacha taʼlim, Raqamli texnologiyalari, Iqtisodiyot va moliya,Adliya,Sog‘liqni saqlash vazirliklari,Soliq qo‘mitasi,Kadastr agentligi,banklar va hokimliklar hamda boshqa mutaxassislarini qamrab olgan.

Tadqiqotlar doirasida har bir Ishchi guruhi yig‘ilishlari o‘tkazib kelinmoqda.

Tadqiqotlarga oid barcha jarayonlar Agentlik rasmiy veb-sayti va OAVda batafsil yoritib boriladi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓3-7 iyun kunlari)

Qonunchilikdagi yangiliklar:

▫️5-iyun

📑“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.

📑 “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori imzolandi.

O‘rganishlar:

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga 1 ta taqdimnoma hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 1 ta so‘rovnoma yuborildi.

🔎Xorazm viloyatida 13 mlrd so‘mlik kompyuter texnikalarini xarid qilishda qonunchilik talablariga rioya qilinishi holati bo'yicha o‘rganish natijalari e'lon qilindi.

Korrupsiyaga qarshi ekspertiza:

📑Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron “project.gov.uz” tizimi orqali kelib tushgan 4 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi.

Komplayens-nazorat:

📌 “Turonbank”, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish holati joyiga chiqib o‘rganildi.

▫️7-iyun

📌Maktabga qabul qilishda korrupsiya xavfi va nohalollik omillar" mavzusida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni monitoring qilish” haqidagi tadqiqot doirasida ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta‘minlash bo‘yicha:

▫️6-iyun

📌Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasining Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishida Agentlik masʼul xodimi ishtirok etdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:    

▫️4-iyun

📌Agentlik, Bosh prokuratura va Yevropa Kengashi vakillari o‘rtasida Yevropa Kengashi doirasidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlar guruhi (GRECO) ga O‘zbekistonning aʼzo bo‘lishi masalalari muhokamasiga oid onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

▫️7-iyun

📌Agentlik hamda BMT GJB Markaziy Osiyodagi mintaqaviy  vakolatxonasi hamkorligida amalga oshiriladigan Chora-tadbirlar rejasi imzolandi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 82 ta (shundan 78 tasi jismoniy shaxslardan, 4 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga  jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 95 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mazkur haftada:

▫️7-iyun

📌Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdagi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Agentlik va YXHT o‘rtasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti(YXHT)ning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, missiya rahbari Antti Karttunenni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Agentlik direktori janob elchini yangi lavozimga kirishishi bilan qutladi.

Shuningdek, davlat idoralari faoliyatining ochiqligini baholash bo‘yicha “open.index” hamda ochiqlikka masʼul xodimlarning malakasini oshirishga qaratilgan “E-learning” platformalarini ishga tushirish, sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishda YXHT ekspertlari tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘z navbatida, YXHT loyihalari koordinatori mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni taʼminlash borasidagi islohotlarida hamkorlikni davom ettirish tashkilotning asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligini taʼkidladi.

Muloqotda Agentlik va YXHT o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari, xususan, “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashish" loyihasi doirasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturidagi vazifalar ijrosi masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, kelgusida hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish, jumladan, 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi loyihasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Bu borada keng jamoatchilik o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlarning samaradorligini baholashga qaratilgan ijtimoiy so‘rovlar, korrupsiya va gender masalalarida tadqiqotlar o‘tkazish, yoshlarga halollik qadriyatlarini singdirishga qaratilgan animatsion filmlar ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun bilan davlat tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ularni aniqlash va tartibga solishning samarali huquqiy mexanizmi yaratilmoqda.

Qonunda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va tartibga solish bo‘yicha yagona amaliyotni shakllantiruvchi vakolatli organ sifatida belgilandi.

Agentlikning mazkur sohadagi vakolatlari mazkur infografikada batafsil aks etgan.

—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2024/06/15 13:41:32
Back to Top
HTML Embed Code: