Telegram Group Search
Forwarded from Imkon.uz
Xushnudbek telegram kanali granti g'oliblari to'liq saralandi!

📜 G'oliblar ro'yxati bilan imkon.uz platformasi orqali tanishishingiz mumkin. Ishtirokchilar va tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Kelib tushgan 743 ta arizadan 35+3 kishiga belgilangan grant summasi taqdim etildi.

🖥 Navbatdagi metsenatlik loyihalarini kuzatib boring. Shuningdek, Imkon.uz Grantlar bo'limi orqali dunyo bo'ylab grant va stipendiyalar yutib olishingiz mumkin.

G'oliblar ro'yxati 👉https://bit.ly/3E9cigv

🔹 Imkon.uz - ijtimoiy rivojlanish asosiy maqsadimiz.

@imkon_uzbekistan
🎅 Aziz yurtdoshlar! 2021-yilda biz bilan bo'lganingiz va bizga ishonganingiz uchun tashakkur!

MetsenatUz jamoasi kelayotgan yilda ham sizga foydali loyihalarni taqdim etishda davom etadi. Unutmang, ilmga tikilgan investitsiya eng yaxshi investitsiyadir!

🤗 Muhimi, ilm olish va undan unumli foydalanishdan to'xtamang. Bayramingiz muborak bo'lsin!

@metsenatuz
Talabalar uchun Mustaqillik ta’lim granti

XushnudbekUz Telegram kanali O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan jami 155 mln so'mlik ta’lim granti e’lon qiladi.

Grantning maqsadi: yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalarning ta'lim olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish;

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

🏢 Qaysi OTMlar uchun:
barcha davlat, nodavlat, diniy taʼlim muassasalari uchun

📊 Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi

📚 Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy

👥 Necha kishiga beriladi: 31 nafar (shundan 5 nafari TDYU talabalari uchun)

💰Taʼlim granti miqdori: har bir kishiga 5 mln so‘mdan (jami 155 mln so‘m)

Hujjatlar 30-sentabrgacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

📲 Onlayn ariza yuborish:
https://imkon.uz/metsenat/120

@MetsenatUz
Arizalar topshirish oʻz nihoyasiga yetdi

Metsenat.uz loyihasi doirasida eʼlon qilingan Xushnudbek.uz Telegram kanalining “Mustaqillik Taʼlim Granti” uchun arizalar topshirish jarayoni yakunlandi. Ayni damda mazkur arizalarni koʻrib chiqish jarayoni boshlandi.

Arizangiz holatini imkon.uz ijtimoiy tarmogʻidagi shaxsiy profilingiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

@MetsenatUz
Metsenat.uz
Arizalar topshirish oʻz nihoyasiga yetdi Metsenat.uz loyihasi doirasida eʼlon qilingan Xushnudbek.uz Telegram kanalining “Mustaqillik Taʼlim Granti” uchun arizalar topshirish jarayoni yakunlandi. Ayni damda mazkur arizalarni koʻrib chiqish jarayoni boshlandi.…
Arizalar ko'rib chiqilmoqda

🇺🇿 MetsenatUz loyihasi hamda XushnudbekUz Telegram kanali doirasida e'lon qilingan "Mustaqillik ta'lim granti" uchun 1520 ta ariza kelib tushdi.

🔎 155 mln so'mlik grant 31 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj talabani qo'llab-quvvatlash uchun ajratilgan. Ayni paytda grant uchun topshirilgan mazkur arizalar jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya tomonidan ko'rib chiqilmoqda.

📌 Yakuniy natijalar 10 kun ichida ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilinadi. Shuningdek, natijangizni imkon.uz ijtimoiy-tarmog'idagi shaxsiy sahifangiz orqali ham bilishingiz mumkin.

@MetsenatUz
Hurmatli loyihamiz kuzatuvchilari, ijtimoiy yordamga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilib kelinadigan grant tanlovini navbatdagi sonini qaysi sohada boʻlishini istaysiz?
Anonymous Poll
33%
IT sohasida
30%
Tibbiyot yoʻnalishida
8%
Qishloq xoʻjaligida
3%
Mashinasozlik yoʻnalishida
26%
Oʻz variantimni izohda yozib qoldiraman
🎯 Mustaqillik ta‘lim granti — yakuniy natijalar

📢 Mustaqillik ta‘lim grantining yakuniy natijalari e‘lon qilinish arafasida. Eslatib o‘tamiz, ushbu grant uchun o‘tgan yilgiga nisbatan 2 barobar ko‘p arizalar kelib tushgan. Shu sababli, saralash jarayoni kutilganidan ko‘ra ko‘proq vaqt oldi.

Saralash natijalari platformadagi shaxsiy profil orqali ma‘lum qilinadi. Ya‘ni grant g‘oliblarining shaxsiy profillarida ushbu grantning g‘olibiga aylanganliklari to‘g‘risida ma‘lumot ko‘rsatiladi.

🔎 Shaxsiy profilingizni tekshirib turing!

@MetsenatUz
🏆 Mustaqillik ta‘lim granti g‘oliblarining bir qismi aniqlandi!

Mustaqillik ta‘lim granti g‘oliblarining birinchi 12 taligi aniqlandi. Qolgan ishtirokchilarga ham omad tilab qolamiz.

📲 G‘olib bo‘lganlar bilan telefon orqali bog‘laniladi.

🔹 @MetsenatUz - ijtimoiy rivojlanish asosiy maqsadimiz.
🎯 Grant g‘oliblarining navbatdagi 10 taligi saralab olindi

Mustaqillik taʼlim granti g‘oliblarining navbatdagi bir qismi ham aniqlandi. Tez kunlarda yakuniy qism saralash natijalari ham e'lon qilinadi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

📲 G‘olib bo‘lganlar bilan telefon orqali bog‘lanib, kontrakt to‘lovlarini o‘tkazib berish uchun OTMlardan shartnomalar olinadi.

🔹 @MetsenatUz - ijtimoiy rivojlanish asosiy maqsadimiz.
Forwarded from Imkon.uz
🎯 Grant g‘oliblarining yakuniy saralash natijalari eʼlon qilindi

Mustaqillik taʼlim granti g‘oliblarining 2/3 qismi aniqlangan edi. Endilikda esa, qolgan g‘olib ishtirokchilar ham saralab olindi. Ishtirokchilar va tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

📲 31 nafar grant g‘oliblari bilan telefon orqali bog‘laniladi.

🔹 Imkon.uz - ijtimoiy rivojlanish asosiy maqsadimiz.
Forwarded from Xushnudbek.uz
MetsenatUz лойиҳасида эълон қилинган «Мустақиллик гранти»нинг 31 нафар ғолиби тўлиқ аниқланди. Мазкур 31 талабанинг ҳар бирига 5 млн сўмлик грант миқдори уларнинг контракт тўловлари учун ўтказиб берилди.

31 нафар ғолибнинг 17 нафари қиз, 14 нафари йигитлар бўлди. Биз асосан етим, чин етим ҳамда эҳтиёжманд талабаларга грант берганлигимиз сабабли, ғолибларнинг исм-фамилиясини эълон қилиб ўтирмаймиз. Аммо ғолиб талабалар ўқийдиган ОТМлар рўйхатини беришимиз мумкин:

1. Тошкент давлат юридик университети (10 нафар)
2. Бердақ номидаги Қорақалпоқ давлат университети (2 нафар)
3. Андижон давлат тиббиёт институти
4. Бухоро давлат тиббиёт институти
5. Бухоро давлат университети
6. Наманган давлат университети
7. Нукус давлат педагогика институти
8. СамДУ Денов тадбиркорлик ва педагогика институти
9. Термиз давлат университети
10. Тошкент давлат иқтисодиёт университети
11. Тошкент педиатрия тиббиёт институти
12. Тошкент тиббиёт академияси
13. Тошкент тиббиёт академияси Термиз филиали
14. Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети
15. Ўзбекистон журналистика ва оммавий коммуникациялар университети
16. Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия ва спорт университети
17. Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети
18. Ўзбекистон миллий университети
19. Урганч давлат университети
20. Фарғона жамоат саломатлиги тиббиёт институти
21. Қарши муҳандислик—иқтисодиёт институти

P.S.: бунда алоҳида таъкидлашни истардимки, ўзим таҳсил олган Тошкент давлат юридик университетига алоҳида устуворлик берилган ва 10 нафар ғолиб танланган. Чунки менга қолса ҳамма битирувчилар имконияти бўлганда ўзлари ўқиган ОТМларга ҳар томонлама ёрдам беришлари, ҳомий-меценатлик қилишлари керак. Жаҳоннинг энг нуфузли университетларининг асосий даромад манбаларидан бири ҳам айнан битирувчилари берадиган маблағлар бўлади. Масалан, Стэнфорд университетида ўқиган шахслар ҳар йили университетга 1 млрд доллар атрофида меценатлик ёрдами кўрсатишини айтгандик.

Хуллас, шунақа гаплар. Айтганча, грант учун ажратилган барча маблағлар каналда берилган рекламалар ҳисобидан қопланди.


👉 @xushnudbek 👈
Jurnalistika sohasida o’qiyotgan talabalar uchun 75 mln so’mlik ta’lim granti

Grantning maqsadi: jurnalistika sohasida ta’lim olayotgan, yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalarning ta'lim olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish;

🔻Taʼlim granti haqida maʼlumot:
Qaysi OTMlar uchun:
barcha davlat va nodavlat taʼlim muassasalari uchun
Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi
Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy
Necha kishiga beriladi: 25 nafar
Taʼlim granti miqdori: har bir kishiga 3 mln so‘mdan (jami 75 mln so‘m)

Hujjatlar 25-may soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

📲 Onlayn ariza yuborish:
https://imkon.uz/metsenat/122

Qo'shimcha savollar uchun:
@imkon_support_chat

@MetsenatUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Toshkent shahridagi Piza Universiteti filiali va “Imkon Uzbekistan” jamoat birlashmasi tomonidan “Metsenat” loyihasi doirasida taʼlim granti eʼlon qilinadi!

Grantning asosiy maqsadi o‘quv to‘lovlarini to‘lashga qiynalayotgan, ammo yuqori isteʼdod va salohiyatga ega bo‘lgan kam taʼminlangan talabalarga moliyaviy yordam ko‘rsatishdir.

🔹Qaysi OTM uchun: Toshkent shahridagi Piza Universiteti filiali;
🔹Ta'lim yo'nalishlari: Geologiya, Ekologiya;
🔹Grant miqdori: 118 mln so‘m (bir stipendiat uchun);
🔹Talabalar turar joyi uchun: 22,6 mln so‘m + kitoblar va amaliyot (bir stipendiat uchun);
🔹Kvota soni: 2 ta;
🔹Grant qoplanadigan muddat: 4 o‘quv yili;
🔹Ariza topshirish muddati: 15.04.23-30.07.23 sana oralig‘ida;
🔹O‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar: ingliz va rus tillarini bilish;
🔹Saralash 2 bosqichda amalga oshiriladi: onlayn ariza topshirish va suhbat.

Ariza topshirish imkon.uz platformasi “Metsenat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

@MetsenatUz
Jurnalistika sohasi talabalari uchun e'lon qilingan Grant uchun ariza topshirish yakunlanishiga 3 kun qoldi!

Ushbu grantning umumiy qiymati 75 mln so’mni tashkil etib, 25 nafar talaba uchun mo'ljallangan edi. Grant uchun ariza topshirish yakunlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda.

Hujjatlar 25-may soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

📲 Onlayn ariza yuborish:
https://imkon.uz/metsenat/122

Qo'shimcha savollar uchun:
@imkon_support_chat

@imkon_Uzbekistan
🎉 Ta'lim granti natijasi e'lon qilindi!

Jurnalistika
sohasida ta'lim olayotgan talabalar uchun e'lon qilingan 75 mln so’mlik ta’lim granti g'oliblari aniqlandi.

📃 Unga ko'ra grant dasturiga:
Qiziqish bildirganlar - 83 ta
Ariza qoldirgan talabgorlar - 92 ta
Ko’rishlar soni - 4529 tani tashkil etdi.

Ariza topshiruvchilar orasidan 25 nafar yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar jamoatchilik vakillaridan tuzilgan komissiya orqali saralab olindi.

🏆 Har bir grant g'oliblariga 3 mln so'mdan taqdim etiladi. Grant egalarining ro'yxati bilan esa ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Barcha grant egalariga o'qishlari va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.

@MetsenatUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar uchun TAIBA FINANCE ta’lim granti

MCHJ "TAIBA FINANCE" XK to`liq bir yillik shartnoma summasini qoplab beruvchi ta’lim granti
e’lon qiladi.

Grantning maqsadi: ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor talabalarning ta'lim olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish;

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

🏢 Qaysi OTMlar uchun:
barcha davlat taʼlim muassasalari uchun

📊 Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi

📚 Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi

👥 Necha kishiga beriladi: 30 nafar

💰Taʼlim granti miqdori: to`liq bir yillik stipendiyasiz shartnoma summasi

Hujjatlar 31- oktabrgacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

📲 Onlayn ariza yuborish

Murojaat uchun

@MetsenatUz
🎯 TAIBA FINANSE taʼlim granti uchun qabul yopildi

Talabalar uchun to‘liq bir yillik shartnoma summasini qoplab beruvchi taʼlim granti uchun arizalar topshirish jarayoni o‘z yakuniga yetdi.

Taʼlim granti uchun 3.000 ga yaqin hamyurtlarimiz qiziqish bildirdi va yuzdan ortiq arizalar kelib tushdi.

Hozirda ariza topshiruvchilar orasidan 30 ta grant g‘oliblarini maxsus komissiya orqali saralash jarayoni davom etmoqda.

@MetsenatUz
🎯 TAIBA FINANSE taʼlim granti g'oliblari aniqlandi!

Talabalar uchun to‘liq bir yillik shartnoma summasini qoplab beruvchi taʼlim granti uchun arizalar topshirish jarayoni o‘z yakuniga yetdi.

Taʼlim granti uchun 3.000 ga yaqin hamyurtlarimiz qiziqish bildirdi va yuzdan ortiq arizalar kelib tushdi.

Ariza topshiruvchilar orasidan 30 ta grant g‘oliblari maxsus komissiya orqali saralab tanlab olindi.

🤝 Grantni qo'lga kiritgan talabalarga o'quv yili davomida yangi muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Barcha ishtirokchilarga kelgusi grantlarda omad tilab qolamiz. Keyingi grant sohibi aynan siz bo'lishingiz mumkin. Bizdan uzoqlashmang !

@MetsenatUz
2024/04/24 03:52:42
Back to Top
HTML Embed Code: