Telegram Group Search
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Туркияда Саҳарлик қўнғироғи мана шундай чалинади

• Сахарлик учун ширин уйқусидан кечиб, уйғонганларга Аллоҳнинг саломи бўлсин!
• Рўзалари вужудларига дармон, қалбларига ҳаловат, охиратларига зеб бўлсин!
• Аллоҳ сабр берсин, куч-қувват берсин!
👇🏻👇🏻
https://www.tg-me.com/joinchat-SDdS2FAiH5e4grs5
#ilmiytadqiqotlar #tahlil
Ta'qiqlaringiz o'rinlidir, lekin...

Kaliforniyalik olimlar o'tkazgan tadqiqot natijalariga ko'ra 1yoshgacha bo'lgan bolalar 1kunda o'rtacha 400marta "yo'q" degan so'zni eshitar ekan.
(No jumping
No crying
No running)

Biz buni ta'qiqlar deb tushunsak ham bo'ladi. (Sakrama, yig'lama, baqirma, yugurma v.h).

Bu holat bola ongostida men xavfsiz holatda qolishim uchun o'zimni chegaralashim kerak ekan degan irratsional ishonchni singdirib qo'yish ehtimolini oshiradi.

Yechim bormi?

Bola xavfsizligini ta'minlash uchun ta'qiqlar kerak. Lekin ularning qadog'ini o'zgartirishimizga to'g'ri keladi.

1. Ta'qiqni o'rnini bosuvchi boshqa xatti-harakat taklif qilish kerak.

Yugurma ---> sekinroq yur, bolam.
Yig'lama ---> kel yonimga nima yordam kerak ayt.

2. Ta'qiqni ruxsatga aylantirish usuli

Qo'lingni yuvmagansan. Yema hozr ---> pechenyeni qo'lini yuvganingdan so'ng yeysan.
Hovliga chiqma ---> hovliga birozdan keyin birga chiqamiz.

3. Ta'qiq o'rniga boshqa taklif berish

Tel o'ynama ---> kel birga lego yasaymiz.
Unga tegma ---> qara sanga bir bir narsa ko'rsataman.

Muhimi, ta'qiqlar bolaning qiziquvchanligini to'sib, olam xavfli degan tasavvur hosil qildirib qo'ymasligi kerak. Farzangizngiz uchun maxsus olam bilan tanishtirish usulini o'ylab topish kerak. Toki ortiqcha chegaralar, gipperg'amxo'rlik bolangizni chegaralab qo'yishga xizmat qilmasin.

@farzandruhiyati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат
Дунё аҳолисининг деярли ярми неврологик касалликдан азият чекмоқда

Мутахассислар бу борада қайси касалликларнинг улуши юқори эканини маълум қилди.

👉 https://www.tg-me.com/UZBEKISTANOFFICIAL
Tiriklarga qaraganda o'liklarga ko'proq gul beriladi. Chunki afsus shukrdan ko'ra kuchliroq hissiyotdir. (Anna Frank).

13 yashar qizning fikrlariga qarang...

@HaydarbekHamdam
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'qiguvchi ayolga qalbdan oldin aql oshiq bo'ladi) ❤️

@psixologkanali
⚡️Tadqiqot: Oiladagi katta farzandlar kichiklariga qaraganda ko'proq muvaffaqiyatga erishadilar.

• Olimlarning fikriga ko'ra, hamma narsa kasallik bilan bog'liq: kichiklar katta farzandlarga qaraganda bir necha baravar ko'proq kasal bo'lishadi va ular mikroblarga ham ko'proq moyil bo'ladi - buni 30 yildan ortiq ma'lumotlar tahlili ko'rsatdi.

• Olimlarning ta'kidlashicha, katta farzadnlarning IQ darajasi ukalariga qaraganda yuqori bo'lib, maktabda yaxshiroq o'qiydi, ma'suliyatli bo'ladi va ko'proq pul topishga moyil.

Ma'lumot: Topor+18 kanalidan olindi)

📌Obuna bo'lish: @psixologkanali
Milliy gvardiya orqali bolalar ongiga qo‘rquv solmaylik

Inson sifatida “men” ongi shakllanib kelayotgan bolaga Milliy gvardiya xodimi darvozani ochib turibdi. Ertaga bolalar organ xodimlaridan qo‘rqqani uchungina maktabga boradi, uyimga xodimlar keladi, deb xavotirga tushadi. Bu juda ham qaltis vaziyat.

Nevropsixolog sifatida bolalar, o‘smirlar psixologiyasini 30-yildan buyon o‘rganib kelayotgan mutaxassis sifatida shuni qat’iy talab qilgan bo‘lardimki, bu masalani to‘xtatish kerak, buni oqibati juda ham yomon bo‘ladi.

Instagram | Facebook | Telegram |YouTube
Флоридада 14 ёшга етмаган ўсмирларга ижтимоий тармоқларда аккаунт очиш тақиқланди. 16 ёшга тўлгунга қадар эса ота-онасининг рухсати керак бўлади. Қонун 2025 йил 1 январдан кучга киради.

Штат Губернатори Рон Десантиснинг айтишича, болаларни ижтимоий тармоқларнинг зарарли таъсиридан ҳимоя қилиш керак. Аммо уни аллақачон АҚШ Конституцияси ҳимоячилари ва миллионлаб кўриладиган блогларнинг вояга етмаган эгалари танқид қилишмоқда.

👉https://www.tg-me.com/UZBEKISTANOFFICIAL
«Badiiy asarlarda, romanlarda, kinolarda sujet voqealari rivojlanib-rivojlanib borib, oxirida hammasi to‘y bilan, yaxshilik bilan tugaydi. Hayotda esa aksincha, hamma narsa to‘ydan keyin boshlanadi»

© L.N. Tolstoy

@psixologkanali
O’smirlar kimning fikrini ko’proq inobatga olishar ekan?

Ijtimoiy psixologlar fikricha bunda asosiy omil 2 shaxsning yoshi, jinsi va uning jamiyatdagi mavqei deb bilishadi. Bu ko’pincha ota-ona, o’qituvchi, yoki qaysidir mashxur inson bo'lishi mumkin.

Lekin 1984-yil Amerikalik Jon Xoelter tomonidan amerikalik o'smir - o‘quvchilar bilan amalga oshirilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, o‘smir qizlar o‘zining o`g’il bola tengdoshlarining flkrlarini ko‘proq inobatga olar ekan, o‘smir o‘g‘il bolalar esa o‘z ota-onalarining flkrlarini ko‘proq inobatga olishi aniqlangan.

Bu tadqiqot natijalari bo’yicha sizning fikringiz qanday komentariyada izoh qoldiring.

Manba: Hoelter, J. W. (1984). Relative effects of significant others on self-evaluation. Social psychology quarterly, 255-262.

🔻Obuna bo'ling va bizni kuzatib boring

Telegram kanal: @psixolive1

Youtube | Instagram 

Facebook | Tiktok
BOLALARDAGI QOBILIYAT YOʻQOLISHINING BAZI SABABLARI:

1. Boshga urish miyadagi hujayralarni oʻldiradi.
Boshni silash esa miyada yangi hujayralar paydo qiladi.

2. Elektron oʻyinlar ijtimoiy aqlni, lugʻaviy ziyraklikni barbod qiladi.

3. Bolaning fikrlari ustidan kulish, u taqdim qilgan ishlarni taqdirlamaslik
natijasida undagi motivatsiya pasayib ketadi.

5. Bolaning yoshligidan u bilan suhbat qurish eshigining yopiqligi.

6. Taʼlim berish davomida suv ichishni kamaytirishi (Miyaning 85% i suvdan iborat. Har 45 daqiqada 1 stakan suv ichish zarur.)

7. Oʻquvchining qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olmay oʻqitish samarali natijaga olib kelmaydi.

📌Obuna bo'lish:@psixologkanali
Henri Marshning “Ozor berma: Hayot, o'lim va neyrojarrohlik” kitobidan iqtibos ✍️

Kitob haqida: asaxiy.uz/u/6566e624bd64b

@asaxiybooks
❗️ Тез овқатланишнинг мияга таъсири

Фаст-фудни кўп истеъмол қилиш нафақат инсоннинг қоматига зарар этказиши, балки унинг миясига ҳам зарарли таъсир кўрсатиши мумкин.

Носоғлом озиқ-овқатларни истеъмол қилиш одамларни очликни ҳис қилади, ҳатто қорни тўйган бўлса ҳам. Бу унинг ҳипокампусга таъсири билан боғлиқ. Бундан ташқари, тез овқатланишни яхши кўрадиганлар унутувчан, тажовузкор ва тушкунликка тушиш хавфига эга

❗️Яқинларга ҳам улашинг

👉https://www.tg-me.com/UZBEKISTANOFFICIAL
Insonning ichki dunyosi qanchalar boy bo'lsa, u atrofdagilardan shunchalar kam narsa kutadi. (Irvin Yalom).

Nega sizni kimdir sevishi va hurmat qilishi kerak? Nega siz buni odamlardan kutasiz? Aksar ota-onalar "Qariganimda menga qaraydi" degan ongli yoki anglanmagan fikr bilan farzand o'stiradilar. "Men 80 yoshimda ham o'zimga o'zim qarayman, bolam yoki kelinim imkon qadar menga qaramasligi kerak" degan maqsad bilan yashash eng to'g'ri yo'l ekanligini afsuski hammayam tushunavermaydi.

@HaydarbekHamdam
O'qidim-u, dumaladim😅

Fransuz tilida gaplashib, non sotayotgan ayol, fransuz tili o'qituvchisi ekan).

Afsus...

@psixologkanali
​​Keltirilishicha, har qanday yovuz insonning "ichida" da mitti yaxshi odamcha bor

Bir necha muddat Moskvada istiqomat qilgan amerikalik muxbir bir voqea toʻgʻrisida yozadi. Bu voqea Yagoda degan odamga taalluqli boʻlgan. Yagoda maxfiy politsiyaning boshligʻi boʻlgan. Keyin uni oʻldirib yuborishgan. Yagoda ham juda ko'plab odamlarni o'ldirtirgan, vaxshiy inson bo'lgan.

Ammo, u Moskvaning tevarak-atrofidagi bolalar yetimxonalaridan biriga
homiylik qilgan. Yetimxona tabiatning benihol goʻzal bir goʻshasida joylashgan boʻlib, bolalar u yerda juda yaxshi hayot kechirishar ekan. Yetim bolalarga chindan ham gʻamxoʻrlik qilinar, ularga mehr-muhabbat bilan munosabatda boʻlishar ekanlar.

Kunlardan birida Yagoda boyagi amerikalik muxbirga murojaat qilipti: “Menga bir marhamat koʻrsatsangiz. Men homiylik qilayotgan yetimxona haqida bir maqola yozing va uni Nyu-Yorkdagi falon jurnalda bostirib chiqaring”. Jurnalistning haddan tashqari taajjubga tushganini payqab, politsiya boshligʻi o'z maqsadini tushuntiripti. “Bilasizmi, mening togʻam bor, onamning ukasi. U Bruklinda istiqomat qiladi va oʻsha jurnalni oʻqib turadi. Onam meni iblisdan battar deb hisoblaydi. Agar togʻam boyagi maqolani oʻqib qolsa, u, albatta, onamga yozib yuboradi va men haqimdagi fikrlari biroz yaxshilanadi. Bu menga ancha yengil boʻlardi”.

Muxbir maqolani yozipti. Unda Yagodaning bir qancha odamning hayotini asrab qolganini aytipti. Buning uchun Yagoda umrining oxirigacha undan minnatdor boʻlib qolgan ekan.

Gap, albatta, Yagodaning onasida ham emas, yoki buni savob ilinjida ham qilmagan. Gap shundaki, Yagoda o'zining yovuz kimsa ekanligini bilardi va bunga o'zi chiday olmagan.

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
Ayol va erkaklar rivojlanishidagi psixologik farq (Levinson tajribasi)

Deniel Levinson degan psixolog bo'lgan. U asosan yoshga xos bo'lgan psixologik xususiyatlarni o'rgangan. Masalan, keksalar psixologiyasi, o'spirinlar psixologiyasi...

Uning kattalar hayotini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlari ham mashxur. Shunday eksprimentlaridan birida, u erkaklar va ayollar rivojlanishi o'rtasidagi farqni o'rganmoqchi bo'lib, 22 yoshdan 28 yoshgacha bo'lgan ayol va erkaklarda tadqiqot o'tkazadi. Levinson ular o'rtasidagi asosiy farq "orzu" ligini aniqlagan.

Orzu deganda insonning kelajakdagi hayoti, maqsad va istaklari haqidagi tasavvurlari tushuniladi. Levinson erkaklar va ayollar bilan boʻlgan intervyulari natijalariga asoslanib, erkaklar kasb haqida orzu qilishga moyil ekanligini, ayollar esa oʻz orzularini ifodalashda qiynalishini aniqlagan. Ular kasb, turmush va oila o’rtasida qay biri muhim ekanligini aniq aytishda qiynalishgan.

📌 Obuna bo'lish: @psycho_review
Ota-onalarning bir narsani aytib, o'zlari boshqa ishni qilishlari bolada havotir va ichki ziddiyatlar yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.

📌Obuna bo'lish: @psixologkanali
​​Bolaga "nima mumkin, nima mumkin emas"ligini tushuntirishning o'zi kifoya deb o'ylaymiz ba'zida. Lekin bola biz aytgan gaplarimizdan ko'ra, qilayotgan ishlarimizdan, harakatlarimizdan xulosa qiladi.

Nimani qilib, nimani qilmasligimizdan ko'proq narsa o'rganadi. "Urush" kinolarni tomosha qilayotgan ota-onani ko'rgan bola uchun, zo'ravonlik oddiy holga aylanadi.

📌Obuna bo'lish: @psixologkanali
​​Qachonlardir majburlikdan o'rnatilgan tartib, hozirda umuman ahamiyatsiz bo'lib qolgan bo'lsa-da, u oilaviy an'ana, urf-odat, qoida sifatida saqlanib qolaveradi (agar siz bu tartib-qoidaga amal qilmasangiz, sizni kamida "qo'shtirnoq ichidagi aqlli"ga aylantirishadi).

Bu holatni, faqat oq ko'ylak-galstukda yuradigan odamning, oq ko'ylagi qurimay qolib, oq futbolkaga galstuk taqib ketishiga o'xshatish mumkin.

📌Obuna bo'lish: @psixologkanali
2024/04/19 00:07:22
Back to Top
HTML Embed Code: