Telegram Group Search
Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

📌Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.

🔹Ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) orqali yoxud ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln. so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln. 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
VIDEO: Qarshi tumanida maktab binosi qurish uchun ajratilgan yer uchastkasida sodir etilgan qonunbuzarlik holati bartaraf etildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAVDA_KADASTR_Nasaf_TV

Qashqadaryo viloyatida kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

Nazorat tadbirlarida aniqlangan yana bir qonunbuzarlik holati olib borilgan targ'ibot ishlari natijasida bartaraf etildi.

Batafsil Nasaf telekanalining "XABARLAR" informatsion dasturi lavhasida

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkor ayolning kadastr masalasida qilgan murojaati boshqarma boshlig'ining nazoratiga olindi

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov vohalik tadbirkor xotin-qizlar bilan muloqot qilmoqda.

Ularning murojaatlarini joyida hal qilish maqsadida Viloyat hokimi rahbarlarga telefon orqali topshiriqlar ham bermoqda.

Muloqot davomida yakkabog'lik Norxol Mo'minovaning kadastr masalasida qilgan murojaati Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev tomonidan nazoratga olindi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON

Hurmatli Ko'kdala tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari


Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Ko'kdala tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 31-may kuni soat 11:30 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Ko'kdala tumani, Zum mfy, 72-maktab binosi

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach uni 1 oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak.

‼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Rejadan tashqari texnik ishlar tufayli Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha Kadastr Agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

❗️ Ushbu vaqtinchalik uzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE #sayyor_qabul

Ayni damda Ko'kdala tumani Zum mfy hududidagi 72-sonli maktabda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o'tkazilmoqda

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🟢 Oldin xabar berganimizdek Toshkent shahrida joylashgan serverlarda rejadan tashqari texnik ishlar olib borilayotganligi sababli faqatgina Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha 🌟Kadastr agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilayotgan edi.

Hozirda barcha kamchiliklar bartaraf etilgan bo'lib 🌟 Kadastr xizmatlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi tomonidan korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar va xodimlar bilan individual tartibda profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.

Kuni kecha ana shunday tadbirlar viloyatning Shahrisabz, Kitob va Nishon tuman filiallarida o‘tkazildi.

Shuningdek, mas'ullar Shahrisabz tumanidagi Istiqbol mahallasida bo'lib, qonunchilikdagi o'zgarishlar haqida aholiga ma'lumot berishdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Bugun 1-iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Bayramingiz muborak bo'lsin qaynoq mehrli mittivoylar!

Kadastr JAMOASI

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
2024/06/02 02:23:20
Back to Top
HTML Embed Code: