Telegram Group Search
Sog‘liqni saqlash tizimiga oid masalalar anchadan beri muhokamalarga sabab bo‘layotgan edi va kecha Prezidentimiz tomonidan bir necha muhim qarorlar qabul qilindi.

2024-yilda Toshkentda davlat tibbiy sug‘urtalash mexanizmi ishga tushadi. Bu har bir fuqaroga turli holatlarda tibbiy yordam olish imkonini beradi.

Davlat tomonidan elektron retseptlar orqali aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlash dasturi yaratiladi. Fuqarolarga budjet hisobidan bepul dorilar beriladi. Bu xarajatlarni optimallashtirib, tibbiy xodimlarning ishini yengillatish imkonini beradi. Natijada mablag‘larni sarflash samaradorligi oshadi.

Shuningdek, murojaatlarni kasallikning og‘irlik darajasiga qarab saralovchi tez tibbiy yordam tizimini joriy etish orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi va tezkorligi takomillashtiriladi.

Bundan tashqari, sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu har bir inson birinchi navbatda o‘z salomatligi haqida qayg‘uradigan jamiyat tomon qo‘yiladigan muhim qadamdir.

-

Вопросы в сфере здравоохранения долго вызывали обсуждения, и вчера наш Президент принял несколько ключевых решений.

В 2024 году в Ташкенте запустят механизмы государственного медицинского страхования, что позволит каждому гражданину получить медицинскую помощь в разных ситуациях.

Государство создаст программу лекарственного обеспечения через электронные рецепты. Граждане получат бесплатные лекарства за счёт бюджета, что оптимизирует расходы и разгрузит медперсонал. Это повысит эффективность использования средств.

Будет введена система скорой помощи с сортировкой обращений по степени тяжести заболевания, что улучшит эффективность и оперативность оказания медицинских услуг.

Кроме того, будет сделан акцент на продвижении здорового образа жизни. Это важный шаг к обществу, где забота о собственном здоровье станет приоритетом для каждого человека.
Bugun AQSH Davlat kotibi oʻrinbosari Uzra Zeya boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdik.

Amerika tomoni xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, OAV va so‘z erkinligini ta’minlash, shuningdek, fuqarolik jamiyati hamda NNT faoliyati samaradorligini oshirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan saʼy-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.



Сегодня мы провели встречу с делегацией США во главе с заместителем Госсекретаря США Узрой Зеей. 

Американская сторона заверила в готовности оказать полную, всеобъемлющую поддержку проводимым реформам в сфере защиты прав женщин, свободы СМИ и слова, а также в усилении потенциала  гражданского общества и ННО.
Bugun Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Teri Xakala boshchiligidagi YI delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdik.

Muloqot chogʻida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish rejalari muhokama qilindi. Xususan, transport aloqalari, madaniy almashinuvlar, taʼlim, ayollar huquqlarini himoya qilish mavzulariga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, afg‘onistonlik ayollarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
-

Сегодня мы провели встречу с делегацией ЕС во главе со специальным представителем Евросоюза по Центральной Азии Тери Хакалой.
 
Мы обсудили дальнейшее расширение сотрудничества между Центральной Азией и Евросоюзом, особенно в сфере укрепления транспортной взаимосвязанности, культурных обменов, образования, прав женщин. Отдельное внимание было уделено вопросам сотрудничества в оказании помощи афганским женщинам.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har safar may oyida Jizzaxdagi litseyda o‘qigan yillarim, u yerdagi so‘nggi qo‘ng‘iroq esimga tushadi. Guruh rahbarimiz Zuhra Ziyatovna Yaxshiyevani ko‘rgim kelaveradi. Bu yil niyatimga yetdim – jonajon litseyimga bordim, ustozim bilan ko‘rishdim.

Rosa sog‘ingan ekanman, maza qilib gaplashdik, litseyda o‘qigan yillarimni xotirladik, eski rasmlarni tomosha qildik. Litseyimiz hozir maktabga aylantirilibdi. Qadrdon dargohga kirib, sinfxonalarni aylanib, yana talabalik yillarimga – oltin davrimga qaytib qolganday bo‘ldim. Eng shirin xotiralarim uyg‘ondi.

Hayotda o‘z o‘rnimizni topishga yordam bergan insonlar bilan, ustozlar bilan tez-tez ko‘rishib turish, unutilmas voqealarni eslashib turish kerak ekan. Bu yilgi uchrashuvda shu narsa rosa sezildi.

-

Конец мая всегда на меня навевает воспоминания о лицее в родном Джизаке, о «Последнем звонке», и хочется снова увидеть моего любимого куратора Зухру Зиятовну Яхшиеву. И в этом году мне это удалось.

Мы встретились и тепло пообщались, вспомнили наши лицейские годы, посмотрели архивные фотографии и даже сходили в бывший лицей, который теперь стал школой. Было приятно вернуться в эти стены, полные воспоминаний.

Эта встреча напомнила мне, как важно поддерживать общение с людьми, которые сыграли значимую роль в нашей жизни, и как ценно делиться с ними радостными моментами и переживаниями.
Bugun O‘zbekistonning barcha maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangladi.

Barcha ustozlar va o‘quvchilarni o‘quv yilining yakuni bilan tabriklayman! Katta hayot ostonasida turgan bitiruvchilarga omad tilayman.

Har bir shogirdining yorqin kelajagi uchun beqiyos hissa qo'shayotgan o‘qituvchi va murabbiylarga chin yurakdan minnatdorchilik bildiraman. Sizning mehnatingiz qanot bag‘ishlaydi!

-
Сегодня во всех школах Узбекистана прозвенел последний звонок.

Поздравляю учителей и учеников с окончанием учебного года! Желаю выпускникам успехов на новом жизненном этапе.

От всего сердца благодарю учителей и наставников за их неоценимый вклад в будущее каждого ученика. Ваш труд вдохновляет!
2024/05/30 01:35:44
Back to Top
HTML Embed Code: