Telegram Group Search
Yangi Andijon stansiyasida temir yo‘l xavfsizligi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari M.M.Mirqurbonov, Qo‘qon MTU filiali boshlig‘i o‘rinbosari K.B. Ahmadjonov hamda Andijon viloyati Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i R. Abrorov tomonidan Yangi Andijon stansiyasida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Andijon mintaqasida joylashgan stansiyalar rahbarlari va ishchi-xodimlari, PCH, ShCH, ECH, TCH korxonalari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, Andijon viloyati TXTB xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida temir yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish va sohadagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
👍👍👍👍👍👍👍👍

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ bosh muhandisi SH.T.Kadirovning topshirigʻiga asosan Qoʻqon MTU filiali boshligʻi B.P.Milladjanov, “Hyundai Rotem" kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda "Toshkent-Andijon" yo‘nalishidagi uchastkani ko‘zdan kechirish hamda elektropoyezdlarga tashqi muhit taʼsirini o‘rganish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

🌐railwayinfra.uz 🚀Telegram  🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍👍👍👍

Sizning mehnatingiz – biz uchun ibrat!

Qo‘qon lokomotiv deposida uzoq yillar fidokorona xizmat qilgan 22 nafar mehnatkash xodim tantanali tarzda nafaqaga kuzatildi. Tadbir Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli bosh muhandisi U.R.Majidov, Qo‘qon MTU kasaba uyushmasi hududiy qo‘mitasi raisi M.M.Mirhamzayev hamda Qoʻqon lokomotiv deposi boshligʻi M.M.Salimov rahbarligida, ishchi-xodimlar ishtirokida o‘tkazildi.

Uzoq yillar davomida temir yo‘l sohasi ravnaqi uchun samarali mehnat qilgan fidoyi xodimlarga chuqur minnatdorlik bildirilib, ularning har biriga esdalik sovgʻalari topshirildi. Tadbir davomida ularning faoliyati yuksak e’tirof etildi, qadr-qimmatlari alohida ta’kidlandi.

Bu insonlarning halol mehnati, tajriba va sadoqati yosh avlod uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Ularning har biri temir yo‘l tizimining yuksalishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.
Fidokorona mehnatingiz uchun rahmat!

🌐railwayinfra.uz 🚀Telegram  🔵Facebook 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma 💬

🚉Temir yo'l kasb kiyimini mavsum bo'yicha kiyish qoidasi.

🗓 Muddat: 1-iyundan 1-sentyabrga qadar.

Telegram | Instagram
2025/05/31 17:46:56
Back to Top
HTML Embed Code: