Telegram Group Search
Talabalar uchun oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi
————
Andijon viloyati IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati guruhi xodimlari tomonidan Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan talabalarga yo'l-transport hodisalarini oldini olish va ularni sodir bo'lish sabablari yuzasidan o’quv mashg'uloti o'tkazildi.

Mashg'ulot davomida viloyat hududida sodir bo'lgan YTHlarining videoroliklari namoyish etilib, yo'l harakati xavfsizligi sohasida olib borilayotgan islohotlar va yangiliklar talabalarga yaqindan yetkazildi.

Tadbir soʻngida talabalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon hamda Izboskan tumanlarining IIB xodimlari uchun tasdiqlangan reja dasturga asosan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
—————
Joriy yilning 25-mart kuni
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti hamda Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti rahbariyati huzurida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon hamda Izboskan tumanlarining IIB xodimlari uchun tasdiqlangan reja dasturga asosan o‘quv mashgʻulotlari tashkil etildi.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
#Тезкор_хабар

Кучли ёмғирлар кутилмоқда
—————
Жорий йилнинг 16-17 апрель кунлари кутилаётган кучли ёмғир ёғиши сабабли, вилоятимизнинг тоғ олди ва тоғли ҳудудлари саналган Андижон, Асака, Жалақудуқ, Қўрғонтепа, Пахтаобод, Избоскан, Хўжаобод ва Марҳамат туманлари ҳамда Хонобод шаҳрида сел-сув тошқинлари юзага келиши мумкин.

Тоғ олди ва тоғли ҳудудларда истиқомат қилувчи аҳолини, дам олувчиларни ҳамда тоғли ҳудудларда ҳаракатланувчи ҳайдовчиларни эҳтиёткорлик чораларини кўришга чақирамиз!

Вилоятимиз ҳудуди бўйича ёмғир сувлари тўпланиши эҳтимоли мавжуд бўлиб, бу ҳудудларни сув босишига олиб келиши мумкин.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Shahrixon, Baliqchi hamda Ulug‘nor tumanlarining IIB xodimlari uchun tasdiqlangan reja dasturga asosan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi
—————
Joriy yilning 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti hamda Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti rahbariyati huzurida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 15-aprel kuni Shahrixon, Baliqchi hamda Ulug‘nor tumanlarining IIB xodimlari uchun tasdiqlangan reja dasturga asosan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida xodimlarning jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish, ular o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda tizimga munosib nomzodlarni tanlab olish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga asosiy eʼtibor qaratildi.

Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
2024/04/16 05:47:26
Back to Top
HTML Embed Code: