Telegram Group & Telegram Channel
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarga Turizm qo‘mitasi tomonidan rasmiy munosabat

Turizm qo‘mitasi huzuridagi Milliy PR markazining “Uzbekistan.travel” veb-portalida joylashtirilgan “Bayram va tadbirlar taqvim-katalogi”da joriy yilning 23-26 may kunlari Xalqaro “Ipak va ziravorlar” festivali bo‘lib o‘tishi ko‘rsatilgan.

2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qaroriga muvofiq, 2023-yil iyunda “Ipak va ziravorlar” festivali tadbirini tashkil etish belgilangan.

Shu bilan birgalikda, 2021-yil 29-apreldagi “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-5098-son qaroriga binoan 2022-yildan boshlab har ikki yilda may oyida Buxoro shahrida “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali” tadbirini o‘tkazilishi belgilangan.

Yuqorida keltirilgan qarorlar bilan 2023-yil 16-18-iyun kunlari Buxoro shahrida “Ipak va ziravorlar” festivali o‘tkazilganligi sababli, joriy yil 3-5-may kunlari “Zardo‘zlik va zargarlik festivali” tashkil etildi.

Shundan kelib chiqib, ushbu ikkita festival har yili bir-birining o‘rnini almashtirgan holda, “Ipak va ziravorlar” festivali kelgusi 2025-yil may oyida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Mazkur festival qoldirilgan bo‘lib, biroq “Uzbekistan.travel” veb-portalida o‘zgarish haqida ma’lum qilinmaganini bildiramiz.

Ushbu holatning yuzaga kelishi sabablari ichki tekshiruv bilan o‘rganilmoqda va mas’ul хodimlarga tegishli chora ko‘rilishini ma’lum qilamiz.

Turizm qo‘mitasi ushbu tadbir bilan bog‘lab sayohatini tashkil qilgan turistlardan tug‘dirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raydi.

Mazkur veb-portalga tez orada yangilangan taqvim-katalog kiritilishini ma’lum qilamiz.

Facebook |Instagram |YouTube

tg-me.com/uzbektourismofficial/13386
Create:
Last Update:

BY Uzbektourism.uz

Share with your friend now:
tg-me.com/uzbektourismofficial/13386

View MORE
Open in Telegram

Uzbektourism uz Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Telegram Gives Up On Crypto Blockchain Project

Durov said on his Telegram channel today that the two and a half year blockchain and crypto project has been put to sleep. Ironically, after leaving Russia because the government wanted his encryption keys to his social media firm, Durov’s cryptocurrency idea lost steam because of a U.S. court. “The technology we created allowed for an open, free, decentralized exchange of value and ideas. TON had the potential to revolutionize how people store and transfer funds and information,” he wrote on his channel. “Unfortunately, a U.S. court stopped TON from happening.”

Tata Power whose core business is to generate, transmit and distribute electricity has made no money to investors in the last one decade. That is a big blunder considering it is one of the largest power generation companies in the country. One of the reasons is the company's huge debt levels which stood at ₹43,559 crore at the end of March 2021 compared to the company’s market capitalisation of ₹44,447 crore.

Uzbektourism uz from us

Telegram Uzbektourism.uz
FROM USA