tg-me.com/TheAliBlog/880
Last Update:
Zelenskiy o'ynagan "Sluga Naroda" serialini 1-mavsumini ko'rib tugattim. Serialni ko'rib kayf qilib o'tirish kerak ekan xullas) Siyosiy o'yinlardan uzoq bo'lgan oddiy tarix o'qituvchisi prezidentlik saylovida yutib chiqib, hukumatda juda katta o'zgarishlar qiladi. Serial shunday ishlanganki, qilingan o'zgarishlar huddi o'zimizni davlatda yuzberayotgandek xursand bo'lib ketasiz, a serial tugaganidan keyin esa, real hayot sizga og'irlik qilib ketadi)
Aytishlaricha, Zelenskiyni prezidentlik saylovida g'olib bo'lishida shu serialni ham anchagina hissasi bormish. Qiziq, a? Oldiniga serialda Ukraina prezidenti bo'ladi, 1-2 yil o'tib haqiqiy hayotda shunaqa bo'ladi) Lekin haqiqiy hayotda ham serialdagidek o'zgarishlar qildimi-yo'qmi, aniq bilmayman, jaa izlanib ko'rganim yo'q.
Qisqasi, serialni ko'rishni tavsiya qilaman. O'zbekcha dublyajda 10 qism chiqqan ekan xolos. Aslida esa, 1-mavsum 23 qismdan iborat va umumiy 3ta mavsum bor ekan.
@TheAliBlog
BY Ali. Blog
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/TheAliBlog/880