Telegram Group & Telegram Channel
Juniorlarda ko‘p uchraydigan xatolar

[2-qism] (boshi avvalgi postda)

4. Hujjatlar havola qilinish uchun mavjud.

Yangi dasturlarga kirganlar yoki junior dasturchilarda ajoyib fikr bor. Ular hujjatlarga havola qilish yoki Googledan narsa qidirishni zaiflik deb bilishadi.

Bizning sohada izlamasdan, yoki bajargan ishingizda biror havola (link) qo‘ymasdan ishlab bo‘ladimi? Bugun yozgan kodingizni ertaga ko‘rsangiz, asabiy bo‘lib o‘tirasiz-ku axir.

Hujjatlarga havolar qiling. Ertaga hamkasbingiz bilan ishlaganda, har yarim soatda oldiga borib, "bu qanaqa edi?", "bunisini nima qilgan edik, eslatvor" deb so‘roqqa tutishgan ko‘ra, bir marta ko‘rsatib berilganida izoh yozib qo‘yish, topgan maqolangiz havolasini ko‘rsatish vaqt tejaydi, ish unumli bo‘ladi.

Tavsiya: Googledan narsa izlashga uyalmang. Foydali manbalarni saqlab qo‘ying. Kodingiz yonida (ReadME) foydalangan havolalar ro‘yxatini yig‘ib yursangiz bo‘ladi.

5. Ishlatadigan ish qurolini bilmaslik.

Barcha dasturchilar, shu jumladan junior dasturchilar, kod yozish uchun IDE (ish quroli)ni ishlatishadi. Ammo uni yaxshi bilmaslik, yoki barcha imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanmaslik ish unumdorligiga salbiy ta’sir qiladi.

Ish qurolining ba’zi imkoniyatlarini ko‘rib chiqsak:

Debugging (yurib chiqish):
* kod qatorlarida harakatlanish, o‘zgaruvchilar qiymatlarini tekshirish, shartli va shartsiz to‘xtash tugunlarini yasash, o‘zgaruvchilarni kuzatish va stack zanjirini ko‘rish.
* Console.log ni ishlatish hech qachon yetarli emas.

Profiling (resurs monitoringi)
* kompyuter resurslarining asosiy tushunchalaridan xabardor bo‘lish
CPU ko‘p ishlatadigan kodni topish va tuzatish
Xotiradan ko‘p foydalanishni oldini olish (memory leak)

Qurish (Build) jarayoni
* turli build sozlamalarini ishlata olish (Debug, Release versiyalar)
* Turli qurilmalar uchun yasash (web, desktop, mobile)

Sinov ish qurollari (Testing)
* Unit test - qanday qilib ishlatish va hisobot olish
* kodning qaysi qismlari sinovdan o‘tganini aniqlay olish (code coverage)

Kod uslubi (code style)
* Formatting - IDE larda tayyor formatlash imkoniyati bor (andozaga solish), shuni doim ishlatib turish
* korxona kod uslubi (corporate code style) ga moslab andozaga solish (format). Shunga git formatlash bilan to‘lib qolmaydi.

Tavsiya: Ishlatadigan ish qurolingizni yaxshilab o‘rganing. Har hafta 2-3 ta yangi imkoniyatini o‘rganish orqali 1 yilda to‘liq o‘rganib olasiz. Boshqa dasturchilardan ular ishlatadigan ish qurollarini so‘rang.

Bu kabi hayotda ko‘p uchraydigan kamchiliklar doim bo‘ladi. 20-30 yil oldin ham bor edi, hali kelajakda ham ancha vaqt davom etsa kerak. Chunki hammamiz insonmiz.

Ammo, savol berish, xatolar ustida ishlash, yangilikka qiziqish bu kamchiliklar oldimi oladi. Shaxsiy rivojlanishimizga yordam beradi.

Shunday ekan, uyalmay izlaning.

Izoh:
Repo - repository. Version control’da saqlanadigan joy nomi. Siz yozgan kodlaringiz yashaydigan shahar.
Force-push - gitga ma’lumot yuklash vaqtida xatolik yuz berganida, barcha boshqalarning o‘zgarishlarini inkor qilib, sizning kodni gitga yuklash.
SVN - Subversion. git chiqishidan avvalroq muomalada bo‘lgan version control dasturi.
IDE - Integrated Development Environment, kod yozish muhiti.

16.01.2025 London
@DrAlgorithm
👍44🔥542

tg-me.com/DrAlgorithm/802
Create:
Last Update:

BY Dr. Algorithm

Share with your friend now:
tg-me.com/DrAlgorithm/802

View MORE
Open in Telegram

Dr Algorithm Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

The SSE was the first modern stock exchange to open in China, with trading commencing in 1990. It has now grown to become the largest stock exchange in Asia and the third-largest in the world by market capitalization, which stood at RMB 50.6 trillion (US$7.8 trillion) as of September 2021. Stocks (both A-shares and B-shares), bonds, funds, and derivatives are traded on the exchange. The SEE has two trading boards, the Main Board and the Science and Technology Innovation Board, the latter more commonly known as the STAR Market. The Main Board mainly hosts large, well-established Chinese companies and lists both A-shares and B-shares.

What is Secret Chats of Telegram

Secret Chats are one of the service’s additional security features; it allows messages to be sent with client-to-client encryption. This setup means that, unlike regular messages, these secret messages can only be accessed from the device’s that initiated and accepted the chat. Additionally, Telegram notes that secret chats leave no trace on the company’s services and offer a self-destruct timer.

Dr Algorithm from us

Telegram Dr. Algorithm
FROM USA