Telegram Group Search
Dasturchining 1 kuni haqida qisqacha😄

Meetinglarsiz kun o’tmaydiye)

@nurmukhamedoff_dev
IT(ayti) da tilni ahamiyati haqida

Bugun men IT mutaxassislarining ingliz tilini bilishi masalasini muhokama qilmoqchiman. Ko'pincha ingliz tilini bilish ma'lum IT lavozimlariga qo'yiladigan talablarda ko'rinadi va ishga yo’llovchilar, hatto talablar bo'lmasa ham, ko'pincha tilni biladigan mutaxassislarga ustunlik berishadi. Xo'sh, nima uchun bu juda muhim, keling, bunga aniqlik kiritaylik.

Birinchidan, bu sizning dunyoga kirish chiptangiz, ya'ni siz ishlashingiz mumkin bo'lgan kompaniyalar soni mintaqaviy miqyosdan global darajaga oshadi. Koronavirus biznes egalarini mutaxassis masofadan turib juda samarali ishlashi mumkinligiga qat'iy ishontirdi.

Ikkinchidan, bu global bilimlarga kirish uchun yo’l. Qaysi sohada ishlamasligingizdan yoki martabangiz oshishini rejalashtirganingizdan qat'i nazar, u dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, loyiha boshqaruvi yoki bulutli texnologiyalar - texnik hujjatlarning aksariyati, dasturchilar uchun resurslar va onlayn o'quv kurslari ko’p xolatlarda ingliz tilida. Shuning uchun, kimdir sizning sohangizdagi eng so'nggi yangiliklarni tarjima qilishini va siz uchun onlayn joylashtirishini kutmaslik uchun tilni bilishingiz yaxshiroqdir. Asl manbadan ma'lumot olish uchun ingliz tilini o'rganing. Siz uchun muhim bo'lgan ba'zi manba ma'lumotlari tarjimada yo'q bo’lishi  mumkinligini doimo yodda tutish kerak.

Uchinchidan, mening fikrimcha, kasbda sifatli va tez o'sish uchun IT olomonining bir qismi bo'lish va afzalroq xalqaro miqyosda bo'lish juda muhimdir. Eng yirik va nufuzli IT konferentsiyalari, hakathonlari va vebinarlari ingliz tilida o'tkaziladi. Bunday tadbirlarda ishtirok etish tarmoq (professional tanishlar tarmog'i)ni sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi.

Siz IT sohasida ingliz tilini bilishning afzalliklarini deyarli cheksiz qo'shishingiz mumkin: ingliz tilida to'ldirilgan Linkedin profili va ushbu mahoratni ko'rsatuvchi, agar siz stekda yetarli tajribaga ega bo'lsangiz, butun dunyodan ko'proq HR menejerlarni jalb qiladi; Stack Overflow va GitHub platformalari ko'plab forumlarda kod muammolarini muhokama qilish imkonini beradi va mavzularning aksariyati ingliz tilida.

Shunday qilib, agar siz IT sohasida rivojlanishni rejalashtirmoqchi bo'lsangiz, unda asosiy ko'nikmalar va shaxsiy fazilatlarni yaxshilashdan tashqari, kamida bitta chet tilini o'rganishingiz kerak va ingliz tilidan boshlaganingiz ma'qul.

@nurmukhamedoff_dev

Manba: Linkedin
Moslashuvchan (Flexible) bo'lish haqida

Avvallari (4-5 yil avval nazarda tutilmoqda) ma'lum bitta texnologiyani yaxshi bilib karyera boshlab olsa bo'lar edi. Masalan Frontend dasturchidan HTML, CSS, Javascript, React yoki Vue yoki Angular va bitta UI kutubxonani bilishni o'zi bilan ko'plab ish joylarga topshirib ko'rsa bo'lar edi. Xattoki Javascriptni yaxshi bilsangiz sizdan library yoki frameworkni chuqur bilish talab etilmas edi. O'zim ham birinchi ish joyimga Reactni yaxshi bilmasdan turib ishga kirganman va qolganini ish jarayonida o'rganib ketganman. Hozirchi, hozirda kundan kunga yangi texnologiya chiqib kelyapti, yangilanishlar, texnologiyalarning versiyalari tez yangilanyapti, yangi hususiyatlar tez qo'shilib borilmoqda. Atigi 3-4 yil avvalgi talab qilingan texnologiyalarni o'zini bilish endi yetarli emas. Endi sizdan yuqoridagilardan tashqari yana bir qancha texnologiyalarni bilish talab etiladi. Eng muhim tomoni esa siz endi bularni o'zi bilan ham cheklanib qolmasligingiz kerak. Doimiy yangilanishlar bilan birga siz ham o'z bilimingizni yangilab borishingiz talab etiladi. Bundan tashqari endi sizlarni raqobatchilaringiz ham ko'p, 3-4 yil avval Reactni yaxshi biladigan dasturchilar O'zbekistondan hozirgichalik ko'p emas edi, hozir esa ko'p shu sabab ishga talab ham va talabgorlar ham oshgan. Menimcha endi faqat bitta texnologiyani bilib tezda ish topish masalasi oldingichalik oson bo'lmasa kerak.

Yechim nima?

Menimcha endi faqat bitta texnologiyaga yopishib olishni o'zi bilan ish bitmasa kerak, o'zingizni qamrovingizni kengaytirish uchun bilimni ham menimcha kengaytirish kerak. Misol uchun Reactni bilasiz, 2-3 oy ish chiqmayaptimi, boshqa texnologiyalarni o'rganing, axir Frontend faqat Reactdan iborat emasku to'g'rimi? Bundan maqsad nima siz ko'proq bozorlarga kirib bora olasiz. Ko'proq kompaniyalarga o'z xizmatingizni taklif qila olasiz.

Shuyerda endi lekin degan joyi bor, sizda stack bo'yicha darajangiz o'sishi sekin ketadi, sababi siz Reactda middle bo'lsangizu lekin yangi ish joyiga umuman yangi texnologiya bilan ishga qabul qilinsangiz siz yana boshidan boshlaysiz degani. Sabr qilib 4-5 yilda 2-3 hil texnologiyalarda yaxshi tajriba qilib olsangiz, uyog'iga menimcha qiynalmaysiz.

Bularning barchasi uchun siz moslashuvchan bo'lishingiz kerak, bitta texnologiyani ushlab olib faqat shunda yozaman boshqasi kerak emas menga desangiz, qiynalib qolishingiz mumkin menimcha.

Disclamier: Bularni hammasi shaxsiy fikrlarim, hozir aynan shunaqa bo'lishingiz shart degani emas).

@nurmukhamedoff_dev
Forwarded from R4Y🍉
CAREER VISION

I see a lot of software engineers are trying to reach FAANG companies. While the reasons might be understandable, I want to ask 1 question.

Do we really want it OURSELVES or we just think we HAVE to do it to succeed?
If you have a clear vision, that's totally okay. But if you feel lost...

Finding our niche in software development is crucial, I say. That's what makes us stand out in a big crowd.
Just analyze yourself. What is your strongest side in SWD?
- Are you good at working with audio/video?
- Do you have some experience in building complex data visualizations?
- Do you know a particular framework better than your peers?
- Do you have enough expertise in building ecommerce platforms?

Whatever it is, working on that areas and gaining more experience makes us special.

Let's not blindly follow dreams of someone else.
Let's find that mole which makes us unique in our field.

#morning_thougts
Azizbek dan o’qib fikr yuritish uchun “karyera qilish haqida” yaxshi post bo’libdi. Ingliz tilini yaxshi biladiganlar, bilmaydiganlar uchun shu post ostida tarjimasini qoldirsa bo’ladi.

@nurmukhamedoff_dev
Simplicity is a key of success

Kecha ish jarayonida qiziq bitta task ustida ishlab qoldim, yechimi uchun 2 soatcha o’ylandim, 1 soat esa yechimni amalga oshirish uchun ketdi tahmiman.

Task detallari quyidagicha edi:

- Collection pagedagi paginationni “Load More” funksionalikga o’tkazish

- Birinchi renderda “Product List” 46, “Load More“ bosilganda esa 48 ta productni DOM ga parse qilib borish.
Tushunarli bo'lishi uchun postni davomini quyidagi linkda o'qing, rasmlari bilan keltirilgan.
https://telegra.ph/Simplicity-is-a-key-of-success-12-07

@nurmukhamedoff_dev
2023 yilda postlar kam yozdim, ko’proq e’tibor ishda bo’ldi. Shu sabab bo’lsa kerak kanal statistikasi yaxshi emas, kanal asosan nima haqidaligini ham aniqlab bera olmadi)

2024 da kontentni yana kuchaytirish niyatidaman In Sha Alloh.


@nurmukhamedoff_dev
2023 ancha voqealarga boy bo’ldi, quvonchli vaqtlar ham, qayg’uli damlar ham bo’ldi.
2023 yilda:
1. 40 ga yaqin shogirdlar chiqardim.
2. Xalqaro kompaniyaga ishga kirdim.
3. Universitetni yakunladim.
https://www.tg-me.com/MRnurmukhamedov/s/3
Ushbu storisda menda 2023 qanday o’tganligi haqida qisqacha tanishishingiz mumkin.

2024 yil uchun rejalar:

1. Dasturchi sifatida o’sish.
2. Backend texnologiyalar o’rganish.
3. Telegram va You Tube kanallarni qayta rivojlantirish, You-Tube da video darslarni davom ettirish, telegramda foydali postlarni ko’proq yozish.
4. Chet davlatiga sayohat, kamida 1 marotaba.

@nurmukhamedoff_dev
Forwarded from Khumoyun Codes
⚠️ QALLOBLARGA ALDANIB QOLMANG!!! ⚠️

Hali ham Asror Zokirov ismli shaxsning qarmog'iga ilinib chuv tushib yurganlar bor ekan. 20-yanvar kuni TUIT kanalida yozilgan xabarlarni jo'natib qolishdi. 22 yoshli onasi xasta bir yigitimiz, pul to'lab tajriba olaman deb "stajirovka"ga Zokirovning "ABCSDEFGHIJKLMNOPQRSTUVXYZ"Soft degan kompaniyalaridan biriga 400 ming so'mni amallab topib ishga kirib, aldanib qolibdi. Ushbu link TUIT Online kanalida to'liq xabarni o'qishingiz mumkin: https://www.tg-me.com/tuit_online/18656

Asror haqida, ko'p kanallarda ko'p postlar yozilgan, uning hiylalari orqali ko'p insonlar aldangan, gap tushuntirib bo'lmas bu chala dasturchi qarmog'iga tushib qolmasligi uchun necha yildan beri ko'p kanallar egasi bilan harakat qilib kelamiz. 2018-yilda OKS Technologies kompaniyasida ishlayotgan paytimda, ensklopediyadek varoqlari ko'p rezyumesini opkelib ishga kirgan Asrorni kompaniyadan quvilishiga ham sababchi bo'lgan edim. Muhammadjavohir akani "U" bilan tortishuvlarini esa alohida kitob qilib yozsa bo'ladi. Soxada 4-5 yildan beri yurganlar bu nomni biladi va hardoim qolganlarni ogohlantiradi, bilmay qolganlar esa hali ham talaygina ekan.

Do'stlar shu va shunday qalloblarga aldanib qolmaslik uchun quyidagi narsalarni qiling:

1. Hech qachon SIZ pul to'lab "stajirovkaga" bormang! Bunday narsa bo'lmagan va aldamchi yo'l, undan ko'ra amallab birovni ishini tekinga qilib bo'lsa ham tajriba orttiring, Ustoz-Shogird kabi kanallarda, ishchi yoki sherik qidirayotganlar talaygina. Asli tog'ri holatda "stajer" bo'lsa ham unga kompaniya pul to'lashi kerak, aksincha emas. Lekin bizda, ba'zi bir chala dasturchilar ochgan kompaniyalarda pul ber - tajriba ol mantig'i bilan, "bizness" qilishyabdi.
2. Tajribani o'zingiz, kichik loyiha qilib bo'lsa ham, tekin API lardan foydalanib, o'zingiz oling.
3. Hardoim biron bir xujjatga qo'l qo'ymasdan oldin, uni o'qib chiqing, xujjat nima haqida, sizga qanday talablar bor, sizga qanday jarimalar bor, siz nima qilishga majbur qilinasiz. Barcha punktlarni sinchkovlik bilan tekshirib chiqing.
4. Agar ja kompaniyada pul to'lab ishlamasam, tajriba orttira olmayman desangiz va oilangizni rizqini qalloblarga oborib bermasdan oldin, dasturchilar guruhlarida, ko'proq tajribaga ega, oz-ko'pni ko'rgan dasturchilardan so'rang. Mana bu X kompaniya/shaxs dan mana bunday taklif bo'lyapti, bu haqida bilganlar o'qiganlar, eshitganlar, sotib olganlar bormi, nima deysizlar deng. Ja bo'lmasa, shu o'zimizning kanal guruhiga yozing. Albatta boshidan o'tkazgan yoki eshitgan, ko'zi ochilgan insonlar chiqib keladi.
5. Agar umuman Asror Zokirov ismli shaxs haqida kompaniya yo taklifda yozilgan bo'lsa, betiga qaramay qoching.

Bu ma'lumotlar boshqalarga ham yetib borish uchun, o'z kanallaringizda tarqating. Aldanib qolmang!!!

@khumoyun_codes
Forwarded from Ayyubxon Fargʻoniy | 0.1x engineer (Ayyubxon ⚛️)
Ish topish uchun shu vaqtgacha oʻrgangan bir nechta saboqlarim:

1. Oʻz yoʻnalishingizda koʻproq tanishlar orttiring, yaxshi vakansiyalar ommaga chiqmasidan tanishlar orasida "yopilib ketadi".
2. Bilishingizni boshqalarga ham bildiring, bilimli boʻlsangiz-u soyada yursangiz befoyda, yaxshi tovar rejlamaga muhtoj emas degan tushuncha safsata.
3. Bilimlaringizni boshqalarga ulashing.
4. Linkedinda, tech Twitterda aktiv boʻling.
5. Yoʻnalishingizga oid guruhlarda boʻling, boshqalarga foydangiz tegsin.
6. Til bilishga qattiq eʼtibor qarating.
7. Fundamentlar mustahkam boʻlsin.
8. Chiroyli muomala qiling.
9. Doim yoʻnalishingizdagi muhim yangiliklarni kuzatib boring.
10. Rizqingiz haqida haddan ortiq qaygʻurmang, u yozib qoʻyilgan, sabablarni yaxshi ushlasak boʻldi.
Ohirgi vaqtlar kanal asosan “forward kanal” bo’lib qoldi. Content qilishni reja qila olmayapman. Nimadan boshlashni bilmayapman.
Frontend dan nimalarni o’rganish qiziq siz uchun commentlarda yozing.
Texnologiyalar: CSS, JS, React, Next.js, Shopify, Typescript, Redux toolkit.

@nurmukhamedoff_dev
Bismillah

Kanal aktivligini qaytarishni kichik challenglar bilan boshlamoqchiman.
Ya'ni har kunlik ishda duch kelgan muammolar ichidan birortasini tanlab olaman va uning yechimini yozib ketaman. Agar muammo yo'q bo'lsa siz obunachilar orasidan birorta challange tanlab olinib uni yechimi yozib boriladi. Hozircha faqat post ko'rinishda, keyinchalik you-tubega qisqa videolar.

#challange1

1. "HELLO WORLD" nomli contentimiz bor biz uni "Hello World" ga o'girishimiz kerak bo'ladi. Ha ko'rinishidan judda oddiy va sodda challange text-transform: capitalize ni o'zi bilan hal qilsa bo'ladi deb o'ylayotgan bo'lsangiz adashasiz. Agar contentni harflari by default katta bo'lsa capitalize ishlamaydi sababi, capitalize so'zning faqat birinchi harflarini tekshiradi.
Ya'ni so'zning hamma harfini tekshirib, birinchi harfini katta o'girib, qolganlarini kichik harfa o'girib chiqmas ekan. Shunchaki so'zni birinchi harflarini qarab chiqar ekan holos.
Manba
Yechim:

Contentni DOM ga chiqishidan avval "lowercase" ga o'girib qo'yish.
Manba

@nurmukhamedoff_dev
Forwarded from R4Y🍉
Overscroll behavior yordamida aynaltirishlar zanjiri(scroll chaining)ni oldini olish

CSSda overscroll-behavior property scroll qilish konteyner chegarasiga yetganda brauzerda nima sodir bo'lishini sozlashga yordam beradi.

Ushbu property qiymatiga contain berilsa, scroll-chaining (ya'ni ichki konteyner elementda oxirgacha scroll qilinganda, tashqi konteynerdagi scroll ishlab ketish) effekti sodir bo'lishini oldini oladi.
Aytaylik, saytda sidebar bor. Sidebarda oxirigacha scroll qilinganda asosiy kontentdagi scroll ishlab ketishi mumkin. Buni oldini olish uchun ovescroll-behavior: contain CSS kodni yozamiz.

Bundan tashqari, overscroll-behavior brauzerdagi native navigatsiyani, ya'ni pull-to-refresh yoki Chrome'dagi swipe back kabi navigatsiyalarni o'chirishga yordam beradi.

Batafsil:
https://developer.mozilla.org/en-US/docs/Web/CSS/overscroll-behavior
https://css-tricks.com/almanac/properties/o/overscroll-behavior/
https://ishadeed.com/article/prevent-scroll-chaining-overscroll-behavior/

#css
Forwarded from Vector IT Academy
Siz Node.js dasturchimisiz? 💭

Unda ushbu kurs aynan siz uchun. 🫵

O'z sohangizni qiyin qismlarini chuqurroq o’rganib, haqiqiy professional bo'lish uchun ochilgan noyob imkoniyat.

O'zbekistonda ilk bora, O'zbek tilida, barchaga qulay “jonline”(jonli va online) tarzida, “Node.js Advanced" kursi boshlanish arafasida. Siz esa ushbu kursda qatnashish imkoniyatiga egasiz.

Kurs taqdimotiga oz qoldi.

Taqdimotga qo’shilish uchun kanal: @nodejs_advanced

Vector IT Academy” - Bizga qo'shiling, tajribalilardan bo'ling.
Ramazon oyi barchamizga muborak bo'lsin! Bu ramazon oyi barchamizga barakotli kelsin

@nurmukhamedoff_dev
2025/05/13 06:01:33
Back to Top
HTML Embed Code: