Warning: mkdir(): No space left on device in /var/www/tg-me/post.php on line 37

Warning: file_put_contents(aCache/aDaily/post/Ochopat_Book/--): Failed to open stream: No such file or directory in /var/www/tg-me/post.php on line 50
Ochopat_Book | Telegram Webview: Ochopat_Book/6786 -
Telegram Group & Telegram Channel
#Taqriz

Hikoya nasrning kichik janri. Ammo men shunday hikoyalarni bilamanki, 400-500 betli qissa va romanlarni "joyiga o'tirgizadi".
Hajm o'lchami hikoyaning ma'no va mohiyat ko'lamiga soya solmasligi kerak. Hikoyada adabiy mezonlarni, asar tili, kompozitsiyasi, badiiy obrazlar, voqeani badiiy idrok qilish yaxshi tasvirlangan bo'lsa, hajm kichikligi o'z ahamiyatini yo'qotadi. Umuman olganda, men shunday fikrdaman.
Hikoyachilik Abdulla Qodiriy va Cho'lponlar davridan boshlangan bo'lsa, keyinchalik Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Shukur Xolmirzayev, O'tkir Hoshimov va boshqa atoqli yozuvchilarning hikoyalari bilan yanada takomillashib bordi. O'tgan asrning 80-yillaridagi nasrda esa yangilanish borligi bilinadi. Yangi avlod yozuvchilari voqelikni boshqacha rakursda ko'rsatish, fikrni asar tagmatniga berkitish, o'quvchini obrazli tafakkurga chorlash bilan nasrga yangicha ob-havo olib kirishga harakat boshlashgan.
Olim Otaxon, Nurilla Otaxonov, Shodiqul Hamro, Nodir Normatov va eng muhimi Nazar Eshonqul aynan shunday ijodkorlar safining old o'rinlaridadir.

Nazar Eshonqul hikoyalarini sof modern ruhda yozilgani, ong ostida kechayotgan jarayonni badiiy idrok etishga yo'naltirilgan kompozitsiya asosida qurilgani uchun ham yaxshi ko'raman. Yana bir yoqqan tomoni, u 'quvchini hech narsaga majburlamaydi. Xohlaganicha tushunsin qabilida...

"Og'riq mahkumlar uchun saodat edi. Mahkumlar qanchalik azob chеkishsa, shunchalik zavqlanishar va og'riq lazzatiga har mahal tashna turishar, og'riq xumor qilib, tanalarini o'zlari ham yulib-yalqab tashlashardi. Ular og'riq uchun tug'ilgan, og'riq va azobning oliy maqomiga yеtishgan edilar - ularni og'riq va azobdan boshqa holatda tasavvur qilib bo'lmasdi"
"Og'riq lazzati" Nazar Eshonqul.

"Og'riq lazzati" men tushunishga qiynalgan, bittada tushunmaganim uchun o'zimni ayblaganim hikoyadir.
To'g'risi ham-da, ovqatdan lazzatlanish mumkin, xushbo'y hiddan, sevgidan... Ammo og'riq lazzati qanday bo'lishi mumkin? Qo'limga bitta tikan kirsa dunyoni boshimga ko'taraman. Bu hikoyada esa og'riqdan lazzatlanayotgan obrazlar?
Ramziylik! Hamma narsani to'g'ridan to'g'ri tushunaverish kerak, degan qonun qayerdan o'rnashdi hayronman?!
Ramz! Og'riq nimaning ramzi bo'lishi mumkin?!
Bu savolim ham xato. Har bir ijodkor og'riq motivini turli xil ramz sifatida qo'llashi mumkin-ku axir. Turg'unlik yòq. Nazar Eshonqulning aynan nimani nazarda tutgani qiziq!

Mahkumlar dahshatli tarzda qiynoqqa solinayotgan maydonga borib qoldim. Ularning azob lazzatlaridan men qancha hayratda qolsam, ular mazza qilishardi. Nega? Ular o'zi kim?
"Bemor" hikoyasida "Butun jamiyat kasal, bemor", degan xulosa kelib chiqqandi. Bu hikoyada ham shunday! Tasvirlangan mahkumlar − oʻzining yarasiga oʻzi tus sepib, o'zini-o'zi azob-uqubatlarga giriftor qilayotgan jamiyat! Chunki har qanday jamiyat va har qanday tuzum, istaymizmi-yo'qmi, insonni azobga giriftor etadi!

Tomoshabinlar esa – insoniyatni qovurib, bir-biriga gij-gijlab, o'z etini oʻzi yeyishga majbur qilayotgan ayrim insonlar, ya'ni "kattalar".
Boshqa tomondan tahlil qilsam, asardagi maydon - bu dunyo, yashash uchun berilgan umr! Mahkumlar esa- insonlar!
Masalan, mendan "Yashash nima?", deb savol berishsa, "Yashash - bu og'riq", deb javob beraman. Tan oling, yashab azoblanmagan, og'rinmagan inson yòq. Aslida ham, "yashash- og'riq lazzati"- bu Hukmi oliy, ya'ni bani bashar qismatidagi o'zgartirib bo'lmas qonun.
Og'riqlarga chidaysan va saodatmand Kun keladi, degan Ishonch, taqdiri azal...

Xullas, "Ogʻriq lazzati" hikoyasi ham o'quvchi qayta-qayta mutolaa qilib ichki dunyosini boyitishga arziydigan asardir.

P/s Nazar Eshonqul haqida gap ketsa "Maymun yetaklagan odam kim edi?", degan savol o‘zbek adabiyotida o'ttiz yildan beri yechilmay kelayotgani o'ylantiradi...

@Ochopat_book
 
tg-me.com/Ochopat_Book/6786
Create:
Last Update:

BY Ochopat_Book

Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283

Share with your friend now:
tg-me.com/Ochopat_Book/6786

View MORE
Open in Telegram

Ochopat_Book Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Unlimited members in Telegram group now

Telegram has made it easier for its users to communicate, as it has introduced a feature that allows more than 200,000 users in a group chat. However, if the users in a group chat move past 200,000, it changes into "Broadcast Group", but the feature comes with a restriction. Groups with close to 200k members can be converted to a Broadcast Group that allows unlimited members. Only admins can post in Broadcast Groups, but everyone can read along and participate in group Voice Chats," Telegram added.

Traders also expressed uncertainty about the situation with China Evergrande, as the indebted property company has not provided clarification about a key interest payment.In economic news, the Commerce Department reported an unexpected increase in U.S. new home sales in August.Crude oil prices climbed Friday and front-month WTI oil futures contracts saw gains for a fifth straight week amid tighter supplies. West Texas Intermediate Crude oil futures for November rose $0.68 or 0.9 percent at 73.98 a barrel. WTI Crude futures gained 2.8 percent for the week.

Ochopat_Book from us

Telegram Ochopat_Book
FROM USA