#his
Nimadirlar yozish meni ancha yengillashtiradi, ular chiroyli gaplar, buyuk fikrlar bo'lishi shart emas, shunchaki nimadir - men uni "qayt" deyman. Ko'p turli ovqat yeb qo'yganidan keyin yoqmaganini qayt qilib tashlaydi-ku odam, yo'qsa, ichida zaharga aylanadi. Demak, yozmoq bu - qusmoq! Ichingda avj olgan, mavjlangan hislarni qusmoq. Yoqimli jarayon.
Agar majburiyat, shuhrat uchun yozsang, sen bu yoqimli jarayondan bebahrasan.
Yozmoq - davo... xoh bir satr, xoh bir so'z.
Oxirgi o'qigan kitoblarimning hammasi bir tiyinga qimmat bo'p tuyulyapti. 4 ta kitob o'qib, birortasi haqida yozolmadim. Ta'sirlandim, lekin ta'sirlantiradigan narsalarning hammasi o'ta jo'n. Dunyoni boshqa tomondan ko'rsatadigan kitoblar bormi?
Olamning chiroyli yolg'onlari emas, jirkanch haqiqatlar haqida bilish istagi...
Qaysidir to'qima obrazni muhokama qilish, sharh yozish ortiq zavqli emasdek.
Sizda qanday his?
@Ochopat_book

#hayotiy
Bilasizki, 27-oktabr- parlament deputatlari saylovi kuni!
Xo'sh, bunga Chet eldagi o'zbek talabalari qatnasha olmaydimi?
Albatta, qatnasha oladi, hattoki muddatidan oldin.
18-oktabr kuni universitetimizda o'zbek talabalari uchun muddatidan oldin ovoz berish saylov uchastkasi tashkil qilindi. Bu xabar, nafaqat, og'zaki, balki har birimizning elektron pochtamizga yozma tarzda xabar qilindi.
O'zbekiston elchixonasi, Universitet rahbariyati va o'zbek talabalariga bosh qilingan ustozlar ishtirokida muddatidan oldin ovoz berish ishlari o'tkazilgani quvonarli, albatta. Bizning ovozimiz qanchalik muhim ekanini bilmadim-u, ammo muhim sifatida ko'rsatishganidan xursand bo'ldik.
Bu tadbir davomida osh ham tarqatildi. O'zbek bor joyda, albatta, osh bor. Osh tashkillashtirilmasa, menimcha borishmasdi ham)

Антон Чехов. Валинеъмат (ҳажвия) - www.ziyouz.uz
https://ziyouz.uz/jahon-nasri/anton-chexov/anton-chekhov-valine-mat-azhviya/
Anton Chexov hikoyalarini sevaman.
Ayniqsa, dam olish kuni "yaxshi ketadi".
Ayniqsa, qisqalikni va hajviyani sevuvchilar uchun.
Qani oling, "osh bo'lsin". Rahmatni keyin aytasiz.

Ziyouz.uz
Антон Чехов. Валинеъмат (ҳажвия)
Табиатимдаги тортинчоқликни бир амаллаб енгиб, генерал Шмигаловнинг кабинетига кирдим. Генерал стол ёнида ўтирар ва қартада “каприз де дам” усулида фол очарди. – Нима хизмат, азизим? – мулойимгина сўради у, ишора билан креслога ўтиришга таклиф этаркан. –…
Audio
#mood
Yakshanba kuningiz uchun...
Qizg'anib-qizg'anib, yuragimdan uzib beryapman. Faqat ogohlantirib qo'yay, juda-juda chuqur o'ylarga, mulohazalarga olib ketishi mumkin. Men ogohlantirdim...

#Taqriz
Hikoya nasrning kichik janri. Ammo men shunday hikoyalarni bilamanki, 400-500 betli qissa va romanlarni "joyiga o'tirgizadi".
Hajm o'lchami hikoyaning ma'no va mohiyat ko'lamiga soya solmasligi kerak. Hikoyada adabiy mezonlarni, asar tili, kompozitsiyasi, badiiy obrazlar, voqeani badiiy idrok qilish yaxshi tasvirlangan bo'lsa, hajm kichikligi o'z ahamiyatini yo'qotadi. Umuman olganda, men shunday fikrdaman.
Hikoyachilik Abdulla Qodiriy va Cho'lponlar davridan boshlangan bo'lsa, keyinchalik Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Shukur Xolmirzayev, O'tkir Hoshimov va boshqa atoqli yozuvchilarning hikoyalari bilan yanada takomillashib bordi. O'tgan asrning 80-yillaridagi nasrda esa yangilanish borligi bilinadi. Yangi avlod yozuvchilari voqelikni boshqacha rakursda ko'rsatish, fikrni asar tagmatniga berkitish, o'quvchini obrazli tafakkurga chorlash bilan nasrga yangicha ob-havo olib kirishga harakat boshlashgan.
Olim Otaxon, Nurilla Otaxonov, Shodiqul Hamro, Nodir Normatov va eng muhimi Nazar Eshonqul aynan shunday ijodkorlar safining old o'rinlaridadir.
Nazar Eshonqul hikoyalarini sof modern ruhda yozilgani, ong ostida kechayotgan jarayonni badiiy idrok etishga yo'naltirilgan kompozitsiya asosida qurilgani uchun ham yaxshi ko'raman. Yana bir yoqqan tomoni, u 'quvchini hech narsaga majburlamaydi. Xohlaganicha tushunsin qabilida...
"Og'riq mahkumlar uchun saodat edi. Mahkumlar qanchalik azob chеkishsa, shunchalik zavqlanishar va og'riq lazzatiga har mahal tashna turishar, og'riq xumor qilib, tanalarini o'zlari ham yulib-yalqab tashlashardi. Ular og'riq uchun tug'ilgan, og'riq va azobning oliy maqomiga yеtishgan edilar - ularni og'riq va azobdan boshqa holatda tasavvur qilib bo'lmasdi"
"Og'riq lazzati" Nazar Eshonqul.
"Og'riq lazzati" men tushunishga qiynalgan, bittada tushunmaganim uchun o'zimni ayblaganim hikoyadir.
To'g'risi ham-da, ovqatdan lazzatlanish mumkin, xushbo'y hiddan, sevgidan... Ammo og'riq lazzati qanday bo'lishi mumkin? Qo'limga bitta tikan kirsa dunyoni boshimga ko'taraman. Bu hikoyada esa og'riqdan lazzatlanayotgan obrazlar?
Ramziylik! Hamma narsani to'g'ridan to'g'ri tushunaverish kerak, degan qonun qayerdan o'rnashdi hayronman?!
Ramz! Og'riq nimaning ramzi bo'lishi mumkin?!
Bu savolim ham xato. Har bir ijodkor og'riq motivini turli xil ramz sifatida qo'llashi mumkin-ku axir. Turg'unlik yòq. Nazar Eshonqulning aynan nimani nazarda tutgani qiziq!
Mahkumlar dahshatli tarzda qiynoqqa solinayotgan maydonga borib qoldim. Ularning azob lazzatlaridan men qancha hayratda qolsam, ular mazza qilishardi. Nega? Ular o'zi kim?
"Bemor" hikoyasida "Butun jamiyat kasal, bemor", degan xulosa kelib chiqqandi. Bu hikoyada ham shunday! Tasvirlangan mahkumlar − oʻzining yarasiga oʻzi tus sepib, o'zini-o'zi azob-uqubatlarga giriftor qilayotgan jamiyat! Chunki har qanday jamiyat va har qanday tuzum, istaymizmi-yo'qmi, insonni azobga giriftor etadi!
Tomoshabinlar esa – insoniyatni qovurib, bir-biriga gij-gijlab, o'z etini oʻzi yeyishga majbur qilayotgan ayrim insonlar, ya'ni "kattalar".
Boshqa tomondan tahlil qilsam, asardagi maydon - bu dunyo, yashash uchun berilgan umr! Mahkumlar esa- insonlar!
Masalan, mendan "Yashash nima?", deb savol berishsa, "Yashash - bu og'riq", deb javob beraman. Tan oling, yashab azoblanmagan, og'rinmagan inson yòq. Aslida ham, "yashash- og'riq lazzati"- bu Hukmi oliy, ya'ni bani bashar qismatidagi o'zgartirib bo'lmas qonun.
Og'riqlarga chidaysan va saodatmand Kun keladi, degan Ishonch, taqdiri azal...
Xullas, "Ogʻriq lazzati" hikoyasi ham o'quvchi qayta-qayta mutolaa qilib ichki dunyosini boyitishga arziydigan asardir.
P/s Nazar Eshonqul haqida gap ketsa "Maymun yetaklagan odam kim edi?", degan savol o‘zbek adabiyotida o'ttiz yildan beri yechilmay kelayotgani o'ylantiradi...

#fikr
Ruhiy zo'ravonlikning qanday turlarini bilasiz?
- Qachon to'y endi?
- Yangilik bormi? (To'ydan 3 kundan keyin)
- Ana qo'shnini qizi/o'g'lini qara!
- Men sening yoshingda paytim...
- Xotining o'g'il tug'maydimi?
- Chiranma, baribir eplolmaysan.
- O'qib olim bo'larmiding, soqqani bos undan ko'ra.
- Bizni paytimizda unaqa narsalar yo'q edi.
- Chetda yuraverasanmi, qachon qaytasan axir?
- Yolg'izlik qiyin emasmi? Nega ajrashgansiz?
- Qachongacha?..

O'qilmagan kitoblar, ko'rilmagan filmlar, yashalmagan hislar, yozilmagan satrlar, tugallanmagan bitiklar...
Qaytaman...

Qo'shiq kuyla
raqsga tush,
she'r ayt,
ovozing boricha kul,
baqir,
hayqir,
qichqir,
halinchakda uch,
yomg'irda soyabonsiz yur(qo'rqma, shamollab qolmaysan)
o'zingni shamol izmiga topshir,
ulg'ayma!
Sira ulg'ayma!
Nima qipti, 25/30/50 ga kirgan bo'lsang?!
Nima qipti oilang, farzanding bo'lsa?
Ulg'ayma!
Ko'rdim "ulg'ayganlar"ni, qalbi tosh bo'lib ketgan...
Sen ulg'aymagin, iltimos.
İchingdagi bolachani asra!

#mulohaza
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda kezar ekanman, bir suratga ko'zim tushdi. Va tabiiyki, undagi jumlalarni sizlarga ham yetkazish uchun olib keldim.
Turk tilidagi bu jumlalarni bor holicha, asl go'zalligi bilan tarjima qila olamanmi yo'qmi bilmadim-u, ammo, taxminan shunday tarjima qilsak bo'ladi:
Qulog'ing rahmingdir (bachadon). Yaxshi yoki yomon bo'lgan nimani tinglasang o'shanga "homila" qoladi va vaqti kelganida tug'iladi. Daraxt ildizidan, inson qulog'idan "suv ichadi"...
Nimani tinglashingni va nimani eshitmagandek tutishingni to'g'ri tanla.
P/s chiroyliroq va mukammalroq tarjima qila olsangiz izohlarda kutaman.

Bizning holatimiz kitob ko'tarib ketayotgan eshakdan farq qilishi kerak. Bu uchun esa olgan va olayotgan ilmlarimiz bilan birlasha olishishimiz kerak.
Biz har qanday o'rgangan narsamiz, ilmimiz, bilmimizni sevishimiz kerak. Yaxshi ko'rishimiz kerak.
O'zimiz ham amal qila olishimiz, hech yo'q, ma'lum bir qismiga bo'lsa-da amal qilish uchun jiddu-jahd qilishimiz kerak. Eng muhimi esa boshqalarga o'rgatish uchun jonbozlik ko'rsata olish.
Shundagina ular foyda olib keladi. Manfaatga aylanadi.
Bizning vazifamiz faqatgina o'rganish emas, o'rganganlarimizni amalga oshirish va boshqalarga o'rgatishdir. Olgan ilmimizning sadaqasi boshqalarga o'rgatish orqali ado qilinadi. Kichik nimadir o'rgandingizmi uni kimgadir o'rgating. Orqamizda ishlatilmagan, foyda olinmagan va o'rgatilmagan, yukdek ko'tarib yurgan ilmni hech kimga keragi yo'q.

Yaxshi bir kitob o'qing,
Go'zal film tomosha qiling,
Huzurbaxsh musiqalar eshiting,
Va O'zingizni dunyodagi barcha ahmoqgarchiliklardan himoya qiling...

Tog'-u bog'lardan oshib, yo'l yursa ham mo'l yurib, oxiri kitoblarim yetib keldi.
İlk boshida nashr qilingan super muqovaga ulgurgan edim. "Bir kunlik qo'nolg'a" esa sovg'a qilindi.

Farzandli bo'lganimdan so'ng qiziqadigan sohalarim, o'qiydigan ma'lumot, informatsiya, kitoblarim, ko'radigan podcastlarim, eshitadigan ma'ruza va qatnashadigan konsultatsiyalarim o'zgardi. Albatta, bu tabiiy jarayon. Vaqt o'tgan sari, vaziyatlar, turmush tarzi va oilaviy hayot o'zgargani sari biz qiziqadigan hamma narsa o'zgaradi.
Bugun farzand tarbiyalash haqidagi kitoblarni ko'rar ekanman, turklar bu jihatdan ham oldinda ekaniga guvoh bo'ldim. Farzandning har qanday yoshi uchun, har qanday turdagi, xoh jismonan sog'lom katta qilish, xoh ruhiy, xoh tuyg'ularini o'rganish, xoh ovqatlantirish, o'ynatish, islomni tanitish, ilm berish, maktabga tayyorlash, munosabatlarda faollik... xullas, bilganingizdek hamma-hamma qirralarda kitoblar bor. Eng qizig'i, hojatxonaga chiqishni o'rgatadigan kitoblar ham bor ekan. Qoyil qolmay ilojim yo'q.
O'zbek nashriyotlari ham bu borada chet el adabiyotlarini tarjima qilishyapti. Ammo juda kam.
Til bilganlar chet el kitoblarini o'qib amallashar, ammo bilmaganlarchi?

Yaldo tuni, yaldo kechasi, yaldo kabi zim-ziyo, yaldo zulmati kabi jumlalarga ko'p duch kelganmiz.
She'rlar, g'azallar, ruboiy, chiston, hikoya, romanlarda, ayniqsa, ko'p uchraydi.
O'zi Yaldo tuni qanday tun?
Mohiyati qanday?
Eron va Turon xalqlari qadimdan Yaldo kunini bayram qilib kelishgan. Bugungi kunda Eron, Аfg'oniston, Tojikiston, Turkiya va Ozarbayjonda bayram qilinadi.
(Har yili 21-dekabrda)
Sosoniylar imperiyasi qulagach, Islom dini tarqalgach bu bayramning ahamiyati tobora kamayib borib, Yaldo tuni zardushtiylarga xos oilaviy bayramga aylangan.
Shuningdek, Yaldo zardushtiylikgacha bo'lgan Quyosh Xudosi Mitraga sig'inish an'analaridan kelib chiqqan, degan qarash ham bor.
Yaldo kechasi yoki Chilla kechasi Eronning eng qadimiy bayramlaridan biridir. Yaldo so'zi suryoniy tilida "tug'ilish" ma'nosidagi so'zdan olingan. Ushbu so'zning nomi Yaldo kechasi va qishning birinchi kunida quyosh chiqqandan keyin kechaning davomiyligi asta-sekin qisqarganligi va kunlarning davomiyligi uzoqroq bo'lganligi bilan bog'liq bo'lib, ma'lum maʼnoda yer qayta tiklanadi. Bu kechaning Chilla kechasi deb atalishiga sabab, qishning birinchi qirq kuni "Buyuk chilla" va undan keyingi yigirma kuni "Kichik chilla" deb nomlanadi. Ilgari, qishki sovuqning eng yuqori nuqtasi "Katta chillada" ro'y berishiga ishonishgan.
Yaldoning tarixi juda uzoq vaqtlarga borib taqaladi, ammo aynan qachonga tegishli ekanligi aniq emas. Ko'plab arxeologlar Yaldoning tarixi bundan 7 ming yil oldingi davrlarga borib taqalishini taxmin qilishgan.
Аmmo mutaxassislarning fikriga ko'ra, Yaldo kechasi deb nomlanuvchi bayram miloddan avvalgi 500-yil va uning Doro I davrida qadimgi forslarning rasmiy taqvimiga kiritilgan sanasi bilan bog'liq.
Yaldo kechasi ko'plab tarixiy kitoblarda ham tilga olingan. Buyuk olim va taqvimshunos olim Аbu Rayhon Beruniy Yaldo kechasini "Milodi Аkbar" deb eslagan va uni quyoshning tug'ilishi deb nomlagan. Forsiyzabon davlatlarda qadimdan bu tunni oila davrasida o'tkazish, yeb-ichib, Hofiz Sheroziyning g'azallaridan o'qish, Firdavsiyning "Shohnoma" asarini yarim tungacha o'qish odat tusiga kirgan. Meva va yong'oqlar iste'mol qilingan. Аyniqsa,dasturxonda anor va tarvuz bo'lishi shart. Chunki bu ne'matlarning qizil rangi tonggi shafaqqa demakki, hayot yog'dusiga qiyoslanadi.
Xullas kalom, bugun Yaldo kechasi. Yilning eng uzun kechasida yaqinlaringiz bilan vaqt o'tkazing.

Eng chiroyli tartibsizlik faqatgina kitobjavonga yarashib turadi.
2025-yilda ko'p-ko'p chiroyli tartibsizliklar tilayman sizlarga!
P/s Kanal sustlashdi, post yozolmay qolyapman, safimiz kamaymoqda. Ammo bu kitoblarsiz yashayapman degani emas. Shunchaki ular haqida fikrlarimni yozish uchun vaqt yo'q.
Faollikka qaytishimni kutayotganlar va tark etmayotganlardan minnatdorman.

#kayfiyat
Shunday gyuuuzal xabar bilan davom etyapti bugungi kun.
O'zbekistondan, Zabarjad media nashriyoti va xodimlaridan kitob kelyaptiiii🥹
Aaaaaaauuuuuuuu🥳
Bugundan may oyini ikki karra kutib yashayman😁
Aytgancha, kitobxonlar, 14-fevral qanday kunligini bilasizlar a?