Telegram Group & Telegram Channel
☎️ Tekin mobil soʻzlashuv
("Ertak")

2000 yillar mobil aloqa juda qimmat boʻlgan. Ilk telefon sotib olganimda (Panasonic edi) qarindoshimizdan 1 oyga ishlatib turish uchun Coscom SIM karta olgan edim.

Kirish $0.17
Chiqish $0.19

Bu narx mendek talaba uchun juda qimmat edi. Keyin borib oʻzimga soddarogʻini olganman.

Hozir eslasam, juda koʻp qiziq ishlar boʻlgan ekan:
- kiruvchi qoʻngʻiroq uchun pul toʻlar edik.
- hisobni online toʻldirish yoʻq edi. Faqat maxsus joy yoki karta (plastik emas) orqali.
- ilk 5 soniya tekin!!!
Mana shu 3-qism ayni muddao edi.

Talablar tekinga soʻzlashar edi.

Deyarli barcha talaba 5 soniya ichida gaplashish tekin ekanini bilardi. Shu sabab goʻshakni koʻtarganda barmoq oʻchirish tugmasida turardi. Chunki savol va javobdan keyin shartta bosilar edi.

- Ehhh..., - derdik agar 6-soniyaga oʻtib ketgan boʻlsa.
- E-e, boʻldi gaplashvur endi, - deb daqiqa tugaguncha gaplashardik.

5 soniya ichida koʻpchilik savol berib, javob olishga ulgurardi. Uddaburon talabalar esa 2 ta savolgacha. :)

- Qaysi fan...
- Mat fiz...

- Domla..
- Poʻlatov...
- Xona...
- A409!

Vaqt oʻtib muloqotni qancha qimmat qilmang, foyda kam edi. Shunga shekilli 5 soniyalik tekin muloqotni olib tashlashdi. Keyinroq esa kiruvchi qoʻngʻiroq ham tekin boʻldi.

Boyvuchcha talabalar esa "VIP paket"ga ulangan boʻlardi. Guruhning "Operatori" edi, bechora.

Kim tanishi ("yaqini")ga qoʻngʻiroq qilishni xohlasa, operator boyvuchcha kursdoshiga qoʻngʻiroq qilar edi.
U esa oʻz navbatida goʻshakni qoʻyib qoʻyardi. :)
Nega?
Chunki qaytib qilardi.
Keyin unga aytgan raqamingizga qoʻngʻiroq qilib, siz bilan "Konferensiya" qilib berardi. Shu bilan soatlab gaplashilardingiz.

Aytgancha, u vaqtlar hali analog telefonlar bor. Gaplashilgan daqiqalar pulga chaqilmasdi. Soatlab gaplashish qulay vaqtlar edi. Shunga uyga kelib telefonda qolib ketish urf edi.

Buni men maktub davridan elektron davrga oʻtishga oʻxshataman. Avval odamlar uzoq masofadagi tanishiga maktub yozardi: kim armiyadan uyga, kim uzoq koʻrisha olmagan tanishiga, yana kimdir qoʻshni davlatga.

Ha, aytgancha, 9-sinf vaqtimda AQShdagi maktab oʻquvchilari bilan xat yozishganimiz esga tushib ketdi. Ilk marotaba Baseball ⚾️ nima ekanini oʻshanda bilganman, Baseball kartalarim ham boʻlgan. Bu haqida alohida yozib beraman.

Taxminan 2005 yillargacha koʻchada telefon qutilar boʻlardi. Uyga qoʻngʻiroq qilmoqchi boʻlsangiz tanga tashlab, gaplashar edik. Avval 2 tiyin tanga solish mumkin edi. Keyin narxi oʻzgaruvchan boʻlganidan keyin maxsus tanga ishlab chiqishgan. Tangani sotib olib, 2-3 tasini choʻntakda olib yurar edik. Zarur vaqt ishlatishga.

U yerda ham talabalar yoʻlini topgan edi.

Xullas, agar tanga tashlamasdan uyga qoʻngʻiroq qilsangiz, uydagi odam ovozi eshitilar edi. Sizning ovozingiz esa yoʻq. Shuni bilgan talabalar uydan chiqishdan oldin kelishib olardi, masalan:
- Bitta Alo desang, demak hammasi joyida.
- 2 marta Alo desang, demak vaziyat oʻzgargan.
- keyin, falon boʻldimi deganda qoʻyib qoʻysam, demak oʻsha.

Hullas, bu aqllilar qaysi Alo soʻzidan keyin muloqot uzilganiga qarab, suhbat qilishardi.

3 shaxsda gapirish maza-da.

Bugun oʻzi internetsiz internetni ishlatganimizni aytib bermoqchi edim. Kirish qismi qilib mobil aloqa haqida yozaman deb, uzun yozib yubordim. Qundoz bobo obrazi yuqib qovotti shekilli. Kelasi hafta internetni yozib beraman.

Bu postdan maqsadim nima?

‼️ Narsalarning narxini bilamiz. Ularning qiymatini bilmaymiz.

degan soʻzni sizga yetkazish.

Shunday jadal rivojlanayotgan zamonda yashayapmiz-ki, narsalarning qiymatini sezmay qoldik.
* Koʻpchilik hozir mobil telefoni uchun oyiga qancha toʻlashini, yoki nima uchun shuncha toʻlashini bilmaydi.
* Internet sotib olamiz. lekin bizga shu tezlik kerakmi?
* Megabaytimizni kerakli narsalarga sarfladikmi? oʻylab qaramaymiz.

Saharda turib, barcha texnikani yoqmasdan, biroz oʻylab koʻring,

Qoʻlingizdagi narsalarning qadri qancha?
Qiymati qanday?
Unumli foydalana oldingizmi?
Isrofga yoʻl qoʻymadingizmi?

....

Kuningiz hayrli oʻtsin!

29.04.2025 London
@DrAlgorithm
21👍50🔥12👏6😁53🕊1

tg-me.com/DrAlgorithm/849
Create:
Last Update:

BY Dr. Algorithm

Share with your friend now:
tg-me.com/DrAlgorithm/849

View MORE
Open in Telegram

telegram Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

The lead from Wall Street offers little clarity as the major averages opened lower on Friday and then bounced back and forth across the unchanged line, finally finishing mixed and little changed.The Dow added 33.18 points or 0.10 percent to finish at 34,798.00, while the NASDAQ eased 4.54 points or 0.03 percent to close at 15,047.70 and the S&P 500 rose 6.50 points or 0.15 percent to end at 4,455.48. For the week, the Dow rose 0.6 percent, the NASDAQ added 0.1 percent and the S&P gained 0.5 percent.The lackluster performance on Wall Street came on uncertainty about the outlook for the markets following recent volatility.

NEWS: Telegram supports Facetime video calls NOW!

Secure video calling is in high demand. As an alternative to Zoom, many people are using end-to-end encrypted apps such as WhatsApp, FaceTime or Signal to speak to friends and family face-to-face since coronavirus lockdowns started to take place across the world. There’s another option—secure communications app Telegram just added video calling to its feature set, available on both iOS and Android. The new feature is also super secure—like Signal and WhatsApp and unlike Zoom (yet), video calls will be end-to-end encrypted.

telegram from br

Telegram Dr. Algorithm
FROM USA