Telegram Group & Telegram Channel
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Yangi yilda qo'ygan maqsadingizga erisha olmaysiz

2024chi yil ham kirib keldi. Hamma o'zi oldiga falon-falon maqsadlarni qo'ydi. Astoydil ularga erishish uchun harakatga tushdi. Lekin haqiqat shundaki ularning ~10% gina yilning ohirigacha shu maqsadlarga erishadi. Qolganlari esa yaqin orada ularni tashlab qo'yishadi.

Bu maqsadlarning asosiy muammosi shundaki ular yangi va qiyin bo'lgan odatlarni (habitlarni) rivojlantirishni va shundoq ham to'laligicha band bo'lgan kuningizdan yana qanchadir vaqt ajratishni talab qiladi. Bu, albatta, imkonsiz emas. Shunchaki juda ham qiyin masala.

Lekin bir narsa ko'pchilikda o'zgarmasdan qoladi. Ular ishda 8 soat ishlashda davom etishadi. Haftasiga 40 soat. Yiliga tahminan 2000 soat. Ana endi tasavvur qiling, shu vaqtning atigi 10 foizini o'z ishingizda yaxshiroq bo'lishga sarflasangiz.

Faoliyatim haqida o'ylab qarasam, mening o'sishimning katta qismi aynan ish paytida bo'lgan ekan.

Dasturlashni olaylik. Biz biror bir muammoni yechish uchun yoki yangi xususiyatlar qo'shish uchun juda ko'p kod yozamiz. Tajribamiz orqali ko'p qismlarini biz bilgan yo'llar, usullardan foydalanib tez-tez qilib ketamiz. Ba'zida o'ylab ham o'tirmaymiz. Bu potensial tuzoq.

Faqat bilgan usullarimizdan foydalansak, bilgan yo'limizdan yuraversak bizda katta o'sish bo'lmaydi. Shuning uchun ham nima ish qilayotganimizdan qatiy nazar doimo yanada yaxshiroq qilishga initilish zarur.

Men o'zim uchun bu yilga shuni maqsad qilib qo'ydim. Endi men faqatgina ishlaydigan kod yozmayman. Endi men yozgan kodimni, ustida ishlayotgan loyihalarimni estetik tarafdan iloji boricha chiroyli qilishga harakat qilaman. Darajasini oshiraman. Yanada professionalroq bo'lishga harakat qilaman. Amazon tilida aytadigan bo'lsak: I will raise the bar.

Buni men shu ishimga har kuni sarflaydigan 8 soat ichida qilishga harakat qilaman. Menimcha maqsadni shu tarzda qo'ysam uni tashlab qo'ymayman.

Bu post uchun ilhom DHH gaplaridan keyin keldi va qaysidir qismlari shu postdan tarjima qilindi: https://world.hey.com/dhh/commit-to-competence-in-this-coming-year-feb7d7c5.

@jakhonrakhmonov

tg-me.com/excel_hacks/722
Create:
Last Update:

BY Excel Hacks

Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283

Share with your friend now:
tg-me.com/excel_hacks/722

View MORE
Open in Telegram

telegram Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

What is Secret Chats of Telegram

Secret Chats are one of the service’s additional security features; it allows messages to be sent with client-to-client encryption. This setup means that, unlike regular messages, these secret messages can only be accessed from the device’s that initiated and accepted the chat. Additionally, Telegram notes that secret chats leave no trace on the company’s services and offer a self-destruct timer.

telegram from br

Telegram Excel Hacks
FROM USA