tg-me.com/brogrammist/152
Last Update:
Aytgancha, "sifatli kod" nimaligini "sifatsiz"ini ko'rgan odam biladi. π
Va u birovning kodi bo'lishi shart emas!
Qanchalik sifatli bo'lmasin, kod vaqt o'tishi bilan "chiriydi". π
Chunki vaqt o'tishi bilan unga yangi xususiyatlar qo'shasiz, talablar o'zgaradi, texnologiyalar va muhit o'zgaradi va h.k.z. Kodning qancha sifatli yozsangiz, o'shancha chirimay turadi. Lekin kafolati yoq! π
Yana bir haqiqat shuki, dastruchilarning aksariyati odatda sifatsiz kod yozadi. "Aksariyati" deganda juda juda ko'p dasturchilarni narsarda tutyapman. "Odatda" deganim esa "deyari har doim" degani.
Isboti: O'zingizdan so'rang, oxirgi yozgan kodingizdan ko'nglingiz to'ldimi? Bundan yaxshiroq yoza olardingiz, to'g'rimi?
Shunaqa. π
Bu gap bilan hech kimni yerga urmoqchi emasman. Chunki bu faqat tajribasizlikdan kelib chiqmaydi. Ko'pincha vaqt tig'izligi bizni oson yo'ldan borishga majburlaydi. "Ishlasa bo'ldi" degan fikr bilan yondashamiz.
BY Brogrammist
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283
Share with your friend now:
tg-me.com/brogrammist/152