Telegram Group & Telegram Channel
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
​​​​Bugun safar bilan Kanadaning Toronto shahridaman. Shahar juda zo’r, ko’rkam va chiroyli.

Lekin men uchun Torontoni alohida muhimligi bor. Maktabni bitirib universitetlarga topshirish paytida - Toronto Universiteti (University of Toronto) meni orzudagi oliygohim bo’lgan. Omadim kelib shu universitet meni matematika fakultetiga, St George kampusiga qabul qilgan edi. Ulardan xat kelganida xursandchiligim ichimga sig’may rosa sakraganman, akamni quchoqlaganman. Hamma narsa xuddi orzularimdagidek bo’lgan - eng xohlagan universitetimga kirganman, shu bilan universitet katta stipendiya ham bergan. Xursandchiligim ichimga sig’magan. Aynan qaysi yotoqxonada (kollej deb ataladi u yerda) turishimni bilib ham xursand bo’lgan edim. Xullas, hammasi zo’r bo’lgan. Lekin o’qishga uch hafta qolganda Kanada elchixonasidan xat kelgan: talabalik vizasini rad etishgan, sababi: o’qishni bitirgandan so’ng Kanadani tark etishimga viza beruvchilar ishonishmagan ekan. Vizadan javob olishni yetti hafta kutgan edim.

Avgust bo’lgani uchun barcha boshqa meni qabul qilgan universitetlarga xatlar yozdim. Lekin deyarli barchasi “endi kech bo’ldi, keyingi yili gaplashaylik” degan javob berishgan. Lekin bitta universitetdan tashqari - Singapurdagi Nanyang Texnologiyalar Universiteti. U yerda o’qishga akam jo’nab ketgan edi, ular bir necha kunda kelsam - o’qishni boshlay olishimni aytishdi. Javob olishim bilan samoletga o’tirib jo’nab ketdim. Hozirgi hayotimni katta qismi ham, tabiiyki o’qigan universitetimga bog’liq. Toronto men uchun boshqacha ekanligini sababi shundaki - universitetni kezar ekanman, hayolimdan kechayotgani: agar o’sha paytda men shu yerda matematika o’qiganimda hayotim qanday bo’lar edi degan g’oya. Albatta hayotda “counterfactual” - alternativ taqdir qanday bo’lishi haqida fikr qilish qiyin.

Bugun ilmiy konferensiyada o’z ilmiy ishimni taqdimot qilishga keldim, bu universitet professorlarini endi meni hamkasblarim deb ham chaqira olaman.

Shunchaki bugun hayolimdan o’tgan o’ylar bilan bo’lishmoqdaman. Balki meni tajribam kimdirga yaqin ko’rinar. Rizqiz bitmagan joy baribir boshqa - qanchalik yaqin kelgan bo’lsangiz ham.

tg-me.com/excel_hacks/688
Create:
Last Update:

BY Excel Hacks

Share with your friend now:
tg-me.com/excel_hacks/688

View MORE
Open in Telegram

telegram Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Traders also expressed uncertainty about the situation with China Evergrande, as the indebted property company has not provided clarification about a key interest payment.In economic news, the Commerce Department reported an unexpected increase in U.S. new home sales in August.Crude oil prices climbed Friday and front-month WTI oil futures contracts saw gains for a fifth straight week amid tighter supplies. West Texas Intermediate Crude oil futures for November rose $0.68 or 0.9 percent at 73.98 a barrel. WTI Crude futures gained 2.8 percent for the week.

The seemingly negative pandemic effects and resource/product shortages are encouraging and allowing organizations to innovate and change.The news of cash-rich organizations getting ready for the post-Covid growth economy is a sign of more than capital spending plans. Cash provides a cushion for risk-taking and a tool for growth.

telegram from cn

Telegram Excel Hacks
FROM USA