tg-me.com/comp_sim_uz/949
Last Update:
🔬 Mahalliy ilm-fan hamkorligining yana bir yutug‘i! 🎉
2022-yilda Fanlar akademiyasi Biorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi Muzaffar Qayumov bilan kompyuter modellashtirish ishlarini boshladik. Institut olimlari Rutan dorisini sintez qilib, uni COVID-19 virusiga qarshi eksperimental sinovdan o‘tkazishgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Rutan virus faolligini samarali ravishda to‘xtatdi! 🦠❌
Biz esa Rutan hosilalarini 3CL proteaz oqsili bilan docking qilib, ularning bog‘lanish erkin energiyasini hisobladik. Hisob-kitob natijalari eksperimental ma'lumotlar bilan mos keldi, molekulyar mexanizm aniqlandi! 🔬📊
Bugun ushbu muvaffaqiyatli ilmiy tadqiqotimiz Frontiers in Pharmacology jurnalida chop etildi! 🎉
Bu mahalliy ilmiy hamkorlikning ajoyib natijasi, ayniqsa Muzaffar Qayyumovning sabr-toqat bilan modellashtirishni o‘zlashtirib, yaxshi natijaga erishgani e’tiborga loyiq.
Shuningdek, hamkorimiz Parthiban Marimuthuni va butun jamoani ushbu yutuq bilan tabriklayman! 🎊👏
📖 Batafsil o‘qish uchun (maqola open access): https://www.frontiersin.org/journals/pharmacology/articles/10.3389/fphar.2025.1518463/full
BY Computer_simulations_Uz

Share with your friend now:
tg-me.com/comp_sim_uz/949