Telegram Group & Telegram Channel
CIO
Chief Information Officer

Kitobni shu qatorini o‘qib turib, o‘zimda bo‘lib o‘tgan bir voqea esimga tushib ketdi.

---- ~ ----

Ertalab. Ishxonada ish qizg‘in. Kelganimizda 1 soat bo‘lgan bo‘lsa ham, hamma qiziqib, ekranidan ko‘z uzmay ishlab o‘tirgan holat.

- HAA! .... , - o‘rtog‘im nimalardir dedi, anglashga ulgurmadim. - Ketishim mumkin!
Narsalarini ryukzagiga solar ekan, baland ovozda rahbarimizga qarab baqirdi. Keyin hamma narsasini yig‘ib, eshikni qattiq yopib, chiqib ketdi.

Sukunat...

Hamma bir biriga qarab qo‘yadi, lekin indamaydi. Shu zaylda 5-10 daqiqa o‘tdi. Keyin rahbarimiz qo‘shni xonadan chiqib, bizga odatdagi muloyim ovozi bilan:
- Endi Botir biz bilan emas. Uning vazifalarini taqsimlashimiz kerak.

Nima uchun? Qachondan? Endi nima bo‘ladi? - kabi savollar javobi aniq qilib aytilgan edi.

- Saidolim, relizlarni qila olasizmi? Boshqa odamimiz yo‘q.

---- ~ (parda) ~ ----

Jarayon juda tez bo‘lgan edi. 10 daqiqa ichida oddiy dasturchidan Guruh sardori (Team lead)ga aylanib qolgan edim. Shunda bilganman ITda rahbarlik egallab olinmaydi, birdaniga berilishini.

Xonadan chiqib ketgan bola mening yoshlikdan taniydigan o‘rtog‘im edi. Bu korxonada 8 yildan ortiq ishlagan. Bitta rahmat bilan 8 yil. Doim yaxshi munosabatga gaplashib kelishar edi. Meni ham bu yerga u olib kelgan edi. Bilmadim nima jin urdi, ertalab rahbar xonasiga kirib ketdi va oradan yarim soat o‘tar o‘tmas shu holat bo‘lib turibdi.

Uning vazifalaridan biri yasagan dasturimizni serverga yuklash edi (reliz qilish). Ketganidan keyin manga qolgan. Linux bilan yaxshi tanish emas edim. Shu bahona o‘rgangan edim. Boshlanishiga qo‘lda fayllar bilan ishlagan bo‘lsam, keyinchalik bash script yozishga o‘tib ketganman.

Shunga bilganman IT sohasida hech kim rahbarlikka intilmaydi, vaqti kelib birdan boshqarish vazifasi unga berilishini. Bu, ham sen uchun bilmaydigan narsang, ham mas'uliyat.

---

Kitobda kichik (5-6 kishilik) guruh sardorini 4,000 ta odam ishlaydigan korxonaga CIO (Chief Information Officer) rahbar qilib qo‘yishadi. Bizning tilda IT Direktor. Endi ham dasturchilarni boshqarishi kerak, ham korxonaning barcha IT so‘zi qatnashgan narsalariga javob berishi. Muallif ham CIO likka zinapoya bilan chiqmagani, uning yuqorisida 2 qavat rahbarlar bo‘lganini aytgan. Xohlamasa ham majburlab berishgan ekan.

Qulay qobiq (Comfort Zone)dan chiqish uchun esa, zo‘r imkoniyat.

1. Texnik bo‘lmagan kitoblarni ham o‘qib turing.
2. Texnik bo‘lsangiz ham rahbar qilib qo‘yishligiga tayyor turing.

24.04.2025 London
@DrAlgorithm
👍45🔥103🎉2🕊1

tg-me.com/DrAlgorithm/835
Create:
Last Update:

BY Dr. Algorithm

Share with your friend now:
tg-me.com/DrAlgorithm/835

View MORE
Open in Telegram

telegram Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

A project of our size needs at least a few hundred million dollars per year to keep going,” Mr. Durov wrote in his public channel on Telegram late last year. “While doing that, we will remain independent and stay true to our values, redefining how a tech company should operate.

A Telegram spokesman declined to comment on the bond issue or the amount of the debt the company has due. The spokesman said Telegram’s equipment and bandwidth costs are growing because it has consistently posted more than 40% year-to-year growth in users.

telegram from id

Telegram Dr. Algorithm
FROM USA