Telegram Group & Telegram Channel
🌟 Shogirdlar – kelajagimiz poydevori! Ustoz tanlashda tavsiyalar 🌟
Jamiyatimizda kattalarga, ota-onaga, ustozlarga hurmat haqida ko‘p gapiriladi, lekin shogirdlarga, kichiklarga izzat va e’tibor haqida kam so‘zlanadi. Ustoz sifatida shogirdlarimga munosabatim – bu o‘ziga xos mas’uliyat va faxr.
🎓 Shogird tanlash jarayoni:
Hammasini oddiy suhbatdan boshlayman. Turli savollar orqali talabaning dunyoqarashini baholayman. Avval qanday tadqiqotlar olib borgan so'rayman. Bilimiga baho beraman. Ishtiyoq bilan kelganlarni 2-3 oylik sinov muddati bilan ilmiy jamoamga qabul qilaman. Bu muddatda kichik loyihalar berib sinayman. 💡 Qiziqishi bo‘lganlar qiyinchiliklarni yengib, oldinga intiladi, qiziqishi yo‘qlari esa uzr so‘rab jamoani tark etadi.
🙏 Shogirdlarimdan minnatdorman:
Ko‘z tegmasin, hammasi mehnatkash va maqsadlari sari intiluvchan! Ularni yuqori impakt faktorli jurnallarda maqolalar chop etishi, stipendiyalar yutishi va xorijiy stajirovkalarga borishidan faxrlanaman. 🎉 Magistratura bosqichidayoq tor mavzularda ishlab, xatto PhD himoyasi uchun yetarli natijalarni tayyorlashi – bu katta yutuq. Biomolekulyar va fizik-kimyoviy modellashtirish sohasida kichik bo‘lsa-da, maktabimiz shakllanmoqda.
🤝 Ustoz sifatida harakatlarim:
Yaxshi ishlagan shogirdlarimni rag‘batlantirishga harakat qilaman – qisqa muddatli ilmiy safarlar, konferensiyalarga olib boraman. Ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yish, jozibali taqdimotlar tayyorlash va konferensiyalarda hamkor topish sirlarini o‘rgataman. Shogirdlarimni farzandlarim, ukalarim, singillarimdek ko‘raman. ❤️
⚠️ Yoshlarga maslahatim – rahbar tanlashda ehtiyotkor bo‘ling:
“Yaltirab ko‘ringan jism doim ham oltin bo‘lavermaydi.” Ustoz shogirdiga xolis yordam berishi kerak. Agar ustoz sizdan biror nima ta'ma qilayaptimi, biror nima olishni buyurib pulini qaytib bermayaptimi, shaxsiy ishlarida foydalanishni boshladimi bu salbiy xabar. Bilimini to'laligicha o'rgatmasa demak sizni mustaqil shogird bo'lib shakillanishingizni emas, uni etagidan tutib yurishingizni hohlaydi. Doim yodingizda tuting, siz sohani mustaqil yuritib rivojlantiradigan kadr bo'lib yetishishingiz kerak. Kimnidir soyasida turishga qaror qilgan bo'lsangiz u albatta sizni bir kun tark etadi. Ilmda muammoli vaziyat ko'p bo'ladi. Yechim topish uchun yo'l yo'riq ko'rsata olsa yaxshi, agar uddaburonlik qilib chizma natijalar bilan cheklansa, sohani to'laligicha tushunmagan inson bilan uzoqqa bora olmaysiz. Balandparvoz gaplar ustozni amali bilan mos kelayaptimi, zimdan kuzating. Vada berib bajarmayaptimi, ehtiyot bo'ling. Ilm dengiziga tashlab qo'yib, yo'l xarita bermasdan "Suz" deyish katta xato va bir kun kelib talaba toliqadi va oxir oqibatda cho'kadi. Agar rahbar o'zini xatosi tufayli sizni ayblasa, bu juda xafvli holat! Umringizni xazon qilmang.
🧠 Yaxshi ustoz qanday bo‘ladi?
Agar rahbar siz haqingizda har tomonlama qayg‘ursa, qiyinchilikda qo‘llab-quvvatlasa, yordam qo'lini cho'zsa – bunday ustozni mahkam ushlang!
🌙 Bugun muborak Ramazon oyida shogirdlarim bilan birga iftorlik qildik. Bu – nafaqat ilmiy, balki insoniy aloqalarimizni mustahkamlovchi muhim lahzalar. 🤲

tg-me.com/comp_sim_uz/968
Create:
Last Update:

BY Computer_simulations_Uz

Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283

Share with your friend now:
tg-me.com/comp_sim_uz/968

View MORE
Open in Telegram

Computer_simulations_Uz Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Export WhatsApp stickers to Telegram on iPhone

You can’t. What you can do, though, is use WhatsApp’s and Telegram’s web platforms to transfer stickers. It’s easy, but might take a while.Open WhatsApp in your browser, find a sticker you like in a chat, and right-click on it to save it as an image. The file won’t be a picture, though—it’s a webpage and will have a .webp extension. Don’t be scared, this is the way. Repeat this step to save as many stickers as you want.Then, open Telegram in your browser and go into your Saved messages chat. Just as you’d share a file with a friend, click the Share file button on the bottom left of the chat window (it looks like a dog-eared paper), and select the .webp files you downloaded. Click Open and you’ll see your stickers in your Saved messages chat. This is now your sticker depository. To use them, forward them as you would a message from one chat to the other: by clicking or long-pressing on the sticker, and then choosing Forward.

Computer_simulations_Uz from in

Telegram Computer_simulations_Uz
FROM USA