Telegram Group & Telegram Channel
Moslashuvchan (Flexible) bo'lish haqida

Avvallari (4-5 yil avval nazarda tutilmoqda) ma'lum bitta texnologiyani yaxshi bilib karyera boshlab olsa bo'lar edi. Masalan Frontend dasturchidan HTML, CSS, Javascript, React yoki Vue yoki Angular va bitta UI kutubxonani bilishni o'zi bilan ko'plab ish joylarga topshirib ko'rsa bo'lar edi. Xattoki Javascriptni yaxshi bilsangiz sizdan library yoki frameworkni chuqur bilish talab etilmas edi. O'zim ham birinchi ish joyimga Reactni yaxshi bilmasdan turib ishga kirganman va qolganini ish jarayonida o'rganib ketganman. Hozirchi, hozirda kundan kunga yangi texnologiya chiqib kelyapti, yangilanishlar, texnologiyalarning versiyalari tez yangilanyapti, yangi hususiyatlar tez qo'shilib borilmoqda. Atigi 3-4 yil avvalgi talab qilingan texnologiyalarni o'zini bilish endi yetarli emas. Endi sizdan yuqoridagilardan tashqari yana bir qancha texnologiyalarni bilish talab etiladi. Eng muhim tomoni esa siz endi bularni o'zi bilan ham cheklanib qolmasligingiz kerak. Doimiy yangilanishlar bilan birga siz ham o'z bilimingizni yangilab borishingiz talab etiladi. Bundan tashqari endi sizlarni raqobatchilaringiz ham ko'p, 3-4 yil avval Reactni yaxshi biladigan dasturchilar O'zbekistondan hozirgichalik ko'p emas edi, hozir esa ko'p shu sabab ishga talab ham va talabgorlar ham oshgan. Menimcha endi faqat bitta texnologiyani bilib tezda ish topish masalasi oldingichalik oson bo'lmasa kerak.

Yechim nima?

Menimcha endi faqat bitta texnologiyaga yopishib olishni o'zi bilan ish bitmasa kerak, o'zingizni qamrovingizni kengaytirish uchun bilimni ham menimcha kengaytirish kerak. Misol uchun Reactni bilasiz, 2-3 oy ish chiqmayaptimi, boshqa texnologiyalarni o'rganing, axir Frontend faqat Reactdan iborat emasku to'g'rimi? Bundan maqsad nima siz ko'proq bozorlarga kirib bora olasiz. Ko'proq kompaniyalarga o'z xizmatingizni taklif qila olasiz.

Shuyerda endi lekin degan joyi bor, sizda stack bo'yicha darajangiz o'sishi sekin ketadi, sababi siz Reactda middle bo'lsangizu lekin yangi ish joyiga umuman yangi texnologiya bilan ishga qabul qilinsangiz siz yana boshidan boshlaysiz degani. Sabr qilib 4-5 yilda 2-3 hil texnologiyalarda yaxshi tajriba qilib olsangiz, uyog'iga menimcha qiynalmaysiz.

Bularning barchasi uchun siz moslashuvchan bo'lishingiz kerak, bitta texnologiyani ushlab olib faqat shunda yozaman boshqasi kerak emas menga desangiz, qiynalib qolishingiz mumkin menimcha.

Disclamier: Bularni hammasi shaxsiy fikrlarim, hozir aynan shunaqa bo'lishingiz shart degani emas).

@nurmukhamedoff_dev

tg-me.com/nurmukhamedoff_dev/1101
Create:
Last Update:

BY Nurmukhamedoff

Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283

Share with your friend now:
tg-me.com/nurmukhamedoff_dev/1101

View MORE
Open in Telegram

Nurmukhamedoff Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

How Does Bitcoin Work?

Bitcoin is built on a distributed digital record called a blockchain. As the name implies, blockchain is a linked body of data, made up of units called blocks that contain information about each and every transaction, including date and time, total value, buyer and seller, and a unique identifying code for each exchange. Entries are strung together in chronological order, creating a digital chain of blocks. “Once a block is added to the blockchain, it becomes accessible to anyone who wishes to view it, acting as a public ledger of cryptocurrency transactions,” says Stacey Harris, consultant for Pelicoin, a network of cryptocurrency ATMs. Blockchain is decentralized, which means it’s not controlled by any one organization. “It’s like a Google Doc that anyone can work on,” says Buchi Okoro, CEO and co-founder of African cryptocurrency exchange Quidax. “Nobody owns it, but anyone who has a link can contribute to it. And as different people update it, your copy also gets updated.”

Nurmukhamedoff from in

Telegram Nurmukhamedoff
FROM USA