tg-me.com/DrAlgorithm/878
Last Update:
Tanish bilish - Buxgalteriya sohasida Networking
Kecha bir tadbirga qatnashdim. IT sohasida bo‘lmagan soha vakillarining tanishish (Networking) tadbiri. Asosiy homiy raqobatchilarimizdan biri Tide edi :)
Ofisini aylanish, qahva ichishdan tashqari ham qiziq narsalar bor ekan.
Lekin ofisdagi ba’zi narsalarni etmasam bo‘lmaydi:
* Ofis shahar markazida (qimmat) joylashgan.
* Liftga ID karta bilan kirar ekansiz. Lekin eng qizig‘i, lift chaqirish uchun, qavat raqamini klaviaturada terish kerak ekan. (2000-yillardagi Desktop application larni eslatib yubordi.) Yetmaganiga kod terib, chaqirish tugmasini bosish kerak ekan. Qavat raqamlari tugmalari yo‘q :)
* Workly ga o‘xshash tizimi bor, hamma ID karta bilan yurar ekan. (bechoralar)
* Ovqatlanadigan qavatda: Kitob do‘koni, salon, muzqaymoq moshinasi, Arkade o‘yingohi bor ekan. Xullas, o‘qisang ham, dam olsang ham bo‘ladi.
Namoyishlardan biri bank va buxgalteriya sohalarini ulash haqida bo‘ldi.
Bu g‘oyani 2015 yillar bir buxgalter tanishim yo‘lga qo‘yishni boshlagan edi. Ba’zi sabablarga ko‘ra yuritish qiyin bo‘lgan edi. Hozir esa deyarli hamma imkoniyat bor. Hali ham bo‘lsa bu loyihani ishga tushirish kerak ekan.
Agar biror bank shuni qilaman desa, ayting, tanishtirib qo‘yaman.
Angliyada bank sohasiga raqobat ko‘pligi uchun an’anaviy usul ishlamaydi. Albatta bitta tor sohani tanlab, unga chuqurroq kirishingiz kerak. Xos soha bilan ishlanmasa, tolov tizimlari bozoriga kirish qiyin.
Bizda ham shunday turli sohalar uchun tanishish (Networking) tadbirlari ko‘paysa yaxshi edi. Rivojlanish uchun aqlli odamlar uchrashib turishi kerak. Bir birimiz bilan raqobat qilgandan, birlashib ishlagan yaxshi deb o‘ylayman.
Shunaqa gaplar...
Dam olish kunlaringiz maroqli o‘tsin!
14.06.2025 London
@DrAlgorithm