Telegram Group Search
Eron Prezidenti Raisiy vertolyot halokatiga uchrab vafot etdi. O'tgan hafta Slovakiya bosh vazirini otib ketishgandi. Bugun bu xabar.

Bunga
"XXI asr o'zining Frans Ferdinandini tinimsiz qidirmoqda", deyapti Rashev.

Jin ursin.

@boredpandablog
"Bugun kechga nima ovqat qilay?"

Bir ayol Twitterda eri uchun maxsus sayt yaratgani haqida yozibdi. U orqali eri kechki ovqat menyusi bilan tanishishi va bugun nima yeyishni oson tanlashi mumkinligini aytdi. Menyu vaqti-vaqti bilan o'zgarib turarkan!

Bu qanday ajoyib topilma ekanligini faqatgina uylangan yigitlar yaxshi tushunadi:) Bravo!

@boredpandablog
Bugun Turkiston saroyida Ludovico Einaudi nolalari orasidan seni izladim..

@boredpandablog
#kinonews

Prodyuser Jerri Brukxaymer “Karib dengizi qaroqchilari” olami bo'yicha yangi ikkita film ishlab chiqarilayotganini tasdiqladi

Birinchisi, Jeff Natanson tomonidan yozilgan ssenariy asosidagi franshizaning qayta ishga tushirilishidir.

Ikkinchisi esa Margo Robbi ishtirokidagi spin-off film bo'ladi.

Brukxaymer hammasi yaxshi bo'lishiga va ikkala film ham ekranlarga chiqishiga umid qilmoqda.

@boredpandablog
#premyera

Yaqin vaqtlardagi men kutayotgan katta premyeralar.

@boredpandablog
#haqida

Tibbiyot tizimida PUL masalasi

Yoshligingda uncha bilinmasligi mumkin, ammo uylanib, yosh bolali va oilali bo'lgach, Poliklinikalarga ko'p ishing tushadi. Va Uchinchi Renessansni o'z tanangda shunday sezasanki...

Poliklinikaga hech kim o'ynashga bormaydi, ammo kirishing bilan ta'bing buziladi. Uzundan uzun navbatlar, xaos, baqir-chaqir... Men ular xushmuomala bo'lsin, navbat bo'lmasin demoqchi emasman. Ammo tizimdagi toksiklik darajasini shkalasi juda baland. Masalan, DXM yoki bankka borsangiz ham navbatda turasiz, lekin unaqa darajada nastroyeniyangiz buzilmaydiku, to'g'rimi?

Eng yomoni, hozir bu yerda korrupsiya "legallashyotgani". Masalan, navbat ko'p. Lekin navbatsiz kirish uchun "soqqa"sini kassaga to'lasang, "bezochirid" kirasan. Hammani qarg'ishini eshitib albatta.. Yoki ba'zi analizlar pullik. Nega bunday?

Ko'p do'xtirlar kam oylikdan nolishadi, buni bilamiz. Lekin shu bilan birga poliklinikalarda doktor anqoni urug'i. Biri obedgacha ishlasa, biri soat 15-gacha.. boshqasi "vechno otpuska, komandirovka, Apollonda Marsga uchib ketgan". Qachon qaytishini bir Xudo biladi.. Yana, siz oldin mahallaga biriktirilgan shifokorga kirib, keyin masalan, Lorga yo'llanma olishingiz kerak. Ortiqcha yugur-yugur.

Poliklinikalar hajman kichkina, bemor nihoyatda ko'p. Binolar ba'zilari eski, shifokorlar qari, ko'pchiligi jizzaki bo'lib qolgan, yaxshi qaramaydi. Yana "Bolnichniy"ni ulab qo'yilgani sabab, unaqa ish bilan kelganlar ham vaqtni oladi albatta.

Xo'sh, muqobili - xususiylar borku dersiz?! Kecha ayolim ayollar shifokoriga kirishiga, shunchaki konsultatsiyaga 250.000 to'ladik. Qizig'i, shu ayol, poliklinikadayam ishlaydi, ammo u yerda ko'rishga "vaqti yo'q. Xullas, qanaqa doktor ko'rishidan qat'i nazar, konsultatsiyani o'zi 150 ming so'mdan boshlanadi deyarli barcha joyda. Uyog'iga, muolaja, dorilar hisoblayverasiz...Aholining katta qismi oylikka kun ko'rishini hisobga olsak, bunday davolanishni shunchaki cho'ntak ko'tarmaydi.

Va oxirgi nuqta - ba'zan pulingga ham yaxshi xizmat topolmaysan. Qimmaaat bitta klinikaga borasan. Divanlar italyanskiy, texnikalar yaponskiy, narxi nemeskiy, muolaja esa o'sha-o'sha...

Oxirgi yillar sohada ko'p yaxshi o'zgarishlar qilindi, shubhasiz buni tan olish kerak. Ammo lekin hali tubdan isloh qilinishi kerak muhim ishlar turibdi.

Davlat o'z shifoxonalarida chinakam sifatli tekin (soliqto'lovchilar hisobidan) tibbiy xizmatni yo'lga qo'ya olsa, odamlar eng katta boyligi - sog'ligini uzoq vaqt yaxshi asrab tura olardi.


@boredpandablog
#HouseOfDragon #AjdarXonadoni

⚡️“Ajdar Xonadoni” seriali ikkinchi mavsumining yangi posteri.

Premyera 16-iyun.

@boredpandablog
O'zgacha rakurs.

@boredpandablog
2024/05/23 07:34:36
Back to Top
HTML Embed Code: