Telegram Group & Telegram Channel
Juniorlarda ko‘p uchraydigan xatolar

[1-qism] (davomi 2-qismda)

Kecha yangi kitob o‘qishni boshlagan edim, muallifi podcast yuritar ekan. Eshitib ko‘rish uchun kirdim. Birinchi eshitib ko‘rgan mavzuyim Juniorlar haqida edi.

Juniorlarda ko‘p uchraydigan xatolar

Bilamiz-ki, ko‘p savollar Juniorlar orasida chiqadi. Middle va seniorlar savollari ancha kam va kam takrorlanadi. Bu yerda junior dasturchilarda uchraydigan xatolarning ba’zilarini keltirib o‘taman.

1. Bir vaqtda ko‘p narsa o‘rganish.

Bir vaqtda bir necha katta texnologiyani o‘rganishni boshlashadi. Python, JavaScript yoki MongoDB kabi texnologiyalarni kimdir ularga kerak degani uchun o‘rganishni boshlashadi. Bu esa salbiy natijalarga olib keladi. Biror tilni yaxshi tushunmaslik, kerak bo‘lmasa ham o‘rganishga vaqt sarflash yoki imkoniyatlarni aralashtirib tushunish va ertaga kerak bo‘lganida qo‘llay olmaslik kabi. Eng yomoni biror loyihani faqat shu aytilgan texnologiyada qilish mumkin deb o‘ylash.

Tavsiya: Bir vaqtda faqat bitta til yoki texnologiyani mukammal o‘rganishga harakat qiling.

Vaqti kelib keyin boshqasiga o‘tib olaverasiz.

2. Version contol’ni tushunmaslik.

Version contol juda ajoyib narsa. U bilan tarixga qaytish mumkin, dasturning turli variantlarini sinab ko‘rish mumkin, bir biriga xalal bermay ishlash mumkin. Gitdan yaxshisi bo‘lmasa kerak, lekin man SVNni yaxshi ko‘rar edim. Agar kimdir hali ham file va zip bilan versiya saqlab yurgan bo‘lsa, uzr siz hali junior darajasiga yaqin ham kelmabsiz.

Bu mavzuda nafaqat juniorlar, balki katta dasturchilar ham xato qilib turishadi. Vaziyatlar ham turlicha. Ba’zilarini keltirib o‘taman.

* Commit qilishni unutish
* Keraksiz filelarni repoga yuklash. Masalan, IDE ishlatadigan sozlama (config)lar, muhit (env) fayllari, vaqtincha va ishga tushuvchi fayllar (build, .class, .so va boshqalar)
* Begona shoxga (branch) kodni yuklash.
* Force-push buyrug‘ini ishlatish 🤯
* Keng tarqalgani, Commit qilib, Push qilmaslik. (Yuklashga tayyorlab, yubormaslik)

Bularni qilmaslik uchun juda ko‘p usullar va qoliplar mavjud. (GitFlow masalan).

Tavsiya: Gitdan foydalanish qoidalari va korxonalar ishlatadigan usullar bilan tanishib qo‘ying. Agar siz ishlayotgan joyda joriy qilinmagan bo‘lsa, kiritishga harakat qiling.

3. Ma’lumotlar shakllarini bilmaslik

Ma’lumotlar bilan ishlaganda ko‘pchilik yosh dasturchilar ma’lumotning xotiradagi shaklini biladi. Integer, String va Array kabi. Hayotda esa ko‘proq CSV, JSon va XML lar bilan ishlashi kerak bo‘ladi.

Ko‘rinishidan juda sodda, ammo bilmaganlar uchun vaqt oladigan narsalar. Bu shakllar mohiyatini yaxshi bilmagan dasturchi ishi tushganida parser (o‘qigich) yasashga harakat qiladi. Vaholanki buning har biri uchun minglab parserlar allaqachon internetda bor.

Bu boradagi ba’zi maslahatlar:

CSV
* Barcha matn qiymatlarni qo‘shtirnoqqa oling.
* UTF-8 kodlashdan foydalaning.

JSON
* JSON va JavaScriptni farqini bilib oling.
* JSON to‘g‘ri bo‘lish tablarini o‘rganing.
* JSON ma’lumotingizni json schema yordamida tekshirishni biling.

XML
* Atributlar va elementlarni tushib oling.
* HTML bilan farqini biling.
* XQuery va XPath yordamida so‘rov yozishni o‘rganing.
* Case sensitive (bosh va kichik harflar bir xil hisoblanishi)ni hisobga oling.
* CData nima ekanini va mohiyatini tushunib oling.

Tavsiya: Fayllar bilan ishlaganda avval u fayl kengaytmasiga mos dasturlar bor ekanini qarab chiqing. Tayyor kutubxonalarni o‘rganib, ishlatib ko‘ring.

davomi bor...

Bitta xabarga sig‘madi. Davomini keyingi postda.

16.01.2025 London
@DrAlgorithm
👍413

tg-me.com/DrAlgorithm/801
Create:
Last Update:

BY Dr. Algorithm

Share with your friend now:
tg-me.com/DrAlgorithm/801

View MORE
Open in Telegram

telegram Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Dump Scam in Leaked Telegram Chat

A leaked Telegram discussion by 50 so-called crypto influencers has exposed the extraordinary steps they take in order to profit on the back off unsuspecting defi investors. According to a leaked screenshot of the chat, an elaborate plan to defraud defi investors using the worthless “$Few” tokens had been hatched. $Few tokens would be airdropped to some of the influencers who in turn promoted these to unsuspecting followers on Twitter.

The Singapore stock market has alternated between positive and negative finishes through the last five trading days since the end of the two-day winning streak in which it had added more than a dozen points or 0.4 percent. The Straits Times Index now sits just above the 3,060-point plateau and it's likely to see a narrow trading range on Monday.

telegram from kr

Telegram Dr. Algorithm
FROM USA