tg-me.com/DrAlgorithm/879
Last Update:
Parolni qayerda saqlaysiz?
Bu savol meni ko‘p o‘ylantiradi va kamida 10-15 ta saqlash usulini ko‘rganman.
Mana masalan, Siz, shaxsiy parollar (kalitlar)ingizni qayerda saqlaysiz?
Ba’zi men bilganlarim:
1. Barcha parol bir xil. Eslab qolaman.
2. Notepad yordamida filega saqlayman. Chunki parollarim turlicha va ko‘p.
3. Qog‘oz daftarim bor, shunga yozib yuraman.
4. Ishxonada, monitorga yopishtirib qo‘yganman.
5. Browser o‘zi saqlaydi, man bilmayman.
6. Apple / Google password manager saqlaydi. O‘zi bilib. Man faqat yuzimni ko‘rsatib ochaman.
7. Password managerda saqlayman (!)
8. Mening parolim algoritmi bor. Har bir sayt uchun alohida. Shu algoritm asosida parol yasab, ishlatib yuraman. Saqlamayman.
9. Maxsus qurilma bor. Parollar unda turadi. Man USBga ulab ishlataman (!!)
10. Mani parolim nima edi?
Hozirgi zamonda bu kabi holatlar hammamizda bor. Kimdir his etadi, kimdir esa yo‘q.
Bir vaqtlar har oy ba’zi tizimlar parolini almashtirishim kerak bo‘lar edi. Shunda yangi parol o‘ylab topish qiyin edi. Takrorlanmaydigan parol ixtiro qilish vaqt olardi. Bu ish uchun sayt qidirib, LastPass'ni topgan edim. Ishim juda tezlashgan, kamida 15 daqiqa tejar edim.
Shunda savol tug‘ilgan edi:
- Bu saytga nima zaril parol yasaydigan qilish? Bu tashkilotga nima foydasi bor? - deb.
Hozir password manager'ni har kuni ishlataman. Qulayliklari man o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq.
Avval qanday yashagan ekanman? :)
InfoSec konferensiyada bir necha password manager korxonalar qatnashdi. Hozir ham yangiliklar qilib turishibdi. Qayerdan yangi g‘oya o‘ylab topganini ko‘rib, hayron qolasiz.
Maslahatim, tezroq password manager ishlatishni boshlang.
Izoh: Parol so‘zining o‘rniga Kalit so‘zini ishlatmoqchi edim. Odamlarda parolni saqlash g‘oyasi hosil bo‘lishini istadim. Kalit nima ekan deb chalg‘ishni emas.
16.06.2025 London
@DrAlgorithm
BY Dr. Algorithm

Share with your friend now:
tg-me.com/DrAlgorithm/879