Telegram Group Search
Bir ustozimiz aytgandilar:

"Bu ummatga bir Umar yetishmayapti. "Hammamiz Abu Bakr kabi halim(yumshoq), Usmondek hayoli, Ali kabi aqillimiz." Faqat shijoatli Umar kerak bu ummatga..." degandilar...

(Raziyallohu anhum ajma'in)

Olimlarning suhbati qalblarni uyg'otadi...

@afiyfun
Forwarded from Haloliy | حلالي
Aqli borlar bizni tark etdi.
Qalbi borlar esa hali hamon biz bilan birga..

| Ayman Yog'iy
Meni yoqib kul qilgan kalomlar ne uchun qog’ozlarni yoqmas?

#Men

@afiyfun
Abu Hanifa rahimahulloh aytadilar:

«Ulamolar hayoti haqidagi qissalar men uchun ayrim fiqhiy masalalardan ko’ra suyukliroqdir. Chunki unda olimlar odobi va go’zal xulqlari hikoya qilinadi».

@afiyfun
Gharred ya shiblal iyman
@afiyfun
Sayrar qalblarda Iymon,
Gulzorlar chorlar Qur‘on.
Unda haq bor, unda nur bor,
Unda durlar va marjon...

@afiyfun
Abdulloh ibn Muborak rahimahullohdan “Eng yaxshi amal qaysi?” deb so’raldi. “Alloh uchun nasihat qilish”, deb javob berdilar.

Alloh uchun nasihat qiladigan insonlarimiz kam…

@afiyfun
Har narsaga qaramay ne'matlar ichidamiz... Biroq buni o'sha ne'matdan ayrilmaguncha his eta olmaymiz...

@afiyfun
"Umma Life"da bormisiz?
Anonymous Poll
14%
Borman
61%
Yo‘qman
25%
Nima u?
Hozirni yasha!

Kecha o‘tdi! Erta kelishi mavhum! Sen hozirgi lahzalardan foydalan!

@afiyfun
Huzur namozdadir sen qayerdasan?

Uyingizda chiroq o'chib qolsa, qorong'u tushib qolmasidan bor vaqtingizni o'sha muammoni hal qilish uchun sarflaysiz. Lekin qabrning qorong'uligi undan ham shiddatliroq. Ushbu muammoga yechim izlash, hal qilish uchun vaqtingizdan biron ishni, amalni hoslab ajratib qo'yganmisiz?!

Men sizga ushbu muammoni bartaraf etishingizda namozga mashg'ul bo'lishingizni tavsiya qilaman. Nafl namozlarni ko'paytiring, ularni hushu' bilan ado eting. Chunki Rasululloh ﷺ : "Namoz nurdir", deb marhamat qilganlar.

@afiyfun
Muhammad ibn Ali rahimahulloh aytadilar:

"Birodaring qalbida senga muhabbat darajasini bilishni istasang o‘zingning qalbingda unga muhabbat darajasiga qara!"

(Sen odamlarni yaxshi ko‘rganing miqdoricha ular seni yaxshi ko‘radi)

@afiyfun
A’fiyfun
#Juma

Quyosh chiqqan kunning eng yaxshisi Juma kunidir!

Juma kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ko’proq salovat aytish sunnat.

@afiyfun
Tabassum, nega bunchalar go'zal va samimiy..?

Chunki tabassumni amalda bizga ta'lim bergan muallimimiz onamizdir. Inson onasidan o'rnak oladigani eng birinchi tabassumdir. Onaning farzandga tabassumi haqiqiy, samimiy, mehrli, hech qanday manfaat istamay qilingan tabassumdir. Shuning uchun har insonning tabassumi go'zal...

@afiyfun
Insonning og’zi bilan yuzidan qalbi ko’rinadi…

#Abdulloh Rahim

@afiyfun
#Maktab

Qadrli maktabni bitirayotgan ukam yoki singlim!

Katta hayotga xush kelibsan!
Sendan aka sifatida faqat bittagina narsani iltimos qilaman: o'qi!
Oliy ta'limga kirasanmi, chet elga ketasanmi, to'garaklarga borasanmi, o'quv markazlariga borasanmi, tabiiy kitob o'qiysanmi, pdfmi, ahamiyatsiz.
O'qi!
Men aytayotgan fikrlarni shuncha yil boshqalar judayam ko'p marta aytib kelgani aniq.
Agar oilang badavlat bo'lsa, munosib davomchi bo'lishing zarur.
Agar o'rtahol bo'lsang, hayotingni yanayam yaxshilashing kerak.
Agar kambag'al bo'lsang, qutqaruvchi qahramon bo'lishing shart.
Sen o'z ustingda qattiq ishlasang bas, Alloh bu mehnatlaringni albatta javobsiz qoldirmaydi.

Yo’qchilik, qarzlar, pulsizlik...
Hammasidan qutulish mumkin va barchasi o'zingga bog'liq.
Hech kim chetdan kelib, senga yaxshi hayotni sovg'a qilmaydi va ayni dam hech qayer quchoq ochib seni kutayotgani yo'q.

"Menga ish berasizmi?" degan savol pozitsiyasidan "sizda ishlasam menga qancha to'laysiz?" pozitsiyasiga o'ta olishing kerak ilming, haraktering, xarizmang va maqsadlaring bilan!

"O'qib olim bo'larmiding" deguvchilarga umuman quloq solma. Odatda o'qimasdan olim bo'lishning imkoni yo'q va bo'lmaydi ham. Bunday gapni esa yaxshi o'qimagan va olim bo'la olmagan alamzadalar aytadi.

Faqat IT va faqat til o'rganish bilan cheklanib qolma, biror kasbni sifatli mutaxassisi bo'lishga harakat qil.
Sifatli bo'lolsang qiymating qimmat bo'ladi.
Oliy ta'limga kirsang, har kuni u yerga qatnayotganing seni ovutib, aldab qo'ymasin.
Hech qachon hech kim qaytarib bermaydigan vaqtingni nimaga sarf qilayotganingga doim diqqat qil.

Hech narsada omadga ishonma, omaddan omadsizlar umid qiladi.
Hayotingni eng go'zal va bir kun kelib sog'inib eslanadigan davrini yashayabsan, har lahzaning qadriga yet.

Unutma, sening o'qishing uchun ota-onang yarim chala uxlab, yillarini o'zidan ko'ra seni o'ylashga sarfladi.

#Sanjar Shams

@afiyfun
Oltinning so’zlari

Ha, men o’sha go’zal oltinman,
Ko’rsataman keyinroq kuchim.
U qadar dod solib achinmang,
Men yonyapman yaltirash uchun!

Hozir esa yonaman qaro,
Maqsadimga yetaman oxir,
Bulg’alangan loy, tuproq aro
Tozalanish o’zimi, axir?!

Hozir meni tinch qo’yinglar, tinch,
Iltimosim bilsangiz bo’ldi:
O’sha go’zal porlagan kunim
Tomoshoga kelsangiz - bo’ldi!

#Xayrulla Hamidov

@afiyfun
Odamlar seni butunlay yo’qotganlariga guvoh bo’lganidagina qadringa yetishadi.

@afiyfun
Inson dunyoni tinchita olmaganda, yomg’ir ayni bebaho ne'mat…

Allohumma soyyiban nafi’an!

@afiyfun
2024/05/26 03:11:06
Back to Top
HTML Embed Code: