Telegram Group & Telegram Channel
Qurilma ishxonada katta yordamchi

Biznes pul topish uchun tashkil etiladi. Kamroq xarajat ko‘proq daromad topishga reja qilinadi.

Lekin har doim ham kam xarajat ko‘p foyda olib kelmaydi.

Bunga misol tariqasida dasturchilar ishlatadigan qurilma haqida aytib bermoqchiman.

2007 yil, ilk StartUp’ga asos solgan vaqtimiz edi. Loyihani muhokama qildik, bitta homiy topdik va 4 ta kursdosh ishni boshladik.

U vaqtlar Yarmarka nomi bilan mashhur savdo do‘konlari bo‘lar edi, Navoiy ko‘chada. Dasturchilar (biz) ishlashimiz uchun kompyuter (desktop) olishimiz kerak. Do‘konlarni aylandik va qurilma konfiguratsiyasini so‘rashdi.

Intel Core 2 Duo - u vaqtlar yangi chiqqan vaqtlari edi.

Bitta qurilmada 2 CPU lar davri. Eng zo‘r kompyuterni yig‘dirib olganmiz. Intel Core 2 Duo 2CPU 2vCPU 2.4GHz, 16GB RAM...

Kompyuter narxi oddiy kompyuterga qaraganda 2-3 marta qimmat edi. Server qilib ishlatsa ham bo‘lar edi. Asosiy plata (Motherboard)ning media pulti ham bor edi. Taqdimot (prezentatsiya) ko‘rsatishda yoki media pleyer boshqaruvida ishlatish uchun.

Aynan shu qimmat texnika bizga keyinchalik katta foyda bergan. Nima uchun deb o‘ylaysiz?

Imkoniyati kuchli bo‘lgan texnika dasturchining vaqtini tejaydi.

Kod yozganda kompilyatsiya vaqtiga ko‘pchilik e’tibor bermaydi. Ayniqsa kattaroq loyiha bo‘lsa. Hozir Android Studioni mem qilib, sekin ishga tushadi (build qiladi) deyishadi. 2007 da esa Nokia uchun yozilgan Java dastur shunday edi. 5-10 daqiqa kutish kerak bo‘lar edi.

Bizning kompyuterlar shu vaqtni 1-2 daqiqada bajarar edi.

Bu nima beradi? O‘ylab ko‘ring, kodni yozgan dasturchi kuniga 10 marta kompilyatsiya qildi. 10 daqiqadan hisoblasak, 1.5 soat degani. Agar 20 marta bo‘lsa, 3 soat.

Ish vaqtining yarmi kutish bilan o‘tib ketadi.

Agar bu jarayon 1-2 daqiqada tushirilsa, dasturchi 10-20 ta emas, 50 marta ham Run tugmasini bosa oladi va ish faoliyati 2-3 marta tezlashadi. Chunki dasturchi kompilyatsiya uzun bo‘lgan uchun vaqtini tejab uzun kod yozadi. Bu esa kodni tekshirish (Code review) jarayonini sekinlashtiradi. Undan ko‘ra kalta kod yozib, ko‘proq ishga tushirsin. Kod kamroq xatoga ega bo‘ladi, ish tezroq bitadi.

Demak, qimmat texnika olganimiz bizga foydaga ishlar ekan.

Dasturchining vaqti qimmat turadi. Siz 3 soat kutib o‘tirishiga beradigan pulingiz bitta yangi kompyuter narxiga teng bo‘ladi.

Shunday ekan, jamoani tez va qiziqib ishlashini xohlar ekansiz, ularning ish qurollarini puxta qilib qo‘ying.

20.06.2025 London
@DrAlgorithm
👍36🔥7🕊1

tg-me.com/DrAlgorithm/880
Create:
Last Update:

BY Dr. Algorithm

Share with your friend now:
tg-me.com/DrAlgorithm/880

View MORE
Open in Telegram

telegram Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Launched in 2013, Telegram allows users to broadcast messages to a following via “channels”, or create public and private groups that are simple for others to access. Users can also send and receive large data files, including text and zip files, directly via the app.The platform said it has more than 500m active users, and topped 1bn downloads in August, according to data from SensorTower.

If riding a bucking bronco is your idea of fun, you’re going to love what the stock market has in store. Consider this past week’s ride a preview.The week’s action didn’t look like much, if you didn’t know better. The Dow Jones Industrial Average rose 213.12 points or 0.6%, while the S&P 500 advanced 0.5%, and the Nasdaq Composite ended little changed.

telegram from nl

Telegram Dr. Algorithm
FROM USA