Telegram Group Search
Ba’zi narsalar ko’paygani sari o’z qadrini yo’qotadi, shu qatorda UZR ham…

@afiyfun
A’fiyfun
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun! Biz Allohnikimiz va Allohga qaytamiz!
Yoshing ulg’ayib borar ekan, yaqinlaringdan birma-bir ayrilib borasan ekan…

Bugun yana bir yaqin insonim omonatlarini topshirdilar. Robbim gunohlarini kechirsin, muborak jannatlari bilan siylasin, Amin!

@afiyfun
Gapirilmagan haqiqat, so'zlangan foydasiz kalom tilning isrofidir...

@afiyfun
Taqvoying va iymoningni masjidlarga ko'mib tashlama... masjiddan tashqarida ham ular bilan bo'l!

@afiyfun
Qanchadan-qancha xatolarimiz bor va bu xatolarimizni bilgan insonlar bizni kechirishini, ayblarimizga uzr berishlarini xohlaymiz.

Shu bilan birga biz ham, uzr beruvchi bo'lishimiz kerak, atrofimizdagilar xato qilganda kechirish, bilmaslikka olish yoki, chiroyli nasihat qilib, ayblarini o'tib yuborishimiz naqadar yaxshidir...

@afiyfun
“Allohdan rozi bo’lish, o’zing turgan har qanday holatingdan ortig’ini orzu qilmasligingdir”

#Sufyon ibn Uyayna rahimahulloh

@afiyfun
Na kechagi dunyoda xatolik bor edi, na bugungi dunyoda, dunyo ayni dunyodir. Inson ayni insondir. Imtihon ham o'sha imtihondir. Har yer Badrdir, har yer Uhuddir. Hamma Mus'ab, hamma Hamza, hamma Abu Bakr raziyallohu anhu nomzodidir. Kimdir o'z vazifasini chiroyli tarzda ado etar, kimdir esa bebaho umrini habata qilar...

#Nuriddin Yildiz

@afiyfun
Mazhabim

Mening go'zallik va ehtiros borasida o'z mazhabim bor. Men insonlarni ko'zim bilan emas, qalbim bilan ko'raman.
Bir kishini yaxshi ko'rsam, uni boshqalar xunik desa ham u mening ko'zimga go'zal ko'rinaveradi.
Bir kishini yoqtirmasam, kishilar unda Yusuf alayhissalomning jamolini ko'rishsada, xunik ko'rinaveradi.
Qalbimdan qulagan kishi ko'zimdan ham qulaydi!

#Abdulqodir Samarqandiy

Ustoz bilan naqadar o'xshashmiz:)

@afiyfun
Agar qalb xalq bilan mashg’ul bo’lsa, Haqdan g’ofil qoladi!

@afiyfun
Forwarded from عائشة صديقة
Assalamu alaykum azizlar!

Bir tolibi ilm do'stimizga to'lov kontraktlarini to'lashda qiyinchiligi bor ekan, himmat qilib oz-ozdan yordam qilsak inshaAlloh mushkullari bitib qolar edi. Sizlarni mana shu hayrli ishga chorlab qolamiz, zero har bir yaxshilik uning egasiga qaytguvchidir. Allohning izni bilan birgalikda ko'p ishlarni bajara olamiz, mo'minning boshqa mo'minga qilgan bir duosi ham katta yordamdir aslida, shuning uchun e'tibosiz qoldirmaylik azizlar, qodir bo'lsak yordam qilaylik, hech bo'lmasam shuni ulashib va duo qilib qo'yaylik. Bunday ko'maklarni aslida eng avvalo ilm uchun va uni egalari uchun tashkillashtirish kerak. Moddiy sabab tufayli oʻqiy olmayotganlar juda koʻp, shuning uchun bu yo'lda ularga ko'maklashishimiz juda ham zarur .
Ilm va uning ahli uchun hamma birlashishi, qoʻlidan kelgan yordamni qilishi kerak. Alloh taolo barchamizdan rozi bo'lsin va bizlarni muhsin va muhlis bandalaridan qilsin.

Yordam qilmoqchi bo'lganlar uchun karta raqami:

8600 6120 2425 9698
#Isrof

Non, suv keraksiz va ko'p ishlatilganda "isrof qilindi" deymiz. Eng mukarram borliq bo'lgan insonning eng qadrli a'zolari keraksiz ishga ishlatilganida isrof qilingan bo'lmaydimi? Haqiqatni ko'rsin deya yaratilgan ko'zni kimning qayerda qanday foydalangani, nonning axlatga tashlanishi yoki yeyilishi qadar muhokama qilinishga arzimaydimi?

Millionlarcha bolalarning ko'zi, qulog'i yangi tehnologiya fitnasining qarshisida isrof qilinganda, faqat bir kunning o'zida bu ummat qancha mujtahid, qancha solih inson yo'qotyapti, buni nima uchun hisobga olmaymiz? Bu ummat bolalarining har biri non kabi qadrli emasmi, ajabo?

Ey,voh, yangi hayot tarzi, texnologiya, madaniyat, ijtimoiy tarmoq, yangi do'stlik tushunchalari, betonli qo'shnichiliklar, manfaat ustiga qurilgan o'rtoqliklar, a'zolarimizni va a'zolarimiz ustidan bizni halok qilyapti. Ko'zimiz qulog'imiz asir bo'ldi. Bizning qulog'imizdan, bizning ko'zimizdan boshqalar foydalanyapti va biz esa tomosha qilyapmiz. Isrof haromdir. Nonning isrofi ham, ko'zning isrofi ham haromdir. Har a'zoyimiz biz kabi qadrlidir. Isrofi esa tahlikadir. Buni idrok qila olmaslik esa yana ham og'ir bir tahlikadir.

#Nuriddin Yildiz

@afiyfun
Kundalik tashvishlarimiz ko’pligidan, Robbimiz bergan qancha ne’matlarni ko’rolmaymiz, shukr qilishga vaqtimiz yo’q…

@afiyfun
Bir ustozimiz aytgandilar:

"Bu ummatga bir Umar yetishmayapti. "Hammamiz Abu Bakr kabi halim(yumshoq), Usmondek hayoli, Ali kabi aqillimiz." Faqat shijoatli Umar kerak bu ummatga..." degandilar...

(Raziyallohu anhum ajma'in)

Olimlarning suhbati qalblarni uyg'otadi...

@afiyfun
Forwarded from Haloliy | حلالي
Aqli borlar bizni tark etdi.
Qalbi borlar esa hali hamon biz bilan birga..

| Ayman Yog'iy
Meni yoqib kul qilgan kalomlar ne uchun qog’ozlarni yoqmas?

#Men

@afiyfun
Abu Hanifa rahimahulloh aytadilar:

«Ulamolar hayoti haqidagi qissalar men uchun ayrim fiqhiy masalalardan ko’ra suyukliroqdir. Chunki unda olimlar odobi va go’zal xulqlari hikoya qilinadi».

@afiyfun
Gharred ya shiblal iyman
@afiyfun
Sayrar qalblarda Iymon,
Gulzorlar chorlar Qur‘on.
Unda haq bor, unda nur bor,
Unda durlar va marjon...

@afiyfun
Abdulloh ibn Muborak rahimahullohdan “Eng yaxshi amal qaysi?” deb so’raldi. “Alloh uchun nasihat qilish”, deb javob berdilar.

Alloh uchun nasihat qiladigan insonlarimiz kam…

@afiyfun
Har narsaga qaramay ne'matlar ichidamiz... Biroq buni o'sha ne'matdan ayrilmaguncha his eta olmaymiz...

@afiyfun
2024/05/23 03:30:52
Back to Top
HTML Embed Code: