tg-me.com/psixologkanali/2915
Last Update:
Videoni diqqat bilan kuzatsangiz hozirgi odamlarning psixologik beqarorligiga, ya'ni, asabiylik, tushkunlik, siqilish, ruhiy charchoqlarga sabab bo'layotgan asosiy omillardan biri deb insonlar real muloqotdan ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotga o'tib ketayotganligi ko'rsatilgan. Odamlar o'zaro bir-biri bilan dildan gaplashmayapti, muloqotning asosiy qismi internetda o'tyapti. Bu esa kuzatuvlarimga qaraganda 2 ta holatga sabab bo'lyapti:
• birinchidan, real muloqotning kamligi odamlarning ichki kechinmalarini "tashqariga chiqarib yuborish"iga to'sqinlik qilmoqda.
Samimiy muloqot terapevtik kuchga ega. "Ichkarida yig'ilib qolgan" va "chiqarib yuborilmagan" noroziliklar, ehtiyojlar psixologik portlashga, ruhiy passivlikga sabab bo'ladi;
• ikkinchidan, yosh avlodda muloqot ko'nikmalari, muomala, o'zini tutish, o'zini boshqarish bilan bog'liq muammolar yuzaga kelyapti.
Farzandingiz muloqotsiz o'sib, raqamli zombiga aylanishini xohlamasangiz, ular bilan muloqot qiling, sayrlarga chiqing.
📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
BY PSIXOLOGIYA│Psixolog kanali
Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 280
Share with your friend now:
tg-me.com/psixologkanali/2915