Telegram Group Search
​​Qachonlardir majburlikdan o'rnatilgan tartib, hozirda umuman ahamiyatsiz bo'lib qolgan bo'lsa-da, u oilaviy an'ana, urf-odat, qoida sifatida saqlanib qolaveradi (agar siz bu tartib-qoidaga amal qilmasangiz, sizni kamida "qo'shtirnoq ichidagi aqlli"ga aylantirishadi).

Bu holatni, faqat oq ko'ylak-galstukda yuradigan odamning, oq ko'ylagi qurimay qolib, oq futbolkaga galstuk taqib ketishiga o'xshatish mumkin.

📌Obuna bo'lish: @psixologkanali
Qachon biz o'zimizni baxtli his qilamiz?

❗️Qachon odam baxtli bo'ladi degan savolga javob topish juda qiyin, chunki, har bir insonning o'zini baxtli his qilishi o'z o'lchovlariga bog'liq: kimdir Rossiyada ishlab, uyiga 5-6 ta "qog'oz" jo'natsa, o'zida yo'q xursand, kimdir Toshkent City dan 3 xonali kvartira sotib olsa ham hafa.

Sahroda 1 piyola suv topib olgan inson o'zini 100 ming dollarga mashina olgan kishidan baxtliroq his qilishi mumkin.

Zargarning do'stini ham baxtli qiladigan narsa - bu sovg'aning qimmatroq, arzirli bo'lishi edi. Shu bilan u sevganining qanchalik qadrli ekanligini bildirmoqchi bo'ladi.

📌Obuna bo'lish: @psixologkanali
Odamlarni "ha" deyishga ko'ndirsa bo'ladimi?

Kimdandir o'zimiz uchun kerakli narsa so'rasak va buning sababini aytsak, u odamni ko'ndirish ancha oson bo'lar ekan. Chunki odamlar qilayotgan ishlarini sababini bilishni yaxshi ko'radi. Odamlarni nimadir qildirishga ko'ndirish uchun vaziyatni tushuntirishning o'zi kamlik qiladi, "nima uchun"ligini bildirish ham kerak bo'ladi. Buning uchun nimadir so'rgandan keyin "chunki" so'zini ham qo'shib qo'yish kerak.

"Chunki" so'zi ishlatilganda odamlar qilinayotgan ish "bekordan-bekorga emas"ligini tushunadi va bu ularda avtomatik reaksiyani vujudga keltiradi. Shuning uchun ham Langer "chunki" so'zini qo'shib ishlatganda navbatda turganlarda avtomatik tarzda "muhim yoki zarur ish bo'lsa kerak" degan hayol o'tdi.

📌 Langer eksprimenti bilan tanishish uchun

Obuna bo'lish: @psixologkanali
To'yda "sarpo" bergan, instagrammda "like" bosgan, qaysidir tanishingizga sizni maqtagan, avtobusda sizga ham "yo'lkira" to'lab yuborgan odamlar bo'lgan. Bu insonlar ko'nglimizdan "joy" oladi, ular bilan o'zimizni yaqin his qilamiz. Keyingi safar u insonni uchratib qolsak, tanishlardek yaqin ko'rishamiz va holangki, u bizga bor yo'gi bitta "like" bosdi. Bordiyu u inson bizni birorta Coca Cola bilan mehmon qilgan bo'lsa bormi, o'zimizni qarzdordek his qilamiz, garchi uning o'rnida biz bo'lganimizda ham xuddi shunday qilardik.

Nima uchun shunday? Nima uchun bizga ozgina e'tibor qaratgan, ozgina yaxshilik qilgan yoki ozgina g'amxo'rlik ko'rsatgan odamdan bunchalik minnatdor bo'lamiz?

Chunki inson zoti tabiatida shu narsa bor: boshqa odam tomonidan ko'rsatilgan yordam uchun unga ham qandaydir ko'mak berish lozim. Kimdir bizga yordam bersa, biz ham qaytarishimiz kerak, agar qaytarmasak, biz o'zimizni qarzdordek his qilamiz.

Professorning Rodjestvo tabrigi eksprimenti

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
​​#hikoya

Bir inson donishmandning oldiga kelib, donishmanddan haqiqat nimada ekanligini unga tushuntirishini soʻrabdi. Donishmand unga bir xonaga kirib, xonada nechta yashil rangli buyum borligini bilib chiqishini aytdi. U xonaga kirib, yashil buyumlarni sanadi va  ular 8 ta ekanligini donishmandga aytibdi.

Shunda donishmand undan soʻradi:
- Xonada nechta qizil rangli buyum bor yedi?
- 2 yoki 3 ta edi? - oʻylanib javob qaytardi.

Donishmand unga xonaga boshqatdan kirib, qizil rangli buyumlarning sonini aniq sanab chiqishini aytibdi.

U xonaga yana kirib, bu gal qizil buyumlar sonini aniq sanab chiqibdi.

- 10 ta ekan.

- Haqiqat shundaki, - javob qaytardi, donishmand, - inson, bu hayotda faqat oʻzi izlagan narsalarni topadi...

⚡️Biz-chi? Biz nimalarni izlayapmiz?... Baxtmi, quvonchmi yoki muammolarni izlayapmizmi?...

@psixologkanali
​​Psixologik inqiroz nega muhim?

Har bir yosh davrida shu yoshga xos bo'lgan o'y-fikrlar, mulohazalar bo'ladi. Insonda bir umr pallasidan keyingi pallaga o'tish paytida ma'lum qiyinchiliklar, ruhiy tushkunliklar, stressli holatlar kuzatiladi. 

Masalan, 

• o'smirlik davri o'zining qiziqqonligi, beqarorligi bilan bizga yaxshi tanish...

• yetuklik davri boshlanishining ham o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor: o'ziga mos ish topish, oila qurish, yangi oilaga moslashish, ular biln "til" topishish... 

• 40-45 yoshda esa erishganlarini sarhisob qilish: to'g'ri kasb tanladimmi, yaqinlarim, do'stlarim nimalarga erishdi-yu men nimaga erishdim, turmush o'rtoq tanlashda xatoga yo'l qo'ymadimmi...                                                                           

Albatta bu kabi o'y-fikrlar odamga bosim beradi, ruhiy jihatdan qiynalib, chiqib ketishga "yo'l topa olmay" qoladi. Bu holat psixologiyada inqiroz deb ataladi. Psixologik inqiroz paytida qanday yo'l tutish lozim?                                                                        

Bir o'quv qo'llanmada bu savolga javob berilgan ekan.

Avvalo, inqiroz davri haqida, uning tabiiy ekanligi, har bir insonda bir davrdan boshqasiga o'tganda inqiroz sodir bo'lishini bilishning o'zi mana shunday vaziyatlarga tetik qarashga, bu qiyinchiliklar vaqtinchalik ekanligini anglashga yordam beradi va inqrozli holatni ishonch bilan yengib oʻtishni taʼminlaydi.

Shu bilan birga quyidagi tavsiyalar ham bu davrdan yengil chiqib ketishni ta'minlaydi.

1⃣ Bugungi kunning tashvishi bilan emas, balki aniq maqsadga intilib yashashga harakat qilish;

2⃣ Ishga, oilaga, umuman olganda, hayotga bo'lgan ma'suliyatni oʻz boʻyniga olish;                                 

3⃣ Shuni yodda tutish lozimki, insonlar aynan, qiyinchilik davrida rivojlanadi. Qiyinchilikdan qo'rqmang;                                                 

4⃣ Mehnatga boʻlgan intilish, aslida, – hayotga boʻlgan intilishning bir qismi. Hayotingizga yangilik kiritishdan cho'chimang.

👇👇👇👇
🌐 Batafsil

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
Ўлаётган одамларнинг армонлари

Австралиялик ҳамшира Бронние Варне сўнгги беш йил давомида шифохонада ишлаб ўлаётган беморларнинг армонларини ёзиб борибди.

У яқинда бир конференцияда ўлаётган одамларнинг энг кўп айтилган бешта армонини ҳақида гапирибди.

1️⃣Мен йиллар давомида бошқалар мендан кутган ҳаётни эмас, балки ўзим яхши кўрган ҳаётни яшашни истар эдим. Мен эса одамлар мендан кутган ҳаётни яшадим, ўзим бўла олмадим.

2️⃣Бунчалик қаттиқ ишга берилмасам бўлар экан, деярли ҳар бир аёл ишга берилиб фарзандларининг болалиги ва  ёшлигини ўтказиб юборганидан армонда.

3️⃣Ўз ҳис-туйғуларимни очиқ айта олишга жасоратим бўлганда эди.

4️⃣Дўстларим, яқинларим билан кўпроқ вақтимни ўтказишим керак эди.

5️⃣Бахтли бўлиш менинг танловим эди, ўзимни янада бахтиёр ҳис қилишим, бахтли яшашим учун барчаси бор эди, лекин мен бошқача йўлни танладим.

👉 https://www.tg-me.com/UZBEKISTANOFFICIAL
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mizofoniya - har xil tovush yoki ovozlarga nisbatan chidamisizlik, nafratlanish va g'azablanish holati.

🌐 Iqbol Kurbonova instagram kanalidan)

@psixologkanali
​​Qanday inson rahbar bo'la oladi?

Bizning madaniyatimizda rahbar deganda ko'z oldimizga qattiqqo'l, cho'rtkesar, jiddiy, "tilidan zahar tomadigan" inson keladi. Bu rahbardan hamma ishchilari qo'rqadi, iloji boricha ko'rinmaslikka harakat qiladi, pul bergani uchungina chidab ishlaydi. Bunday sharoitdagi ishchilarning bitta orzusi bor - ish tezroq tugasayu uyiga yetib olsa.

Boshqaruv uslublarini o'rganish maqsadida bir guruh olimlar amerikalik hamda yaponiyalik rahbarlar faoliyatini kuzatib, ularga xos bo'lgan eng muhim sifatlarni aniqlashgan. Tajriba 1500 ta amerikalik menejer (ish boshqaruvchi) va 41 ta yirik Yaponiya firmalari rahbarlarini qamrab olgan.

🌐 Kuzatuv haqida batafsil

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
​​"Taqdir tahlili" - Sondi testi

Bu nazariya insonning ruhiy holati, xarakteri, fe'l-atvori, ichki olamini tahlil qilish, shu bilan birga, psixlogik muammolari, odamlar (ayol-erkak) ga munosabati, qanday kasb tanlashi mumkinligi, qanday ruhiy kasalliklarga moyilligini qamrab oladi.

Nazariyaning psixodiagnostik metodikasi "Sondi testi" deb atalgan.

Sondi testida bir necha rasmlar ko'rsatiladi hamda dastlab, 2 ta yoqqan va 2 ta yoqmagan rasmni tanlash so'raladi. Testning mohiyati shundaki, inson ruhiy holatidan, ichki olamidan kelib chiqqan holda rasmni tanlaydi. Yoqqan rasmga ham, yoqmaganiga ham javoban ichki impulslar vujudga keladi. Mana shu impulslarni o'rganib, Sondi bu testni ishlab chiqqan.

❗️Ssilka orqali testga kirib, ishlab chiqishingiz mumkin:👇👇👇

https://psytests.org/classic/szondi-run.html

⚠️ Eslatib o'taman test rus tilida, ammo tushunishga oson)

Obuna bo'lish: @psixologkanali
🔥PREMYERA🔥

Angliyalik ta'lim maslahatchisi Roy Andersenning «O'qituvchi, ota-ona, farzand» kitobida maktab ta'limiga oid qator muammolar va ularning yechimiga doir amaliy tavsiyalar berilgan. Muallif ko'p yillar davomida maktab ta'limi mohiyatini chuqur o'rgangan va izlanishlar olib borgan mutaxassis hisoblanadi.

Muallif ushbu kitobda «Aslida maktab qanday dargoh?», «O'quvchilar qay maqsadda maktabga jalb qilinadi?», «Ta'limdan ko'zlangan maqsadlarga erishilmasligi sabablari nimalardan iborat?», «O'quvchilar qanday qilib fanlarni yaxshiroq o'zlashtiradilar?», «O'quvchilar o'tilayotgan mavzularni haqiqiy hayot bilan qay taxlit bog'lashlari mumkin, ya'ni olingan bilimlarni keyinchalik qachon, qayerda va qanday qo'llaydilar?», «Sun'iy intellekt hukmronlikka o'tayotgan dunyoda yoshlar o'z o'rinlarini topishlari nechog'lik muhimligini anglaydilarmi?» kabi savollarga javob izlaydi. Ushbu so'roqlar esa har bir millat, xususan, o'zbek ota-onasi, o'qituvchisi uchun dolzarbdir.

Roy Andersen «O'qituvchi, ota-ona, farzand»

Nashriyot: Yangi asr avlodi
Betlar soni: 304
Narxi: 36 ming soʻm

Buyurtma berish:
Sayt: Book.uz
Telegram: @bookuzbot
Tel: +998712300050

📚 @bookuzbekistan — kitobxonlar tanlovi
​​Yomonliklar yomon odamlar ko'p bo'lgani uchun bo'lmaydi

Zo'ravonlik, talonchilik, poraxo'rlik, nohaqlik, xudbinlik, zulm kabi yomon illatlar yomon kimsalarning ko'pligi uchun emas, balki, odamlarning bu kabi voqealarga e'tiborsizliklari,
yovuzlikni ko'rib o'tib ketaverish, ularni "ko'rmaslikka olish", nohaqliklarga "to'xta" deya olmasliklari oqibatidir.

Nega "to'xta" deya olmaymiz?

Bu hodisani psixologiyada konformizm degan holat tushuntirishga harakat qiladi. Komformizm - qalban qoshilmasa-da, amalda kopchilik firiga ergashish. Bunda shunday holat ro'y beradiki, o'zim qarshi bo'lsam ham, qolgan odamlarning fikriga qo'shilaman. Bu holatga "Ko'pchilik nima desa - shu" degan maqol mos tushadi.

Mana nima uchun yomonliklar yomon odamlar bo'lgani uchun emas, balki, biz yomon hodisalarni boshqalar bilan birga kuzatuvchi bo'lib qolaverishimizdan sodir bo'ladi.

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
PSIXOLOGIYA│Psixolog kanali
Video
Videoni diqqat bilan kuzatsangiz hozirgi odamlarning psixologik beqarorligiga, ya'ni, asabiylik, tushkunlik, siqilish, ruhiy charchoqlarga sabab bo'layotgan asosiy omillardan biri deb insonlar real muloqotdan ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotga o'tib ketayotganligi ko'rsatilgan. Odamlar o'zaro bir-biri bilan dildan gaplashmayapti, muloqotning asosiy qismi internetda o'tyapti. Bu esa kuzatuvlarimga qaraganda 2 ta holatga sabab bo'lyapti:

birinchidan, real muloqotning kamligi odamlarning ichki kechinmalarini "tashqariga chiqarib yuborish"iga to'sqinlik qilmoqda.

Samimiy muloqot terapevtik kuchga ega. "Ichkarida yig'ilib qolgan" va "chiqarib yuborilmagan" noroziliklar, ehtiyojlar psixologik portlashga, ruhiy passivlikga sabab bo'ladi;

ikkinchidan, yosh avlodda muloqot ko'nikmalari, muomala, o'zini tutish, o'zini boshqarish bilan bog'liq muammolar yuzaga kelyapti.

Farzandingiz muloqotsiz o'sib, raqamli zombiga aylanishini xohlamasangiz, ular bilan muloqot qiling, sayrlarga chiqing.

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
​​Yuqori maqsadli insonlar odamlarni o'zlariga jalb qiladi

Yuqori maqsadlarga ega insonlar oilasi bilan, yaqinlari va atrofdagilar bilan yaxshi ijtimoiy aloqada bo'lishar ekan. Bunga sabab qilib bir tadqiqot natijasini keltirib o'tilgan. Unga ko'ra, yuqori motivatsiyali, ya'ni maqsadlari katta insonlar past motivatsiyali insonlarga qaraganda ko'proq odamlarni o'zlariga jalb qilish xususiyatiga ega bo'lishar ekan.

Chunki, bu kabi insonlar atrofdagilar bilan munosabatlariga ko'proq e'tibor berishadi, oilasiga doimiy g'amxorlik qilishadi, o'zlariga ko'proq investitsiya kiritishadi. Bu omillar esa ko'chada ham, oilada ham turli tushunmovchilik, nizo va konfliktlarni oldini oladi va sog'lom munosabatlarni ushlab turadi.

Natijada esa, maqsadli odamlar samaraliroq vaqtni boshqarish imkoniyatiga, pozitiv ruhiy holatga, kamroq stressli vaziyatlarga ega bo'ladi. Bunday odamlarning umumiy hayotdan qoniqish darajasi ham yuqoridir. Bu kabi energiyaga to'la insonlar atrofdagilarni o'ziga jalb qilishi ajablanarli emas.

🌐 Maqola bilan batafsil tanishish uchun.

📌 Obuna bo'lish: @psixologkanali
- Sen rostanam, shu kiyimni kiymoqchimisan?
- Ha, yomonmi?
- Did borasida bahslashilmaydi, albatta. Lekin men kiyolmasdim.

Dialogni psixologik tahlil qilamizmi? 😊

Suhbatda nima ko'zga tashlanadi?

@farzandruhiyati
Sizga shunaqa tuyulmayapti

Yuqoridagi dialogni psixologik tahlil qilishingizni so'raganimning sababi bor. Siz shu kabi dialoglarni qanday idrok qilishingiz menga qiziq edi.

Bu yerda passiv agressiya mavjud. "Sen rostanam shu kiyimni kiymoqchimisan?" savoli insonni tanlovini shubha ostiga qo'yadi. Passiv agressiya deyishimning sababi nima uchun suhbatdosh unday kiyim kiya olmasligining sababi ochiq aytmayapti.

Biz kun davomida oila bag'rida, o'qishda, ishda ko'p odamlar bilan muloqotga kirishamiz. Ba'zan o'zimiz bilib-bilmay boshqalarga passiv agressiya qilsak, ba'zan passiv agressiyani qurboniga aylanamiz.

Passiv agressiya nima o'zi u nimasi bilan xavfli?

Passiv agressiya insonni manipulyatsiya qilishning o'ziga xos usulidir.

Odatda agressiya yaqqol namoyon bo'ladi. Aynan shuning uchun ham biz uning psixikamiz uchun salbiy ta'sirini tez payqaymiz, undan qutulishga harakat qilamiz. Lekin passiv agressiyani anglashning o'zi mushkul. Chunki unda tashqaridan qaraganda juda sokin usulda ruhiyatingizga zarba beriladi. Aynan shu sabab ruhiyatimiz uchun xavflidir. Quyida passiv agressiyani ko'rinishlarini ko'rib chiqamiz:

1. Passiv ayblov (ota qiz farzandiga agar o'g'il bo'lganingda hozir yonimga kirib qolgan bo'larding deyishi).

2. Passiv kutilma (falonchining kelini vaqtli turib bunaqa narsalar pishirib berar ekan)

3. Passiv jazolash (sababini tushuntirmasdan gaplashmay qo'yish, namoyishkorona yomon kayfiyatda o'ziga o'zi jahl qilib yurish)

4. Passiv mahrum qilish (farzand biror xato qilganda ota-ona ochiq gaplashmasdan ruhiy yoki moddiy qo'llab-quvvatlashni uzib qo'yishi).

5. Sarkazmdan foydalanish. Masalan xodim biror muammoga yechim sifatida fikrini aytganda, "Juda ham aqllisiz", "naqadar dono fikr", deya istehzoli kulib qo'yish.

Shaxs o'ziga nisbatan ham passiv agressiya qilishi mumkin. Passiv agressiyaning bu ko'rinishi o'z hayotini passiv vayron qilish deyiladi. Unga qaramliklar, zararli odatlarni kiritish mumkin.

Sizga qanday passiv agressiya qilishgan?

O'zingiz ham kimgadir passiv agressiya qilganmisiz?


@farzandruhiyati
2024/05/16 07:01:16
Back to Top
HTML Embed Code: